5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Yillik maromlar. Ular organizmlaming umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, respublikamiz viloyatlanda yillik harorat maromiga ko‘ra organizmlaming rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fcnologik hodisalar ro‘y beradi, Yer yuzasidan qorlar erib, bahor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o‘rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o‘tlar, o‘simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi. Yoz o‘rtalarida harorat noqulay bo‘ladi, daraxtlar va boshqa ko‘pchilik o‘simliklarnin o‘sishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi, qushlaming ko‘payish davri tugaydi.
Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko‘pchilik o‘simliklarning meva va urug‘Iari pishadi, to‘qimalarida ozuqa moddalar to‘planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog‘ochlanadi. Qushlar galalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga hozirlana boshlaydi. o‘similklarda xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hashorotlar va umurtqasiz hayvonlar uchramay qoladi.
Sovuq boshlanishidan awal tana haroratini boshqara olmaydigan organizmlar tinim holatiga o‘tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarning qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi. Qushlar pat chiqaradi. Qishda yetarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar, ko‘rshapalaklar, kemiruvchilarning ko‘pchilik vakillari, bo‘rsiqlar, ayiqlar uyg‘uga keladi.
Suvda suzadigan hasharotxo‘r parrandalar qishda ozuqa topib yeya olmaydilar, shuning uchun ular mavsumiy migratsiya qilishga majbur. Bulaming hammasi muhitning kunlik, oylik va yillik maromlariga organizmlarning bergan javobi hisoblanadi.
Har bir tuming yillik maromi tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o‘sish va rivojlanish davri ko‘payib, qishki tayyorganhk va qishlash davrining muayyan tartib va muddati yillik maromni tashkil etadi. Yillik maromlar ko‘pchilik turlarda endogen xarakterga ega va siklik maromlar deyiladi.