1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


-asosiy savol bo‘yicha o‘qutiuvchining maqsadi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə40/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

2-asosiy savol bo‘yicha o‘qutiuvchining maqsadi:
Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar haqida to‘liq tushuncha hosil qildirish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 2.1.Moddalar aylanishini ta'minlashda ishtirok etuvchi uchta ekologik guruhlarni farqlaydi va ulaming rolini biladi.
2-asosiy savolning bayoni.
Ekotizimlarda moddalar ayianishini taminlash uchun ma'lum miqdorda zarur anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo‘lishi kerak.
Bular: produtsent - hosil qiluvchilar konsumentlar - iste"mol qiluvchilar redutsentlar -parchalovchilar.
LProdutsentlar - yashil o‘simliklar bo‘lib, ular quruqlikdagi har qanday biotsenozniznzg asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to‘plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moddalami sintez qilib. yorug‘Iik energiyasini bog‘langan kimyoviy energiya sifatida to‘playdi.
2.Konsumentlar- bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste'mol qiluvchilar hisoblanadi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtscntlar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlaming ko‘pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar. qushlar, sut cmizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o‘txo‘r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va qoramollar kiradi.
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo‘r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar blishi mumkin. Shuningdek, o‘laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo‘lishi mumkin.
Zamburug‘lar biotsenozda turlicha rol o‘ynaydi. Ular orasida o‘simlik va hayvonlarda tekinxo‘r holda yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalami mineral moddalarga parchalovchilar bo‘lib, ular redutsentlar deyiladi. Ammo shu bilan birga ko‘pchilik zamburug‘laming meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo‘lishi ham mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi.
Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalami mineral moddalarga parchalab beradi.
Demak, yuqorida aytib o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin chegara qo‘yib bo‘Imaydi, chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‘lar. tekinxo‘r o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi mumkin.
61
Epifitlar, asosan produtsentlar hisoblansa ham, oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po‘stlog‘idagi parchalangan o‘simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya'ni bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi.
3.Redutscntlar.o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi zida energiya saqlaydi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya'ni saprofit holda yashovchi bakteriya va zamburug‘lar ta'sirida parchalanadi. Bunday organizmlar redutsent deb ataladi.
Saprofitlar o‘zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta bakteriyalar va zamburug‘lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‘ladi. Parchalanish tezligi ham har -xil bo‘lishi mumkin. Hayvon jasadi, ahlatlari bir necha haftalar talab etsa. qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin.
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog‘lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
Avtotroflar (asosan yashil o‘simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi).
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‘, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi).
3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Mahsuldorlik, trofik darajalar, ozuqa zanjiri nima va uning xillari haqida ma"lumot berish. Ekotizimlaming biologik mahsuldorligi mohiyatini ochib berish. Ekologik piramidani tushuntirish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin