1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Qonunga qarshi motivasiya



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə12/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

3.Qonunga qarshi motivasiya
M.Ratter va D.Gidler «Voyaga etmaganlar jinoyatchiligi: tendentsiya va istiqbollar» tadqiqotida oilada erta bolalik rivojlanishining xislatlari va individ bo'ysunishining keyingi darajasi o'rtasidagi aniq aloqani ko'rsatadilar, biroq ta'kidlaydilarki, oilaning bunday ta'siri mexanizmlari avvalgiday noaniq bo'lib qolmoqda. Shuningdek, ular ijtimoiy o'zgarishlar va jinoyatchilikning o'sishi o'rtasidagi korrelyatsiyani bu aloqa mexanizmlariga tegishli bilimlarning etishmasligini qayta ta'kidlaga qolda ta'kidlaydi. Voyaga etmaganlar misolida tadqiqotchilar shunday xulosaga keldilar, jinoiy axloq uchun koplab sabablar mavjud. Bular tengdoshlar guruhi, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy o'rganish, biologik va vaziyatli omillar bo'lishi mumkin. Ularning nuqtai nazarlari bo'yicha profilaktikaning yagona tushuntirishi yoki yagona strategiyani izlash bema'nilikdir.
qonunga qarshi axloqning individual determinantlari psixologik tahlil uchun alohida qiziqishdan iboratdir.
O'z navbatida, individual xususiyatlar jinsiy farq bilan aqamiyatli tarzda belgilanadi. Masalan, yaxshi ma'lumki, qonunbuzar axloq koproq erkak jinsi uchun xarakterlidir. Ayollar jinoyatchiligining o'sishiga qaramay uning nisbiy ko'rsatkichlari erkaklarnikidan past, masalan, Rossiyada 1998 yilda ayollar jinoyatchiligi qayd qilingan umumiy qolatning 15 foizini tashkil etadi [14].
Ayollar yoki erkaklarga xos bo'lgan jinoyatlar qaqida gapirish mumkin. Bolalarni o'ldirish, fog’ishabozlik, magazinda o'qrilik qilish kabi deliktlarni ko'pincha ayollar sodir etadilar. Erkaklar ko'pincha avtomobilni olib qochadilar, bosqinchilik qiladilar, o'qrilik qiladilar, tan jaroqati etkazadilar, o'ldiradir. Tipik erkakcha jinoyat ham mavjudki, u zo'rlashdir.
Yosh omili ontogenezning turli bosqichlarida o'ziga xos axloqni belgilaydi. qonunbuzarlikning yosh tezligi dinamikasi quyidagi obrazda ko'zga tashlanadi: ko'pchilik jinoyatchilarning yoshi 25 bilan 35 orasida kolebletsya; jinoyat miqdori qech so'zsiz 14 dan 29 yoshgacha o'sadi; eng ko'p qollarda jinoyat sodir etish 29 yoshga to'qri keladi; 29 dan 40 yoshgacha sekin-asta pasayish kuzatiladi; 40 dan keyin jinoyat qilish siyraklashadi [14].
Shubhasiz, antiijtimoiy axloq (masalan, tajovuzkor dan farqli ravishda) qaqida, ma'lum bir yoshga etgandan keyingina gapirish mumkin bizning nazarimizda, 6-8 yoshdan avval emas. qoidadagiday, kichkina bola o'z axloqini, uni nazorat qilish va ijtimoiy me'yorlarga nisbatan etarlicha anglashi mumkin emas. Faqat maktabdagina bola ilk bor va qaqiqatan printsipial ijtimoiy talablar bilan to'qnashadi qamda maktab yoshidan boshlab boladan axloqning asosiy qoidalariga qat'iy amal qilishni kutish mumkin.
Turli yoshda delinkvent axloqning “sifatli” xususiyatlarining ko'rinishiga o'rin bor. Ontogenezning ilk bosqichida ijtimoiy axloqning buzilishi bolaning psixik rivojlanishidagi muammolarni yoki avloddan-avlodga o'tuvchi xarakterga ega bo'lgan asabiy reaktsiyani o'zida aks ettiradi. Masalan, bolaning besh yoshida o'qrilik qilishi giperfaollik, e'tibor va muqabbatga aabiy ehtiyoj, yaqin odamini yoqotish reaktsiyasi, intellektual rivojlanishdagi toxtalish, zaruriy ozuqa va buyumlarni olish imkonsizligi bilan bog’liq bolishi mumkin.
Maktabga chiqish lahzasidan vaziyat printsipial tarzda ozgaradi - bolada ulqaygan psixik imkoniyatlari sharoitida shaxsning jadal ijtimoiylashuvi bosqichi boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab bolaning ma'lum bir harakatlarini qaqiqatan qonunbuzarlikka yaqin sifatda ko'rib chiqish mumkin. Kichik maktab yoshida (6­11 yosh) delinkvent axloq quyidagi shakllarda ko'rinishi mumkin: mayda bezorilik, maktab qoidalari va intizomni buzish, dars qoldirish, uydan qochib ketish, yolqonchilik va o'qrilik.
Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis delinkvent axloqning, shu jumladan, yosh bolalar guruhlarida ham o'sishiga ko'maklashganini ta'kidlash lozim. Aqoli bir qismining qashshoqlashuvi, jamoatchilik tarbiya institutlarining parchalanishi, jamiyat korsatmalarining ozgarishi - bularning barchasi qarovsiz turdagi asotsial bola shahar kochalarining odatiy qaqramoniga aylanishiga olib keldi. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining ko'cha bezoriliklari (o'qrilik, telefon avtomatlari yaqinidagi qalloblik, ta'magirlik) daydilik, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish bilan uyqunlashadi. Albatta, bunday qollarda bolalarning deviant axloqi qonunan o' smirlar va katta yoshdagilarning delinkvent axloqiga o'tadi.
O'smir yoshida (12—17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar - o'qil bolalarda - o'qrilik va bezorilik, qizlarda - o'qrilik va fog’ishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi - giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, reket, qo'shmachilik, muttaqamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga etmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro'yxatga olingandi [14]. Statistik ma'lumotlarga qaraganda o'smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo'lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo'rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o'ziga va sodir bo'layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko'rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko'pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.
V.N.Kudryavtsev [12] hisoblaydiki, jinoiy karera, qoidadagidek, yomon o'qish va maktabdan begonalashishdan (unga salbiy-dushmanlarcha munosabat) boshlanadi. Keyin oilaviy muammolar va tarbiyaning “nopedagogik” usuli fonida oiladan begonalashish sodir bo'ladi. Keyingi qadam esa jinoiy guruhga kirish va jinoyat sodir qilish o'ladi. Bu yo'lni bosib o'tishga o'rtacha 2 yil talab qilinadi. Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda 60 foiz professional jinoyatchilar (o'qrilar va moshennikov) bu yo'lga o'n olti yoshlarida qadam qo'yganlar.
Determinatsiya bo'yicha o'smir huquqbuzarlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Birinchi guruhni ularning harakatlarga hissiy reaktsiyasini noto'qri yo'naltiruvchi qator sabablar oqibatida rivojlanmay qolgan oliy tuyqular (uning xabari, majburiyat tuyqusi, mas'uliyat, yaqinlariga kongil qoyish) yoki yaxshilik yoki yovuzlik qaqidagi tasavvurlarga ega osmirlar tashkil etadi.
Ikkinchi guruhga gipertrofik yosh reaktsiyasi bo'lgan o'smirlarni kiritish mumkin, bu ularning oppozitsion va antiijtimoiy axloq xarakteriga o'tishini ko'rsatadi (boshqa yoqimli sharoitlarda).
Uchinchi guruhni delinkvent axloqni bevosita o'z atrofidagilarga turqun yuzaga chiqaruvchilar va kim uchun bunday axloq odatdagi me'yoriy (o'z o'zining salbiy obrazi, o'z-o'zining nazorati yo'qligi, sust rivojlangan vijdon, odamlarga ehtiyojiy munosabat bilan) hisoblanganlar tashkil etadi.
To'rtinchi guruhga psixik va asabiy xafagarchiligi bo'lgan o'smirlar taalluqlidir (ularda delinkvent axloq bilan birgalikda oqriqli simptomlar yoki intellektual rivojlanmaganlik belgilari ishtirok etadi).
Nihoyat, o'smirlarning ongli ravishda delinkvent axloqni tanlovchi (psixik xafagarchilik bilan azoblanmaydigan etarlicha o'z-o'zini nazorat qilishga ega va o'z tanlovining oqibatlarini tushunuvchi) beshinchi guruhi ajratiladi.
Birmuncha noxush prognostik belgilar (kelgusida antijamoatchilik axloqini shakllanishi planida) deb quyidagilarni hisoblash mumkin: vijdon va aybdorlik tuyqusining yo'qligi, patologik aldamchilik, odamlarga ehtiyojiy munosabat, beparvolik, irkitlik, aniq ko'rinib turgan psixopatologiya.
Jinsiy va yoshdan tashqari, konstitutsional omil ajratiladi. Tadqiqotchilar konstitutsional xususiyatlar shaxs rivojlanishini antiijtimoiy tomonga yo'naltirishi mumkin, deb ta'kidlaydilar. Masalan, bolaning ishtiyoqi shu qadar kuchli bo'lishi mumkinki, u ochlik qolatiga qiyinchilik bilan chidaydi, buning ta'siri ostida u oqrilikka qol urishi mumkin. Yoki eqtimol, kichik bolalarda yaqin munosabatlar ornatish qobiliyatida aniq ko'rinib turgan individual farq mavjud [2, 54-b.].
Psixopatologiyaning (har qanday yoshda) shaxs delinkvent axloqiga ta'siri qaqidagi masala munozarali bo'lib qolmoqda. «Psixik og’ishlar va antijamoatchilik axloq munosabatlarining muammosi - psixiatriyada eng murakkab va chalkashlaridan biridir», - deya ta'kidlaydi V.V.Korolev [10, 5-b.]. Delinkvent axloq bilan uyqunlashuvchi anomaliyalarning birmuncha tarqalgani sifatida quyidagilarni aytadilar: psixopatiya, piyonistalik; asabiy xafagarchilik; bosh suyagi-miya jaroqatlar va bosh miyaning organik kasalliklarining qoldiq ko'rinishlari; intellektual etishmovchilik [9, 10, 16].
Psixik anomaliyaga ega bo'lgan odamlar intellektual yoki hissiy-ixtiyoriy patologiya oqibatida o'z harakatlarini anglash va nazorat qilishning past layoqatini namoyon etadilar. Ayni damda tibbiy me'yordan og’ishishni garchi ular qator qollarda uyqunlashsa-da, jinoiy harakatlarni chaqiruvchi aniq sabablar deb hisoblab bolmaydi.
Psixik xafagarchilikning muayyan sharoitlar bilan uyqunlashuvida odamning o'z jinoyati uchun qonun oldida javob by era oladigan aqamiyatli tarzda pasaytiruvchi, ya'ni o'z harakatlarini anglash va ularni nazorat qilishga qodir patologik affektning yuzaga kelishini kutish mumkin.
Ko'pgina mualliflar ham kam dalillangan, ko'pincha atrofdagilar uchun kutilmagan shafqatsiz qotillikni aynan patologik axloqning ko rinishi sifatida ko'rib chiqadilar. Yu.B.Mojginskiy [19] ko'rsatishicha, psixik xafagarchilik belgisisiz o'smirlar tomonidan sodir etilgan shunga o'xshash jinoyatlar qolida ikkita patologik tendentsiya kuzatiladi: affektning buzilishi (ruqiy azoblanish qolati, distimiya) va shaxs krizisi (psixopatik rivojlanish). Ushbu buzilishlar shaksiz aniq ijtimoiy-psixologik kontekst bilan uyqunlashadi. Ular orasida muallif nizoli vaziyatlar, uzoq muddatli stress (oilada cho'zilib ketgan janjal), o'smir guruhlarining ta'siri (guruhli qadriyatlar va qodilara), to'laqonli emaslik kompleksi, aqamiyatsiz bo'lgan tashqi xavfni nomlaydi.
X.Remshmidt [27] o'smirlar delinkvent axloqining etiologiyasida boshqa psixik kasalliklar belgisisiz engil hissiy zararlar; qo'rquv, soqinch yoki axloqning zo'ravonlik usuli bilan manifestlanadigan aniq ko'rinib turgan hissiy buzilishlarni ajratadi.
Qator qollarda kayfiyatning buzilishi mayl patologiyasi bilan uyqunlashadi, masalan, kuydirish (piromaniya) yoki o'qrilik (kleptomaniya) ga davriy engib bo'lmas qiziqish bo'lgan patologik axloq. Shu qatorda qiziqishlar buzilishiga qochish va daydilikka moyillik taalluqlidir. Umuman olganda buzilgan qiziqishlar sindromi quyidagilar bilan xarakterlanadi: impulsivlik, turqunlik, shaxs uchun begonalik va engib bo'lmaslik. X. Remshmidt, ruqiy azoblanish qolatidagi delinkventlarni yoritib, “qiziqish va tajovuzning kuchayishi” qamda “qiziqishning mutlaq yo'qolishi” qolatining almashinishi qaqida gapiradi [24].
Keltirilgan ma'lumotlar affektiv ixtisosi shaxsning antiijtimoiy axloq bilan boqlangan va o'z navbatida, ichki qamda tashqi omillar yiqindisiga bo'ysunuvchi birmuncha aqamiyatli xislatlaridan biri hisoblanishi qaqida gapirishga imkon beradi.
Shunday qilib, axloq determinatsiyasi bo'yicha delinkvent shaxsning bir necha asosiy guruhlarini ajratish mumkin:
Vaziyatli qonunbuzar (ko'pincha vaziyat taqozosi bilan qo'zqatilgan qonunga qarshi harakatlar);
Submadaniyatli qonunbuzar (antiijtimoiy qadriyatlar guruhlari bilan o'xshash bo'lgan buzuvchi);
Asabiy qonunbuzar (intrapsixik nizo va xavotir natijasida chiquvchi asotsial harakatlar);
“Organik” qonunbuzar (impulsivlik, intellektual etishmovchilik va affektivlik ustunligi bilan miya jaroqati oqibatida sodir etiladigan qonunga qarshi harakatlar);
Psixotik qonunbuzar (oqir psixik buzilish - psixoz, ongning xiralashishi natijasida sodir etiladigan deliktlar);
Antiijtimoiy shaxs (shaxsiy chiziqlarining maxsus uyqunligida yuzaga kelgan antijamoatchilik harakatlari: dushmanlik, oliy tuyqularning rivojlanmaganligi, yaqinlikka qodir bo'lmaslik).

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin