1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə39/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

/
50
JVIustaqil ish ropshiriqlari.
Har bir talaba o‘zi yashab turgan joyda o‘simliklar jamoasini kuzatishi lozim. Bunda jamoadagi dominant va edifikator turlarni aniqlashi. ulardan gerbariy materiallari to‘plashi, adabiyotlar orqali aniqlashi kerak bo‘ladi. Oilngan maTumotlarning hammasi daftarga qayd etiladi. Manba: 1 .A.To‘xtayev, A.Xamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish.
T. «o‘qituvchi» 1994. 88-91 b.
2.Xamidov A. va boshqalar o‘zbekiston o‘simliklari aniqlagichi. T.
«o‘qituvchi», 1987.311 b.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. RMChernova, A.M.Bo‘lova. Ekologiya. M. Prosveheniye, 1988.168-181 b. 2. V.A.Radkevich.Ekologiya. Minsk. Vo‘sheyshaya shkola. 1983. 186-200 b. 3. A.S.To‘xtayev. Ekologiya. T. «o‘qituvchi», 1998.95-106 b.


12-ma'ruza.Biogeotsenozlar va ekotizimlar.(2-soat)
Asosiy savollar: l.Biogeotsenoz(V.N.Sukachev) va ekotizim(A.Tensli) kabi tushunchalar nisbati. 2.Ekotizimda moddalar aylanishini ta'minlashda ishtirok etuvchi organizmlar haqida. 3.Biogeotsenozlar mahsuldorligi. Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Biogeotsenoz. ekotizim, produtsent, konsument. redutsent, ekotop, klimatop, edafatop. atotrof, geterotrof, ozuqa zanjiri, sarflanish. detrit. birlamchi, ikkilamchi mahsuldorlik, ekologik piramida.
1-asosiy_savol_bo‘yicha_o‘qituvchining_maqsadi'>1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Biogeotsenoz tuzilmasi, ekotizim tushunchasi haqida maTumot berish. Biogeotsenoz va ekotizimning ba'zi bir farqlarini ko‘rsatib berish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 1.1 .Biogeotsenoz va ekotizim tushunchalarini izohlab beradi. 1.2.Biogeotsenoz tuzilmasini aytib beradi.
1,3.Biogeotsenoz va ekotizimlarning ba'zi bir farqlarini anglay oladi. lAEkotop, klimatop, edafatop tushunchalarini farqlaydi.
1-asosiy savolning bayoni.
Yashash sharoiti o‘xshash va o‘zaro munosabati natijasida bir - biriga ta'sir ko‘rsatuvchi har hil turga mansub bo‘lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig‘indisiga ekologik tizim deyiladi.
o‘rmon, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo‘la oladi.
Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi ATensli tomonidan kiritilgan. Ekotizim konsepsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeotsenoz ta'limoti ham muvaffaqiyatli rivojlamb bordi. Biogeotsenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif qilgan. («bios»-hayot, «geo»- yer, «senoz»-umumiy yoki jamoa) ma'nosini beradi.
Ko‘pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida qo‘Haniladi va deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo ba'zi bir tomonlari bilan farqlanadi:
Biogeotsenoz Ekotizim
1 Tabiiy hodisa Tabiiy yoki sun'iy hodisa
hisoblanadi. bo‘lishi mumkin.
2.MaTum tabiiy chegraga Funksional birlik bo‘lgani
ega bo‘lgan fazoviy birlik; uchun qo‘shni ekotizimlardan
u qo‘shni biogeotsenozlardan ajralib turishi shart emas.
fitotsenozi bilan ajralib turadi.
3.Biogeotsenoz tarkibiga Yirik ekotizimlar odatda
odam kirmaydi. odam ta'sinda bo‘ladi.
60
Biogeotsenozning asosiy komponentlari - atmosfera, tog‘ jinslari, suv o‘simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o‘simliklar. hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar) - biotsenoz deb atalib, muhit esa-ekotop deyiladi. Ekotop o‘z navbatida klimatop (atmosfera ) va edafatop (tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Biogeotscnozlar har hil o‘lchamda ya'ni kichik va katta maydonda bo‘lishi mumkin. Botqoqlikdagi do‘nglik, o‘rmondagi tunka, biror hayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga misol bo‘lsa, o‘rmon, dasht. cho‘l. o‘tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozga misol bo‘la oladi.
ATensli ta'rificha - ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddadlar va energiya almashinuviga ega bo‘lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimi hisoblanadi. Demak. ekotizim-mikroorganizmlarga ega bo‘lgan bir tomchi suv. o‘rmon, tuvakdagi o‘simlik, kosmik kema. biosfera va hokazolar.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kcngroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday
biogeotsenoz o‘z navbatida ekotizim bo‘Ia oladi. ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb
bo‘lmaydi. ,

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin