1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari


Moliya vositalarining chegara bilmasligi va valyuta kurslaridagi о‘zgarishlar ustidagi о‘yinlar moliyaviy inqirozlarning vujudga kelish sabablaridir



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə10/12
tarix29.11.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#169732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Документ Microsoft Word (2)

Moliya vositalarining chegara bilmasligi va valyuta kurslaridagi о‘zgarishlar ustidagi о‘yinlar moliyaviy inqirozlarning vujudga kelish sabablaridir.
XVF ma’lumotlariga kо‘ra, oxirgi yillarda jahonda 160 ta valyuta va 50 dan ortiq bank inqirozlari, shu jumladan Meksika inqirozi (1994y), Osiyo inqirozi (1997-1998y), Braziliya va Rossiya inqirozlari (1998y) bо‘lib о‘tdi.
XX asrning 90-yillarida Osiyo mamlakatlariga kirib kelgan milliardlab sarmoyalar 1997 yildan hammaga yaxshi ma’lum bо‘lgan jahon moliyaviy inqirozi davrida tо‘satdan о‘z yо‘nalishini о‘zgartirib, millionlab odamlarni yana qashshoqlikka mahkum etib, barcha qit’alardagi mamlakatlarga ta’sir kо‘rsatdi. Shuning uchun ham 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqirozdan sо‘ng kо‘plab mamlakatlarda iqtisodiy globallashuvning ijobiy jihatlari bilan birgalikda salbiy tomonlariga ham jiddiy e’tibor berish boshlandi.
Lokal iqtisodiy inqirozlarning boshqa mintaqalarga tez tarqalishi 1997-1998 yillarda rо‘y bergan, keyinchalik jahon moliyaviy inqirozi tufayli rо‘y bergan Osiyo va Lotin Amerika moliyaviy inqiroziga sabab bо‘ldi.
Inqiroz shuni kо‘rsatdiki, bu mamlakatlarda qanchalik iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishilgan bо‘lmasin, ammo ularning moliyaviy tizimi barqarorlik bosqichiga yetmagan va mintaqadagi boshqa alohida mamlakatlarning moliyaviy bozorlaridagi salbiy jarayonlarga qarshi tura olmaydi.
Bu moliyaviy inqirozlar jahon kapital bozorlari konyunkturasini yomonlashishiga va jahon bozorida muhim mineral xomashyolarning narx konyunkturasining pasayib ketishiga olib keldi.
Zamonaviy moliyaviy inqirozlarning о‘ziga xos xususiyati ularning bir vaqtda bir nechta mamlakatlarda paydo bо‘lishi va mintaqa bо‘ylab tez tarqalishidan iborat. Moliyaviy “epidemiya”ning xususiyati shundaki, ular hatto mamlakatlarning moliyaviy bozorlari iqtisodiy jihatdan о‘zaro kam bog‘langan vaziyatda ham tarqalish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bu eng avvalo, moliya bozorlari shakllanayotgan mamlakatlarga tegishli. Bir mamlakatdagi inqiroz boshqa о‘xshash makroiqtisodiy sharoitlarga ega mamlakatlarning valyutalariga chayqovchilik hujumlari uchun turtki bо‘lishi mumkin.
Endi hozirgi kunda ham davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga tо‘xtalsak. Birinchi Prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari” nomli asarlarida jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil tо‘xtalib о‘tilgan.
«Bu inqiroz Amerika Qо‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida rо‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. Sо‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni tо‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, о‘z navbatida, kо‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy о‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi».
2007 yil yozida AQShda yuqori qaltislikka ega subprime turidagi ipoteka kreditlari tizimida rо‘y bergan ipoteka inqirozi moliyaviy bozorlarga о‘tdi. Yetakchi banklar balansida ipoteka kreditlarining hosilasi bо‘lgan kо‘p miqdordagi murakkab qarz instrumentlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu aktivlar nolikvid aktivlarga aylanib, ularning qiymatini aniqlash imkoni bо‘lmadi. Ipoteka aktivlari bо‘yicha keng kо‘lamli hisobdan chiqarishlar jahon moliya tizimida likvidlilik kamomadiga olib keldi, banklar bir-biriga qarz bermay qо‘ydi. Inqiroz yangi bozorlarni qamrab ola boshladi: yuqori tavakkalchilikka ega ipotekadan oddiy, keyin esa, iste’mol kreditlariga, kо‘chmas tijorat mulkiga va nihoyat, korporativ sektorga yoyildi.
Moliyaviy inqiroz AQSH ketidan boshqa mamlakatlarga ham ta’sir etishi kuzatiladi. 2008 yil oxirida Yaponiyada Nikkei yapon fond indeksi AQSH retsessiyasi xavfi ta’sirida 3,86% yо‘qotdi. Asosan AQShga mahsulot eksport qiluvchi kompaniyalar va banklar aksiyalari eng kо‘p zarar kо‘rdi. Sо‘ngra Hindiston fond bozorida pasayish rо‘y berdi: Mumbaydagi BSE asosiy birja indeksi 7,14% ga, 1356,3 punktgacha, NSE Milliy birja indeksi esa - 8,6% ga pasaydi. Hindistondan sо‘ng Xitoy fond bozorlarida aksiya narxlari tushib ketdi. Gonkongning Hang Seng indeksi 5,49%, Shanxay fond birjasi indeksi esa 5,14%ga pasaydi. Janubiy Koreyada Seul birjasining yetakchi indeksi - KOSPI kun yakunlari bо‘yicha 2,95% ga pasaydi. Yevropada ham asosiy Yevropa indekslari о‘rtacha 5-7% ga pasaydi.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozining asosiy xususiyatlaridan biri - jahonning deyarli barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi, ya’ni moliyaviy-iqtisodiy inqirozga aylanishidir.
Mutaxassislar jahon iqtisodiyotini rivojlanish istiqbollarini turlicha belgiladilar. Ayrimlarning fikricha, 2009 yilning 2-3 choraklari oxiridayoq jahon iqtisodiyoti о‘sishga yuz tutadi, lekin ular kamchilikni tashkil qiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Dominik Stross-Kan 15 dekabrda Ispaniyada bо‘lib о‘tgan press-konferensiyada bergan ma’lumotiga kо‘ra, jahon iqtisodiyoti moliyaviy inqirozdan 2009 yil oxiri - 2010 boshlarida chiqa boshlaydi.
Jahon bankining “2009 - Global iqtisodiy istiqbollar” nomli ma’ruzasida jahon YAIM 2008 yilda 2,5% ga, 2009 yilda esa 0,9% ga о‘sishi bashorat qilinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy о‘sish sur’atlari pasayib, 2007 yildagi 7,9% о‘rniga 2009 yilda 4,5% ni tashkil etadi, daromad darajasi yuqori bо‘lgan mamlakatlarda esa iqtisodiyot salbiy kо‘rsatkichlarni namoyon etadi. Ma’ruzada jahon moliyaviy inqirozi tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy о‘sishning yaqin istiqbollari noaniqligi, jahon savdosi hajmlari esa 1982 yildan beri ilk bor qisqarishining rо‘y berishi ta’kidlanadi. Jahon savdosi hajmi 2009 yilda 2,1% ga qisqarib, rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport kamayadi.
Xalqaro savdo jahon iqtisodiyoti rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlardan biriligicha qoladi. 2007 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar savdosi hajmi deyarli 8% ga kо‘paydi, ushbu mamlakatlarga sof xususiy kapital oqimi esa ilk bor rekord kо‘rsatkichga - 1 trln. dollarga yetdi. Jahon iqtisodiyotining о‘sishi atigi 1% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy о‘sish sur’atlari esa avvalgi 6,5% о‘rniga 4,5% ni tashkil etadi deb bashorat qilinmoqda. JB hisoblariga kо‘ra iqtisodiy о‘sishning 1%ga pasayishi kambag‘al aholining 20 mln. kishiga kо‘payishini bildiradi. Jahon savdosining kutilayotgan pasayishi rivojlanayotgan mamlakatlarni orqaga surib yuborish va sо‘nggi yillarda taraqqiyot sohasida erishilgan yutuqlarni yо‘qotish xavfiga ega.
Iqtisodiy pasayish davrida rivojlangan mamlakatlarning ayrimlari savdo tо‘siqlarini qо‘llash, xususan mahalliy sanoatni dotatsiyalash va qо‘llab-quvvatlashning boshqa shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini kо‘rib chiqmoqda. Shu sababli Jahon banki bugungi kunda jahon hamjamiyatiga о‘z kuchlarini birlashtirish va savdoni jonlantirishga chaqirmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan unga qarshi birgalikda kurashish maqsadida “Katta yigirmalik” deb nom olgan davlatlar guruhi tashkil etilgan edi. Ushbu guruh tarkibiga YAIM hajmi jahon YAIMning 90 foizini tashkil etuvchi 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan yirik davlatlar, jumladan, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
“Katta yigirmalik” guruhi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurashish bо‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bu boradagi muammolarni birgalikda hal etish maqsadida vaqti-vaqti bilan sammitlar о‘tkazib turadi. Dastlabki sammit 2008 yilning noyabr oyida Vashington (AQSH)da, keyinchalik 2009 yil aprelda London (Buyuk Britaniya)da, 2010 yil noyabrda esa Seul (Janubiy Koreya)da о‘tkazildi.
Xususan, Seul sammitida AQSH va Xitoyning valyuta siyosati, Xalqaro hisob-kitoblar bankini nazorat qilish bо‘yicha Bazel qо‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan jahon banki sohasi uchun yangi qoidalar, Xalqaro valyuta fondini isloh qilish kabi masalalar kо‘rib chiqildi. Bundan tashqari, sammit tasdig‘iga jahon iqtisodiyoti о‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotning “Seul konsensusi” deb nom olgan yangi konsepsiyasi kiritildi. U “Vashington konsensusi” nomi bilan tanilgan taraqqiyotning oldingi mezonini almashtirishi lozim edi. “Vashington konsensusi” 1980 yillarning sо‘ngidan boshlab amal qilib, о‘ziga о‘ta liberal (erkin) bozor g‘oyalarini singdirgan edi. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining vujudga kelishi bilan ushbu g‘oyalar inkor etila boshladi.
Seul sammiti nihoyasida Yakuniy deklaratsiya qabul qilinib, unda xususan, 2013 yilga borib rivojlangan mamlakatlarning byudjet taqchilligini kamida 2 barobarga qisqartirish majburiyati belgilandi. “Katta yigirmalik” guruhining navbatdagi uchrashuvlari 2011 yilning noyabrida Fransiyada, 2012 yili esa Meksikada о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jahon mamlakatlari tomonidan qabul qilingan barcha chora-tadbirlarga qaramay, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo iqtisodiyotiga о‘z salbiy ta’sirini о‘tkazib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga yetgani yо‘q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda 2010 yildagi tezkor olingan ma’lumotlarga kо‘ra, YAIMning о‘sish sur’ati AQShda 1,5 foizni, Yaponiyada 1,7 foizni, Buyuk Britaniyada 0,9 foizni, Germaniyada 3,6 foizni tashkil etgan. Faqat Germaniya о‘zining iqtisodiy о‘sish sur’ati bо‘yicha inqirozdan oldingi davr kо‘rsatkichlariga yetgan. Biroq, umumiy holda jahon iqtisodiyotidagi о‘sish sur’atlarini barqaror deb bо‘lmaydi. Bu xulosaning tо‘g‘riligini rivojlangan mamlakatlarda hamon ishsizlik yuqori darajasida saqlanib qolayotgani ham yana bir bor tasdiqlaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasi keskin ravishda ortib bormoqda. Xususan, inqirozning dastlabki pallasidagi iqtisodiyotga keskin ta’siri pasayganiga qaramay, ishsizlik darajasi AQSH va Germaniyada 10,6 foizni, Buyuk Britaniyada 9,3 foizni, Yaponiyada 6,2 foizni tashkil etmoqda.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarning tajribasida jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi kо‘rsatayotgan salbiy ta’sirlarning oldini olish va bartaraf etish choralari orasida har qanday yо‘l bilan bank-moliya tizimini saqlab qolishga urinish holatlari keng namoyon bо‘ldi. Jumladan, AQSH birinchilardan bо‘lib uzoq yillar davomida xususiy banklar sifatida faoliyat kо‘rsatib kelgan tо‘rtta yirik bankni milliylashtirdi, ya’ni ularni davlat mablag‘lari hisobidan sotib olish orqali bankrotlikdan saqlab qoldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bank tizimining yuqori riskli aktivlarini davlat tomonidan kafolatlash orqali uzoq muddatli moliyalashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Natijada, bank-moliya sohasida likvidlik darajasi pasaygan bir pallada davlatlar turli yо‘llar bilan yirik hajmdagi mablag‘larni ushbu sohaga yо‘naltira boshladi.
Davlatlarning inqiroz davrida о‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‘larni yо‘naltirishi, о‘z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab bо‘ldi.
Bugungi kunda bozorni pul resurslari bilan zо‘r berib tо‘ldirish davom etayotgani fond va xomashyo bozorlarida sun’iy ravishda oshirib borilgan spekulyativ narxlarning yanada kо‘tarilib ketishiga, ta’bir joiz bо‘lsa, moliyaviy kо‘piklarning battar avj olishiga, inflyatsiyaning jilovlab bо‘lmas darajada о‘sish xavfning kuchayishiga olib kelmoqda.
Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bо‘lgan holat hisoblanadi. Real qiymatga ega bо‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi inflyatsiyaning asosiy sababi hisoblanadi. Chunki qog‘oz pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bо‘lib, ular pullar hajmi ortib ketgan sharoitida ham muomalada qoladi. Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning kо‘payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning о‘sishini tezlashtiradi.
Jahon iqtisodiyotidagi barqarorlik kо‘p jihatdan turli mamlakatlarning tashqi savdo va boshqa iqtisodiy aloqalarda keng qо‘llaniladigan erkin konvertatsiya qilinuvchi asosiy valyutalarga nisbatan ishonchiga ham bog‘liq. Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarning beqarorligi jiddiy xavotir uyg‘otmasdan qolmaydi. Bu, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarning ushbu valyutalarga bо‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazmoqda.
Keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlarini yumshatish, ayniqsa, moliya-bank sohasini uning humujlaridan zudlik bilan himoya qilish, tо‘lov balansini yaxshilash, aholi о‘rtasida paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan ishonchsizlik va sarosimaning oldini olish hamda boshqa maqsadlar yо‘lida pul muomalasi qonuniyatlariga xilof ravishda amalga oshirilgan xatti-harakatlar jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarning beqarorligini yanada kuchaytirmoqda. Bu esa, oltin-valyuta zahirasining salmoqli qismini dunyoning erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalari asosida shakllantirgan davlatlarda va umuman, о‘z iqtisodiy faoliyatida ushbu valyutalardan foydalanadigan har qanday mamlakatda tashvishli holatlarni keltirib chiqarmoqda. Xarid quvvati kuchli bо‘lgan valyutalarga nisbatan ishonchning pasayishi bevosita tashqi savdo aloqalarida beqarorlikni keltirib chiqarmoqda, pirovardida esa jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda.


Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin