1 Silikon quvurlar, ichki diam. 7×1.5 mm, 1 m.
1 bir juft issiqlikka chidamli qo’lqop
Tajriba qurilmasi va tajribani o’tkazish
tartibi
1-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan.
1-rasm. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash uchun tajriba
qurilmasi.
- Qizdirgichni shtativga o’rnating.
- Bug’ generatorini suv bilan to’ldiring va ehtiyotlik bilan
qurilmani berkiting va
uni silikon quvur yordamida qizdirgichning yuqorisidagi (bug’ kirishi) shlangli
birikmaga ulang.
- Silikon quvurni qizdirgichning pastidagi shlangli birikmaga (bug’ning
chiqishi) ulang va quvurning ikkinchi uchini menzurkaga soling.
Barcha
birikmalarda silikon quvurlar ishonchli mahkamlaganini ko’zdan kechiring.
- Qizdirgichning namunalar kamerasini qo’rg’oshin pitrasi bilan to’ldiring va
imkoni boricha uni stopor bilan zich qilib berkiting.
- Bug’ generatorini elektr tarmoqqa ulang, shundan
keyin esa qizdirgichdagi
pitralarni ular orqali bug’ o’tkazib 20-25 vaqt davomida qizdiring.
- Bo’sh Dyuar idishining massasini aniqlang, shundan so’ng
unga taxminan
180g suv quying.
- Dyuar idishini g’ilofga soling va mos ravishda termometr yoki temperatura
datchigini qo’ying.
- Suv temperaturasini
ϑ 2 o’lchang. Dyuar idishining qopqog’ini
oching va uni
chetga suring; namunalar uchun mo’ljallangan to’rni Dyuar idishiga kiriting.
Temperaturasi 100 °C bo’lgan pitralarni namunalar uchun mo’ljallangan to’rga
tashlang, qopqoqni yoping va pitralarni suv bilan astoydil aralashtiring. Suv
temperaturasi ko’tarilmay qolganda, aralashmaning temperaturasini aniqlang.
Qo’shimcha ravishda pitralarning massasini m aniqlang.
Mis va shisha pitralar bilan tajribani takrorlang.
Tajriba namunasi
Suv massasi: m1 = 180 g
Pitra temperaturasi: -
ϑ 2 = 100 °C
Jadval 1. Moddalar solishtirma issiqlik sig’imining o’lchangan qiymatlari.
Hisoblar:
Kalorimetrning suv ekvivalenti: mK = 23 g
Suvning solishtirma issiqlik sig’imi: c2 = 4.19 kJ/(K⋅kg)
Jadval 2: Tajribada aniqlangan solishtirma issiqlik sig’imining qiymatlari va
adabiyotlardan olingan ularga mos natijalar
Jadval 2 da moddalarning (VII) formula bo’yicha
hisoblangan solishtirma
issiqlik sig’imi qiymatlari keltirilgan. Adabiyotlardan olingan natijalar bilan
ularning mos kelishi qoniqarli.
Xulosalar:
Materialning turiga bog’liq ravishda qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imi
tadqiq qilindi va ularning qiymati suvning solishtirma issiqlik sig’iminikiga
nisbatan ancha kichik ekanligi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: