Populyatsiya soni- o‘simlik va hayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori. U hech qachon doimiy bo‘lmaydi va ko‘payish hamda o‘lish tezligi nisbatiga bog‘liq bo‘Iadi.
Populyatsiya zichligi deganda, maTum maydon birligiga to‘g‘ri keladigan individlar soni tushuniladi.(hayvon va o‘simliklar miqdorini ko‘rsatadigan kattalik). Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, shuning uchun u yoki bu populyatsiya haqida gap borganda uning soni va zichligi barobar eTiborga olinadi.
Populyatsiya zichligini o‘rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Zoologlar -populyatsiyadagi individlar sonini maydon birligida. mikrobiologlar - tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida. suvdagi sodda hayvonlar va suv o‘tlari. tuproq mezo-va mikrofaunalari suv va tuproqning hajm birligida hisobga oladilar. Ushbu yondoshish to‘g‘ri hisoblanib, haqiqatan ham biogeotsenozg«4iayvonlar va mikroorganizmlar individlar soni bilan. o‘simliklar esa biomassasi bilan ta'sir etadi.^\
Populyatsiya o‘lchatni-har hil turlarning populyatsiyasi bir-biridan o‘lchami bilan farq qiladi. Masalan: bir gektar o‘rmonda qushlardan o‘nlab individlar: sichqonsimon kemiruvchilardan o‘nlab va yuzlab: hasharotlar va yomg‘ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin. Turlar populyatsiyasi zichligining o‘zgarib turish sabablaridan biri individlarning katta-kichikligidir. Individlar qanchalik yirik bo‘Isa, populyatsiya chegaralari katta: ziligi esa past bo‘ladi.
Populyatsiya zichligi vaqt davomida o‘zgarib turadi. Har qanday o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuning bilan o‘rtacha o‘lchamlari bo‘ladi. Populyatsiya zichligining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o‘z-o‘zini cheklash bilan bog‘langan, quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda yashay olishi yoki o‘limga yuz tutishi, ya'ni minimal o‘lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir populyatsiya maTum sharoitda o‘rtacha zichlikka ega bo‘Iadi. bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib. uning natijasi populyatsiyaning yuqori mahsuldorligi, hayotchanligi va boshqalarda ko‘rinadi. Bu qonuniyat ekologiyada Olli qoidasi nomini olgan.