Ilonsimonlarga -ilonbaliq. suv ilonlari kirsa, torpedasimonlarga: ko‘pchilik baliqlar, delfinlar. kalmarlar, morjlar, tyulenlar kabi hayvonlar misol boTadi.
Bentos hayot shakllariga: epibiontlar va loyga botib yashaydigan intrabiontlar kiradi.
Ektibiontlarga: harakatchan halqali chuvalchanglar, nemartinlar, golotunyalar, chanoqli foraminiferalar, molyuskalar, braxiopodalar va boshqalar misol bo‘ladi.
Harakatsizshakllarga: daraxtsimon korallar, gidroidlar, bulutlar, mshankalar kiradi.
Intrabiontlarga: loyqalar ichida yashaydigan planariya, infuzoriya, chnoqli molyuskalar. dengiz tipratikanlari, nemotodlar, halqali chuvalchanglar misol bo‘ladi. Tuproqda keng tarqalgan chuvalchangsimon geobiontlar ham turli sistematik guruhlarga tegishli hayvonlardir. (Sharova. Sveshnikov, 1988) Masalan: tuproq nematodalari- dumaloq chuvalchanglardan, yomg‘ir chuvalchanglari - xalqalilar tipidan peripatopsis esa - onixoforlardan, yer-suv qurti - yer-suvda yashovchi xordalilar tipidandir. Tuproqda tarqalgan hayvonlar uni kovlab, o‘zlariga yo‘l, ozuqa va noqulay sharoitdan saqlash joyini topadilar.
Uchib yuruvchi qanotlihayvonlar-aerobiontlar nomli hayot shakllari guruhiga kiritiladilar. Ular ham tashqi qiyofalari bilan juda ko‘p tomonlama bir-biriga o‘xshab ketadigan. lekin har xil sistematik guruhlarga mansubdir. Jumladan: ninachi- hashorotlarga. ramfornik-uchadigan kaltakesak. yo‘qolib ketgan sudralib yuruvchilar sinfidan, o‘rdak-qushlar sinfidan, ko‘rshapalak esa-sut emizvchi sinfiga xosdir.
Bu hayvonlar sistematik hamda anatomik jihatdan juda katta va keskin farqlanishlariga qaramasdan, uchishga moslashgan gabitual o‘xashliklariga egadirlar.
Professor N.P. Naumov (1963) hayvonlami ovqatlanishlari bo‘yicha tubandagi guruhlarga bo‘linadi:
LSust ovqatlanuvchi turlar. Bu guruhlarga harakat qilmaydigan yoki juda kam harakat qiladigan tuban. sodda tuzilgan turlar qirib, ularga ichak qorinlilar, igna tanlilar. ayrim chuvalchanglar, lansetniklar. bulutalr misol bo‘la oladi. Ularga past darajada modda almashuvi, kam ozuqa va metabolizm xislatlari xosdir.
2.Parazitlik yo‘li bilan (ekto va endo) ovqatlanish.
II 3.Faol ovqatlanish turlari. Bu guruhga kiruvchi hayvonlar yuqori darajada ozuqaga talabi katta bo‘lib, ozuqani maxsus joylardan qidirib topib o‘zlashtiradilar. Bu o‘z navbatida : 1) yoyilib o‘tlovchilar (suvdagi planktonlar, bentos. nekton): ohtloqzordagi daraxtlar, butalar ustidagi hayvonlar, qushlar: 2) Yoyilib, o‘tlar yem-xashak, o‘tlarni to‘la yeydi yoki qisman o‘tlaydi. boshqasi payxon, nobud bo‘ladi. 3) Poylab tunb. o‘ljani tutib, u bilan ovqatlanadigan yirtqichlar. Ularga baliqlardan-cho‘rton baliq. qushlardan-lochin, ukki, burgut, qirg‘iy. sut emizuvchilardan-mushuk. bo‘ri, yo‘ lbars,\sher va boshqalar kiradi. 4) Quvlab, kuzatib ozuqa topish ancha murakkab yo‘l bo‘lib, bu guruhlarga qushlar(pelikan. baklan) va sut emizuvchilar kiradi.
A.N.Formozov (1945) sut emizuvchi hayvonlarni morfologik qiyofalariga qarab tubandagicha 5 tipga bo‘lanidi\
l.Yer usti shaklari. 2.Yerosti shakllari. 3.Daraxtga bog‘liq shakllar.
4Havodayashovchi shakllar. 5.SuvshakIlari.
Shu har bir tip ichida harakat qilishi, yashash faoliyatlariga qarab, sharoitlariga moslashish xislatlari, morfologik shakllari kelib chiqqandir. o‘simliklar kabi. hayvonlarning ham yirik taksonomik birliklarning ichida hayot shakllari yorqin Tarqlanadi va arjatilgan guruhlar turlarining ekologik har xilligi bilan farqlanadilar. Jumladan, qushlar o‘zlarining tashqi qiyofalari. yashash muhitlari, harakat qilish va ozuqa topish holatlariga qarab tubandagi hayot shakllariga bo‘linadiiar: 6.Daraxtsimon o‘simliklarga xos shakllar.
7.Quruxlikning ochiq joylariga xos qushlar.
8.Botqoq va sayoz jolarga moslashgan shakllar.
9.Suvlik joylarga xos qushlar.
llar bir tipga xos qushlarnin spetsifik hayot shakllari bor: Ya'ni, ozuqani tirmashib chiqib topadigan qushlar- to‘tiqushlar, chumchuqsimonlar, kakkular: uchib yurib ozuqa topadigan shakllar - o‘rmonlarda, ukkilar. tentakqushlar: ochiq yerlarda uchraydigan uzunqanotsimonlar, loyxo‘rak rjankalar: suv ostida ovqat topuvchilar - uzuntumshuqlar misol bo‘ladi. Yer ustida harakat qilib ovqatlanuvchilarga-tovuqlar. tuyaqushlar, laylaklar: suvda suzib va suvga sho‘ng‘ib ozuqa lopadigan shaklar - pingvinlar, gagarlar. pogankalar. o‘rdak - ghozlar va hokazolar hisoblanadi.