1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə27/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Identiv o‘quv maqsadlari: 2. Lo‘simliklar hayot shakli klassifikatsiyasini bilishadi. 2.2.Klassiftkatsiya nimaga asoslanganligini farqiga yetadi.
41
2.3.0"simliklar hayot shakli klassifikatsiyasi xillari va unda nimalar e'tiborga olinganligini anglab yetadi.
2-asosiy savolning bayoni
o‘simliklarning hayot shakliga doir turli tasniflar va sxemalar mavju bo‘lib, shulardan biri hozirgacha keng tarqalgan, yashab kelayotgan sxema daniyalik botanik K.Raunkiyer (20 - asrning boshlarida-1903-1905) sxemasi hisoblanadi.
Raunkiyerning klassifikatsiyasi nimaga asoslanganh Bu tasniflash- o‘simliklarda yangilanib turadigan organlarining. ayniqsa, kurtakning joylanishiga va ularning qishning noqulay sharoitidan saqlanishiga yoki qurg‘oqchilikdan himoyalanishiga asoslanadi. Ana shu belgiga asoslanib yer yuzidagi barcha o‘simliklarning hayot shakllari 7 turga bo‘lib o‘rganiladi.
lFanerofitlar (Ph)- faneros yunoncha(yaqqol ko‘rinib turuvchi) degan ma'noni beradi. Bu daraxt va butalar hisoblanib, ulaming kurtaklari yer yuzidan ancha balandlikda joylashgan. Qishda novdalari saqlanib qolinadi. Sovuqdan nobud bo‘lmaydi.
2 Xamefitlar (Ch) ( xame-past, yer bag‘irlovchi) ma'nosini beradi. Mayda va chala butachalar kiritilib, ulaming kurtaklari yer yuzasiga yaqin joylashadi, sirti esa qalin tangachalar bilan qoplanadi, qishda qor bilan qoplanadi, novdalari saqanib qolinadi. (tercsken, izen, kcyreuk).
3.Gemikriptofitlar (NK)(gemi-yarim. krcptos -yashirin degani). Bular ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar hisoblanadi. Kurtaklari yer sathi bilan barobar joylashadi, to‘kilgan barg va qurigan novdalar bilan himoyalangan bo‘ladi. Yer ustki massasi qishda qurib ketadi. (beda, yantoq. qo‘ng‘irbosh, o‘tloq o‘simliklari).
4.Kriptofitlar(K) (Kriptos - yashirin degani). Ko‘p yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, yer ustki organlari qishda butunlay qurib qoladi, yangilanuvchi kurtaklari yer ostida, har-xil chuqurlikda, yer ostki organlarida. ya'ni tugunaklar, ildizpoyalar, piyozboshlarida saqlanib qoladi. (lola, boychechak, chuchmoma, iris, narsiss, yer noki- topinambur).
5.Terofitlar -(Th) (tero-yoz degan ma'noni beradi).Bir yillik o‘simliklar bo‘lib, ulaming yer ustki va ostki organlari qishda qurib qoladi, faqat urug‘larigina qishlab chiqadi. Urug‘ yordamida ko‘payadi. Urug‘larigjjia qish va qurg‘oqchilikga chiday oladi. (bug‘doy, arpa, mosh).
6.Gelofitlar-botqoqlik o‘simliklari bo‘lib. ularning kurtaklari joylashgan, vegetativ organlari suvdan ko‘tarilib turadi.
7.Gidrofitlar-Gulli o‘simliklar bo‘lib, kurtaklari suv ostida vegetativ nosdalari suvda joylashadi.
Raunkiyer kiassifikalsiyasidan tashqari o‘simliklaming tashqi ko‘rinishiga asosan ham klassifikatsiyalash ham kcng tarqalgan:
LDaraxtlar 2.Butalar. 3Butachalar. 4. Chala butachalar.
5. Efemerlar. 6. Lianalar 7. Yostiqsimon o‘simliklar.
1-Daraxtlar. Ko‘p yillik. Yer ustki qismlari yog‘ochlashgan, balandligi ikki metrdan kam bo‘lmagan. asosiy tanasi yaxshi shaklangan o‘simliklar(terak, chinor, olma, qarag‘ay va boshqalar)
2-Butalar. Ko‘p yillik, yer ustki organlari yog‘ochlashgan. ammo yog‘ochlanishi yer yuzasidan boshlangan hamda asosiy tanasi yaxshi ifodalanmagan o‘simliklardir(na'matak, maymanjon, nastar, atirgul va boshqalar).
3-Butachalar. Ko‘p yillik, past bo‘yli, tanasi yog‘ochlashmagan, balandligi yarim metrdan oshmaydigan o‘simliklardir.
4-Chala butachalar. Ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, faqat poyasining ostki qismi yog‘ochlashgan. Poyasining yuqori ustki qismi har yili kuzga borib qurib qoladi,(shuvoq, izen)
5-F.femerlar.Vegetatsiyasini yoz oylari boshida tugatadigan(lola, boychechak, yovvoyi piyoz va b.) o‘simliklar.
6-l.ianalar. Poyasi nozik, uzun bo‘lib, bular boshqa o‘simliklarga o‘ralgan holda o‘sadi.(tok, pechak, ilonchirmoviq va b)
7-Yostiqsimon o‘simliklar. o‘ziga xos o‘sish va shoxlanish xususiyatiga ega bo‘lib, sharsimon yoki yostiqsimon shaklni oladi. Bular cho‘l va yaylov sharoiti uchun xosdir. (astragallar, bo‘ritikonlar vax.)
42
Raunkiyer o‘z ishlarida statistik usullarni qo‘llab hayot shakllari guruhlarining iqlim sharoitiga bog‘liq holda tarqalishini ko‘rsatib beradi. o‘simlik jamoasida turlaming hayot shaklari bo‘yicha foiz hisobida tarqalishini - biologik spektr deb ataydi. Masalan issiq va nam iqlimli tropik mintaqada - fanerofitlar. mo‘"tadil iqlim mintaqada - gemikriptofitlar ko‘p tarqalgan.
3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Hayvonlaming hayot shakli klassifikatsiyasini, bu klassifikatsiya qaysi holatlarni e'tiborga olgan holda tuzilganliginibayon qilish. Identiv o‘quv maqsadlari:\
3.1. Hayvonlar hayot shakli tasnifida hisobga olingan asosiy holatlarni biladi. 3.2. Kashkarov D.N. klassifikatsiyasi, A.N.Formozov klasifikatsiyalarining farqiga yetadi. 3.3. o‘simliklar va hayvonlar hayot shakli tasnifi nimalarga asoslanganligini tahlil qiladi.
lchinchi asosiy savolning bayoni:Organizmlar hayot shakllarining klassifikatsiyasi-morfologik ekologiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. «Hayot shakllari» atamasi botanikadan zoologiyaga o‘tadi va hayvonlami tashqi qiyofalari bo‘yicha guruhlashda juda qo‘l keladi.
Zoologiyada hayvonlar hayot shakllarini aniqlashda turli holatlar va hayvonlami biologik xislatlami inobatga olishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, bir hollarda hayvonlami tashqi qiyofasi asos qilib olinsa, ikkinchi holda ulaming ko‘payish yo‘llari, uchinchi holda harakat qilishlari yoki oziqlanish yo‘llari asos qilib olingan. Masalan: D.N.Kashkarov (1945) hayvonlami harakatlanishi bo‘yicha tubandagicha klassifikatsiya qiladi:
1 Suzib yuruvchi shakllar. 1.1 .To‘la suv shaklari - nekton, plakton, bentos.
1.2.Chala(yarim) suv shakllari - sho‘ng‘uvchilar, sho‘ng‘imaydiganlar, suvdan faqat ozuqa topuvchilar,
2.Yerni qoplovchi shakllar. 2.1 .Mutloq yer qazuvchilar(butun hayoti yer ostida). 2.2.Qisman yer qazuvchilar(yer ustiga chqiib turadilar).
3.Yer usti shakllar: 3 I In qurmaydiganlar: yuguruvchilar, sakrovchilar. sudralib yuruvchilar. 3.2.In quruvchilar: yuguruvchilar, sakrab yuruvchilar, sudralib yuruvchilar. 3.3. Qoyalar hayvonlari.
4.Daraxtlarda o‘rmalovchi shakllar: daraxtlardan tushmasdan yashovchilar va vaqtincha daraxtga o‘nnalovchilar.
S.Havo shakllari:Ozuqani havodan topuvchilar, yerdagi ozuqaga havodan qaraydigan shakllar. (havoda kuzatib turib ozuqa topadigan).
D.N.Kashkarov klassifikatsiyasida hayvonlaming morfologiyasi, harakat qilishi va oziqlanishi kabi xislatlari inobatga olingan, shuningdek hayvonlar muhitning namlik darajasiga qarab namlikni sezuvchi (gigrofillar) va quruqlikni sezuvchi (kscrofillar) guruhlariga bo‘linadi.
Hayvonlar oziqlanishiga qarab: o‘simliklar bilan ovqatlanuvchilar. hamma narsa bilan ovqatlanuvchilar, yirtqichlar va o‘liklar bilan ovqatlanuvchilarga bo‘linsa, yashash joyida ko‘payishiga qarab: yer oslida ko‘payadigan shakllar, yer ustida, o‘simliklar, butalar orasida va daraxtlar ustida ko‘payuvchi guruhlarga bo‘linadi. Iqlimga nisbatan - sovuq va issiqqonlilarga bo‘linadi.
Shuni e'tiborga olish kerakki, bir xil muhitda va bir xil hayot kechiradigan hayvonlarning tashqi qiyofalari ancha o‘xshash bo‘ladilar. Masalan: okean vajdengizlarda uchraydigan hayvonlar - gidrobiontlar torpedasimon shaklga ega bo‘ladilar. Ular turli sistematik guruhlarga mansb bo‘lishlari va har xil ichki tuzilishlaridan qat"iy nazar, bir-biriga o‘xshash qiyofaga egadirla. Jumladan kalmar (malyuskalar tipiga). barrakuda (suyakli baliqlarning xordalilar tipiga), ixtiozavr (sudralib yuruvchilarning yo‘qolib ketgan sinfi vakillariga). tyulenlar(sut emizuvchilar) tipiga kiradi. Nomlari aytib o‘tilgan hayvonlar bir xil muhitda bir xil hulqiy xislatlariga egadirlar, ya'ni ular ochiq dengiz muhitida te harakat qiluvchi yirtqich hayvonlar guruhiga kiradilar. Evalyutsion jarayondagi bir xil sharoitda ularda bir xil moslanishlar yuzaga kelgan, ya'ni: tana shakli. o‘ljani
43
tutuvchi organlar (tish, jag‘. paypaslovchi qo‘l-oyoqlar), yaxshi rivojlangan ko‘rish organlari. dum qismlar bir - birlariga ancha o‘xshab ketadi.
Suv muhitida uchrydigan gidrobiontlar tubandagi hayot shakllariga (Zernov, 1949. Konstantinov, 1972)egadir.
LPlankton: harakatsiz sharsimon, nurlanuvchi, tayoqchasimon shakllar.
2.Nekton: ilonsimon torpedasimon, kurak oyoqli turlar
3.Bentos: harakatsiz epibiontlar. daraxtsimon, chanoqli va qopsimon shakllar.
Harakatchan epibiontlar: o‘rmalovchilar. kipriklilar, chuvalchangsimonlar, ixcham tanali oyoqli shakllar.
Yerni qoplovchi intrabiontlar: chuvalchangsimonlar, qazuvchi muguzli ponasimon chanoqli turlar.
Po‘k introbiontlar( interstsial shakllar) ixcham cho‘zilgan shakllar.
Bu suv muhiti hayot shakllarida gabitual o‘xshashlik yuqori takomillashganligidan sodda toifalarga qarab ortib borishi kuzatiladi. Bir guruh hayot shakllaridagi bir-biridan uzoq turlarga qaraganda yaqin, qardosh organizmlarning o‘xshashligi ko‘pdir. Undan tashqari, yuqori toifadagi tizimga suv havzasining turli chuqurliklariga morfologik moslashgan organizmlar (plankton, nekton, nektobentos, bentos) kiritilgan. o‘rta darajadagi tizimga harakat qiladigan hayvonlar tipi. sodda toifaga oid hayot shakllariga csa hulqiy xislatlariga qarab hayvonlar kiritilgan. Har bir hayot shakli turli sistematik guruhlar vakillarini tana tuzilishi va biologik xususiyatlariga qarab birlashtirgan. Masalan: planktonga suvda muallaq holda kam harakat qilib suzib yuruvchi hayvonlar kiradi. Bularga ko‘p umurtqasiz hayvonlarning sharsimon qurtlari, kolovratkalar, suvo‘tlar, radiolyariyalar, meduzalar, ayrim osminoglar, mayda qisqichbaqasimonlar kiradi.
Nekton guruhiga-ancha katta, faol harakat qiladigan hayvonlar kirib, ular ilonsimon, torpedasimon va keng so‘zgichli shakllarga ega bo‘ladilar.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin