Tuproqda uchraydigan mayda hayvonlarning hayot shakllari ular yashaydigan muhitning kompleks omilari (yorug‘lik, harorat va namlik) tahsiriga bog‘liqdir. Tuproqni mayda hayvonlari tubandagi hayot shaklariga bo‘linadi:
1 .Atmobiontlar-yer ustiga to‘plangan o‘simlik qoldiqlari ustida uchraydigan ko‘zli turlar.
2.Euedafik turlar-tuproqning yupqa qatlamlarida uchraydigan, ko‘zsiz hayvonlar.
3.Gemiedafik turlar - oldingi ikki guruh oralighiga mos shakllar.
Hashorotlar ichida tana shakli bosh tuzilishi, uchish apparati, rangi bo‘yicha -chiginkalarda quyidagi hayot shakllari farqlanadi(Chcrnova. Bo‘lova 1981,1988).
1 Tamnobiotlar -(tanasi yirk, qohng‘ir-kul rangli). butalar, daraxtlarda yashaydigan turlar.
2.Xortobiontlar - o‘t o‘simliklarning turli yaruslarida uchraydigan shakllar ( tanasi yashil rangdabo‘ladi).
3.Gcrpetobiontlar - tuproqdagi organik qoldiqlarda yashovchi shakllar.
4.Eremobiontlar-loy tuproqlarning ustida uchraydigan turlar
5.Psammobiontlar - qumli joylarga xos turlar.
6.Petrobiontlar - kam o‘simlikli toshlar, toshli joylarga moslashgan turlar. (rangi-kulrang va sariq).
7.0chiq geofillar- Butunlay ochiq joylarda cho‘l sharoiti tuproqlarda uchraydigan hashorotlar.
Chigirtkalarning yuqorida keltirilgan bu hayot shakllari. ularning tana konfiguratsiyasiga. bosh, oyoqlarni tuzilishiga, uchish apparati va tana ustini ranglari asosida klassifikatsiya qilingan.
Mahlumki. ekologik hayot shakllari tizimini tuzishda ko‘pincha ekologik mezonlardan foydalanib, morfologik xususiyatlariga ikkilatnchi darajada ahamiyat beriladi. Morfologik hayot shakllar tizimini tuzishda albatta ekologik va morfologik mezonlarni qohshib olib boriladi. Mustaqil ish topshiriqlari. 15 Eo‘simliklar hayot shakllari tarifini tushungan holda, Raunkiyer tasnifi asosida o‘simliklar hayot shakllari bo‘yicha yerbariy materiallarini to‘plash. Ularning kurtaklari joylashishiga e'tibor berish.
2.Hayvonlarning hayot shakllari - qushlar misolida, ularning o‘ziga xos hayot shakllari haqida ilmiy adabiy otlardan foydalangan holda referat tayyorlash.
Manba: ATo‘xtayev Ekologiya. To‘qituvchi. 64-68 b.