Nazorat va muhokama uchun savollar
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Makpoiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
YaIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomadchi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat?
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.
Takroriy hisob, qo‘shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
11. MAKROIQTISODIY MUVOZANAT
11.1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasi. Muvozanat turlari.
Iqtisodiyotning inqirozsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlar o‘rtasida ma’lum muvozanat talab etiladi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli.
Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir–biriga teng kelgan holati Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o‘z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanat — bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat alohida tovarlarga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat aholining xarid layoqati va tovar taklifi, byudjet daromadlari va harajatlari o‘rtasidagi muvozanat, ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi, iqtisodiyotning shunday holatiki unda barcha bozorlarda (ne’matlar, pul, qimmatli qog‘ozlar, mehnat) bir vaqtning o‘zida muvozanatga yerishiladi. Demak, umumiy iqtisodiy muvozanat birinchidan, yalpi talab va yalpi taklifning tengligini, ikkinchidan esa, barchabozorlarni muvozanatlashtirilgan va kelishilgan holda harakat qilishini talab etadi.
Ne’matlar (tovar va xizmatlar) bozorida, milliy mahsulot hajmi, tovar bozorining barcha subyektlari mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib olishga rejalashtirgan sarflariga teng bo‘lganda muvozanatga yerishiladi.
Pul bozorida, bank tizimi tomonidan yaratilgan pul miqdori, aholi ixtiyoriy ravishda naqd pul shaklida va muddatsiz bank qo‘yilmalari shaklida saqlasa muvozanatga yerishiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida, iqtisodiy subyektlarga taklif etilayotgan qimmatli qog‘ozlar aholi tomonidan sotib olingan taqdirda muvozanatga yerishiladi.
Mehnat bozorida, mavjud ish haqi stavkasida ishlashni xohlovchilar ish topa olsalar, muvozanatga yerishiladi.
Umumiy iqtisodiy muvozanatni shakllanishining shartlari mavjud, xususan:
- ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlar o‘rtasidagi muvofiqlik;
-iqtisodiy muvozanat barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan iqtisodiy mexanizmning mavjudligi;
- ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi;
- bozor muvozanatiga yerishish, ya’ni barcha asosiy bozorlarda (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va boshqalar) talab va taklifning muvozanati.
Iqtisodiy muvozanat, shuningdek, yerkin raqobat bozorida barcha xaridorlarning tengligi, iqtisodiy vaziyatning barqarorligi kabi shart-sharoitlarga bog‘liq.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakat va uzluksiz rivojlanish holatida bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy siklning bosqichlarida, bozor sharoiti va bozor subyektlarining daromadlarida, harajatlari tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, makro darajadagi umumiy iqtisodiy muvozanat mamlakatning butun iqtisodiyotining muvofiqligi hisoblanadi. U barcha sohalar, tarmoqlar va firmalarning normal rivojlanishini ta’minlaydigan, iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilarini, shuningdek, barcha bozorlarda o‘zaro bog‘liq muvozanatlarni o‘z ichiga oladi. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda iqtisodiy nisbatlar alohida o‘rin tutadi. Iqtisodiyotdagi munosabatlarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalar nisbatlar deyiladi. Milliy iqtisodiyotning har bir turi makroiqtisodiy nisbatlarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rejalashtirish asosida tartibga solinadigan milliy iqtisodiyotda ular markazlashgan holda, bozor iqtisodiyoti sharoitida – bozor mexanizmi asosida, aralash iqtisodiyotda - bir tarafdan, bozor mexanizmi, ikkinchi tarafdan esa, davlat tomonidan tartibga soluvchi ta’sirni hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
Makroiqtisodiy nisbatlar tizimni tashkil qiladi va unda quyidagi nisbatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: umumiy iqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, hududiy, davlatlararo.
1. Umumiy iqtisodiy nisbatlar – ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan nisbatlar, masalan, yalpi milliy mahsulot va milliy daromad o‘rtasidagi, iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi, iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi, iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi, aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatlar. Umumiy iqtisodiy nisbatlar asosan davlat darajasida qabul qilingan qarorlar natijasida shakllanadi, va agar ushbu qarorlar bir-biriga zid bo‘lsa, unda mintaqaviy nisbatlarda buzilishlar muqarrar. Xususan, jamg‘arish va iste’mol o‘rtasidagi nisbatlarning buzilishi, ish joylari mehnat resurslari bilan ta’minlanmaydi yoki aksincha, ishlamoqchi bo‘lgan insonlarga ish joyi yetishmaydi.
2. Tarmoqlararo nisbatlar - umumiy ishlab chiqarish hajmida alohida tarmoqlarning ulushini tavsiflovchi milliy ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Milliy iqtisodiyot juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Bu moddiy ishlab chiqarish sohalari, sanoat infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, sanoat va qurilish va boshqalar o‘rtasidagi aloqani o‘z ichiga oladigan nisbatlar. Ular umumiy ishlab chiqarishdagi ayrim tarmoqlarning ulushini va ishlab chiqarish hamda moliyaviy resurslarning tarmoq taqsimoti tarkibini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: |