1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə4/10
tarix16.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#183173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akramova D. X kurs ishi

To‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi Qonunning 50-moddasiga muvofi q Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofi q Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan;
•kapitalning monandlik koeffi tsiyentini;
•bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
•yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori;
•likvidlilik koeffi tsiyentlari;
•aktivlarni tasnifl ash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasnifl ar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
•qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
•ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.
Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.
Albatta normativlar bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatini xavfl ilik darajasini oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak;
Beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish. Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va rikslilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisoblandi.
Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning davr talabi bo‘lib qoladi. Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham
Boshqaruv faoliyatini muvofi qlashtirishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.

Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin