1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Antropik omillarni o‘z navbatida to‘rt turga bo‘lish mumkin



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə22/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Antropik omillarni o‘z navbatida to‘rt turga bo‘lish mumkin:
1. Ozuqa va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun (ovlash, baliqchilik. o‘rmonlarni kesish,
o‘tlami o‘rish va h.). tirik organizmlardan foydafanish.
2. o‘simliklarni ko‘paytirish(madaniylashtirish) va hayvonlami qo‘lga o‘rgatish.
3. Akklimatizatsiya va introduksiya. ya'ni organizmlaming tabiiy arealidan boshqa joylarga
ko‘chirib olib borish va moslashtirish.
4. Yangi madaniy o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.
Insonning tirik organizmlarga salbiy ta'siri natijasida yer yuzida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketdi. Ovchilik bilan shug‘ullanish dastlab ozuqaga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik kiyim-kechak va har xil materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o‘z navbatida ko‘pchilik hayvonlarni yo‘q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilb ketgan. Inson tomonidan o‘simlik va hayvonlaming yashash sharoitlari o‘zgartirildi. Natijada muayyan joyda yashayotgan o‘simlik va hayvonlar jamoalari yo‘q bo‘lib yoki ulaming sharoiti keskin o‘zgarib ketdi, tog‘ o‘rmonlarida daraxtlami kesib tashlash. shubhasiz ulaming soyasida yashayotgan soyasevar o‘simliklarni yashash imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari hayoti daraxtlar bilan bog‘langan (oziqlanuvchi, uya quruvchi) qushlaming yo‘qolishiga ham olib keldi. Xuddi shuningdek, yashash sharoitlarining keskin o‘zgarishi (yerlarni haydash. foydali qazilmalarni kovlab olish, chiqindilarni tashlash, o‘tloqzorlami o‘rib tashlash, u yerlarda uy hayvonlarini surunkasiga boqish kabilar) ushbu xududlar organik dunyosining tarkibini o‘zgartirib, ba'zi turlar uchun yashash imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Biz hozirgi vaxtda inson tomonidan keskin o‘zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz. Yildan yilga tabiiy holdagi landshaftlar va jamoalar egallagan maydonlar qisqarib ketmoqda va ulaming o‘mini inson tasiridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda.
Antropogen ta'sirni sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport kabi toifalarga bo‘lish mumkin. Biz buni o‘zbekiston Respublikasi va o‘rta Osiyo mintaqasi asosida o‘lardan ba"zilarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin