1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə12/80
tarix21.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#88977
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi

11-mavzu: Qadimgi Yaqin Sharq
Reja:

  1. Qadimgi Yamxad.

  2. Qadimgi Finikiya.

  3. Qadimgi Finikiya madaniyati.

Suriya va Finikiya O'rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi qadimgi mamlakatlar hisoblanadi. Dengiz sohili bo'ylab Finikiya, undan sharq va janubi-sharqda Suriya joylashgan edi. Mamlakatlaming g‘arb tomoni dengiz suvlari bilan, sharq tomondan Suriya-Mesopotamiya dashti bilan o'ralgan bo'lib, Suriya va Finikiya yerlarining bir qismini Livan va Antilivan tog‘lari qoplab votadi. Tog'lar orasidan Iordan, Oront daryolari. ko'plab soy va jilg'alar oqib chiqadi. 0 ‘lka iqlimi o‘ziga xos, g'arb tomoni iliq. yoqimli shuningdek seryomg'ir. Sharq tomoni dashtlik, issiq, kamyog'in va qurg'oqchil. Qishning harorati ham xilma-xil. Qishda tog'larga ko'p qor yog'ib. bahorda esa tog' yonbag'irlarida yog'ingarchilik ko'proq bo'ladi. Bir arab maqolida “Mamlakatning boshida qish. kaftida kuz, oyog'ida esa doim bahordir”, deyilgan ekan.
Finikiya va Suriyada odamlar o'ta qadim zamonlardan beri yashab kelganlar. Bu o'lkaning eng qadimgi aholisi hurriylar, amoriylar va “Sharq bolalari” deb atalgan qabilalar bo‘lishgan. Keyinchalik bu yerga xettlar, somiylar, eroniylar, yunonlar va rimliklar kelib joylashgan. Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi. M.av. VIII-VII mingyilliklarda bu o'lkada o'troq dehqonchilikka asoslangan ilk qishloqlar paydo bo'ldi. M.av. VI-IV mingyilliklarda esa bu qishloqlar kengayib, xo'jaligi rivoj topdi. Aholi orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish shakllana boshlaydi.
Keyinchalik esa ibtidoiy qishloqlar o'rnida Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Ebla va Kadesh kabi shahar-davlatlar tashkil topadi. Bu shahar-davlatlarning har birining o‘z podshosi, qo'shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma’muriy idoralari bo'lgan. M.av. XX asrdan XVI asrgacha Firrikiya va Suriyaning ayrim shahar-davlatiari, xususan Bibl Misrga tobe bo‘lgan.
Mill. av. XIV asr oxirida xettlar shimoliy Suriyaga bostirib kirib, uni o'zlariga itoat ettirganlar. M.av. XIV-XII asrlarda esa Misr fir’avnlari va Xett podsholari Suriya va Finikiyani talashib qonli janglar olib borgan. Bu jang m.av. 1280-yildagi Misr-Xett sulhi bilan tugagan. Sulhga ko'ra Suriya va Finikiya Misr va Xettlar tomonidan boiib olingan. Mamlakatning shimoli Xett podsholigiga, janubi esa Misrga qaram bo'lib qoladi. XIII asrda Suriya va Finikiyaga dengiz xalqlari hujum qilib, uning shahar qishloqlarini talab vayron etadilar. Uzoq davom etgan qonli janglar va ichki nizolar natijasida Misr va Xettlar davlati kuchsizlanadi. Bundan foydalangan Suriya va Finikiya shaharlari inustaqillik uchun harakat boshlaydilar.
M.av. XI-X asrlarda Bibl, Sidon va Tir ancha yuksaladi. Xiram I (965-936) davrida TirSidon podsholigi kuchayadi. Shu davrda Finikiya dengizchilari Misr lir'avni Nexo taklifiga ko'ra Qizil dengiz bo'ylab suzib, 3 yil deganda Afrika qit’asini aylanib, Gibraltar bo'g'ozi, O'rtayer dengizi orqali vatanlariga qaytganlar. Finikiyaliklar O'rtayer sohilidagi ba'zi joylarda o'z manzilgohlarini barpo qilganlar. l iardan eng mashlruri Karfagen edi. Keyinchalik Finikiya va Suriya o'z mustaqilligini yo'qotib Ossuriya. Bobil. Eron. Yunon-Makedon. Salavka va Rim saltanati ta’siriga tushib qoladi.
Yamxad va Geksoslar davlati. M. av. XVIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradi. Ularning sardori Suniuepax Yamxad davlatini tuzib. o'zini hukmdor deb e'lon qiladi. U Karxemishdan Katnagacha boigan yerlarni bosib oladi. Sumuepaxning vorisi Yarmilim o'zini shoh deb e’lon qilib, Xalapni davlat markaziga aylantiradi. Yamxadliklar Mari va Bobil bilan qizg'in savdo-sotiq ishlari olib borib, ularga bug'day, zaytun moyi, musallas, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlari yetkazib beradilar. Ulardan esa qurol. qo'rg'oshin va zargarlik buyumlari keltiradilar. Ammo XVIII asr oxiriga kelib, Yamxad davlati kuchdan ketib, o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. M. av. XVIII asr oxiri XVII asr boshlarida Yamxaddan janubdagi bepoyon dashtlarda giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Falastin va Janubiy Suriyadagi ko'pgina shahar-davlatlarni bosib oladilar. O'zlarining otliq qo'shini va jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Nil daryosining quyi qismidagi Avaris shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradilar. Ular Misrda 120 yildan ortiq hukmronlik qiladi. M.av. 1580-yili giksoslar Misrdan quvib chiqariladi.
Misrliklar Finikiya, Falastin va Suriyada o'z hukmronliklarini o'rnatgach, XV asrga kelib giksoslarning harbiy ittifoqi tarqalib ketadi. Aholining xo‘jaligi. O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi yerlar dasht-sahro va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo'lgan. M.av. VI-IV mingyilliklarda aholi ekin maydonlarini kengaytirib, bug ‘dov, arpa, tariq, zig ‘ir ekib. sabzavotchilik va bog‘dorchilik bilan shugillangan. Ular donni yormatosh va qo'l tegirmonlarda maydalab un tayyorlaganlar. Bog'bonlar mevali bogiar va tokzorlar yaratish uchun tog' yonbag'irlaridagi yerlardan unumli foydalangan. Misr yozuvlarining birida o'lkadagi mo'l-ko'llik haqida shunday hikoya qilinadi: “Bog‘lar mevalar bilan to4ib-toshib yotibdi. Vino ezgichdan suv kabi oqadi. Terassalarda to‘kilibyotgan donlar shunday m o‘l-ko‘lki, liatto qumdan ham ko'p”. Suriya va Finikiya yaylovlarida chorvachilik ham rivojlangan boiib, ular, qo‘y, echki, qoramol boqib, it va mushuk saqlaganlar. Chorvadorlar aholini go'sht, yog', teri va jun mahsulotlari bilan ta’minlagan.
Suriya va Finikiyada hunarmandchilik qadim zamondan boshlab taraqqiy etgan. Livan va Antilivan togiaridan sifatli temir qazib olganlar. Ularda tog'- kon sanoati rivojlangan. Ustalar temirdan qurol-aslaha, qishloq xo'jaligi asboblari, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqa narsalar yasaganlar. Mamlakatda to'qimachilik ham rivoj topgan bo'lib, to'quvchilar jundan ajoyib gazlamalar tayyorlagan. Gazlamalarni dengiz mollyuskalaridan olingan qirmizi (to‘q qizil) va pushti rang bo'oqlarga bo'yaganlar. Mato va kiyim bo'yog'i, u yuvilganda ham o'chib, aynib ketmagan. Bu mahsulotlar sifatli bo'lganini ko'rsatadi. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlarida dengiz chig'anog'i ichidagi mollyuskalardan turli bo'yoq tayyorlaydigan ustaxonalar bo'lgan. Bu bo'yoqlar qo'shni mamlakatlarda yuqori baholatigan. Mitanni podsholari qizlarini misrlik shahzodalarga uzatar ekanlar, sovg'alari qatorida har turli bo'yoq, turli rangdagi kiyim-kechak, gazlamalar ham hadya qilar ekanlar. Shubhasiz, bu xil bo'yoqlar Mitanniga Finikiyadan keltirilgan bo'lsa kerak. Dengiz mollyuskalarini finikiyalik maxsus g'ovvoslar dengiz ostidan olib chiqqanlar. Suriya va Finikiyada shishasozlik, zargarlik, miskarlik, temirchilik, qurolsozlik, kulolchilik, me’morchilik va ayniqsa ketnasozlik yuksak darajada taraqqiy etgan edi. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlari sohilida kemasozlik ustaxonalari bo'lgan. Finikiya kemalari o'zining tezyurarligi va sifatliligi bilan shuhrat qozongan. Yunon tarixchisi Gerodot "Fors kemalari ichida finikiyaliklar yasab bergan kemalar juda yaxshi yurishi bilan boshqalarnikidan ajralib turadi”, deb yozgan edi.
Finikiya o'sha zamondayoq o'zlarining jasur qo'rqmas dengizchilar va ishbilarmon savdogarlari bilan shuhrat qozongan. Ular m.av. XVI asrdavoq O'rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Atlantika okeaniga chiqib. uning G'arbiy sohillari bo'vlab suzib, Вritaniyagacha yetib borganlar. Ular Shimoliy Afrikadagi Karfagenda o'z manzilgohlarini qurgan. Qora dengiz sohilidagi mamlakatlar bilan qizg'in-savdo ishlari olib borganlar. Finikiyaliklar Bobil, Misr, Midiya bilan quruqlik yo'li orqali savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Suriya va Finikiyadan xorijiy o‘lkalarga shisha. oyna. zaytun moyi, musallas, qimmatbaho gazlama, zargarlik buyumlari. sifatli qora yog‘och, turli bo‘yoq va boshqa narsalar chiqarilgan. Xorijiy mamlakatlardan esa mamlakatga ziravor, oltin. kumush, fil suyagi va boshqa buyumlar keltirilgan.
Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya, ayniqsa Finikiya Old Osiyodagi madaniyat rivojlangan mamlakat boigan. Bu mamlakat xalqi erishgan yutuqlardan biri bu yozuv alifboning ixtiro qilinishidir. Ular m.av. II mingyillik boshlaridayoq bobilliklar mixxati asosida alifbo tuzganlar. M.av. IX-VIII asrlarda esa Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Finikiya yozuvi o‘sha zamonlardayoq atrof oikalarga yoyiladi. Finikiya va Suriyada rassomchilik, haykaltaroshlik. xalq og'zaki ijodiyoti va adabiyoti ancha erta rivoj topgan. Ular tosh, fil suyagi. yog'och va turli ma’danlardan hayvon. odam va xudolarning haykallari va rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar.
Suriya va Finikiyada matematika, geogratiya, dengizchilik, astronomiya, tarix, yer bilimi, kimyo va fizika fanlari rivoj topgan edi. Gerodot ma’lumotlariga ko’ra , m.av. VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik. fizik, astronom va faylasuf Fales asli finikiyalik ekan. Sidonlik faylasuf Mox esa yunon faylasuf matematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani ilgari surgan.
Suriya va Finikiyada dastlabki ibtidoiy din shakllari - tabiat hodisalariga, qoyatoshlarga, hayvon va boshqa buyumlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ularda yer va dehqonchilik bilan bogiiq e’tiqodlar ham kuchli edi. Ularning diniy e’tiqodida oiish vatirilish kabi tabiat xudolari Vaal va uning o‘g’li Alyaap alohida hurmatga sazovor ekan. Mot ularda o iim xudosi hisoblangan. Molox ham hurmatli xudolaridan boigan. Finikiyada bayram kunlari odamlarni xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. Mil. av. III asrda Finikiya manzilgohi hisoblangan Karfagenda xudo Molox haykali oldida bolalarni gulxanga tiriklayin tashlab. kuydirib qurbonlik qilganlar.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin