1-laboratoriya ishi.
Qattiq jismlarni chiziqli kengayish koeffisiyentining temperaturaga
bog’liqligini o’lchash.
Tajriba qurilmasi
Ishning maqsadi:
• Latun, po’lat va shishani chiziqli kengayish koeffisiyentlarining temperaturaga
bog’liqligini o’lchash.
• Latun, po’lat va shishani chiziqli kengayish koeffisiyentlarini aniqlash.
Nazariy ma’lumotlar
Qattiq jismning uzunligi s temperaturaga
ϑ chiziqli bog’liq:
s = s
0
⋅(1+α⋅ϑ ) (I)
bu yerda s
0
– xona temperaturasidagi uzunlik,
ϑ – °C dagi temperatura.
Qattiq jismlarning chiziqli kengayish koeffisiyenti α ,
ularning materiali bilan
aniqlanadi. Mazkur ishda suvni qizdirish uchun sirkulyasion termostatdan
foydalaniladi va qizigan suv turli materiallardan tayyorlangan
quvurlar ichidan
oqadi. Aylanma shkalasi 0,01 milimetrli shkalalar bo’linmalaridan iborat
asbobdan uzunlikningo’zgarishini Δs = s − s0
temperaturaning funksiyasi
ϑ
sifatida o’lchashda foydalaniladi.
1-rasm. Quvurlarning chiziqli kengayishini temperatura funksiyasi sifatida
o’lchash bo’yicha tajriba qurilmasini kengaytiruvchi
apparat bilan birgalikdagi
sxematik ko’rinishi.
Kerakli asbob va ashyolar:
1 Bo’ylama kengayishni o’rganish uchun asbobD
1 Siferblatli indikator, 10 mm
1 Siferblatli indikatorni tutgich
Termometr -10... dan +110 °C gacha
1 Sirkulyasion termostat +25 ...dan +100 °C gacha
1 Nasos
2 Silikonli quvurlar, 7 mm Ø
2 Toza suv, 5 l
Tajriba qurilmasi
1-rasmda tajriba qurilmasi sxematik tarzda tasvirlangan.
- Siferblatli indikatorni 381 36 (e) tutgichdagi vintni burang (tafsilotlar
uchun
kengaytiruvchi apparat instruksiyasidan 381 341 foydalaning) va siferblatli
indikatorni 361 15 (d) o’z o’rniga o’rnating.
- Kengaytiruvchi apparatning qo’zg’almas tayanchini (a) 600 belgisiga o’rnating
va latun quvurning ochiq uchini qo’zg’almas tayanchga kiritib, bir tekis siljiting.
- Latun quvurning yopiq uchini biriktiruvchi quvur qismini yo’naltirgichga (b)
shunday bir tekis siljitingki qisqa quvur (f) pastga qarasin.
- Latun quvurni qo’zg’almas tayanchga mustahkamlash
uchun vintni burab
qotiring (vint quvurdagi xalqasimon o’yiqqa kirishi kerak).
- Kengayuvchi qismni o’rnating (c) (siferblatli indicator 361 instruksiyasining mos
varag’iga qarang)
- Sirkulyasion termostatni ishga tayyorlang va uni ulang. To’liqroq
bayonnoma tafsilotlari uchun, 666 768 instruksiyaning mos varag’iga
murojat
qiling.
Diqqat: Sirkulyasion termostatdan 666 768 foydalanishdan oldin uning
instruksiyasini diqqat bilan o’qib chiqing.
- Sirkulyasion termostat vannasini distillangan suv bilan to’ldiring.
- Asbobni silikonli quvurlar yordamida
sirkulyasion termostatga ulang, ya’ni
latun quvurning ochiq uchini va qisqa quvurni (f) termostat nasosining qisqa
quvuriga biriktiring
- Suv
vannasining temperaturasini
ϑ o’lchash uchun termometrdan 382
foydalaning.