5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Atmosfera - tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, tirik organizmlaming yashashi uchun juda ham zarurdir. Chunki organizm, xususan inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin. lekin u havosiz faqat 5 minut yashaydi xolos. Demak, yerda hayotning mavjudligi, ayniqsa inson yashashi toza havoga bog‘liq ekan. Inson bir sutkada 1 kg ovqat, 2 1 suv iste'mol qilsa, nafas organlari orqali 25 kg havoni yutadi. Shuning uchun havo ifloslansa, har bir organizmning fiziologik holati ham o‘zgaradi.
Toza havo - o‘simlik, hayvonlar, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ham zarurdir, yana antibiotiklar, yarim o‘tkazgichlar, aniq ulchagich asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham toza havo kerak.
Atmosferaning ifloslanishi - faqat sayyoramizdagi tirik mavjudotlarning, inson salomatligiga salbiy ta'sir etib qolmay, balki xalq xo‘jaligiga hani juda katta zarar yetkazadi. Shu sababli ham bugungi kunda eng muhim masalalardan biri - atmosfera havosini toza saqlashdir.
Atmosfera haqidagi ma'lumotlar «tabiatni muhofaza qilishning ekologik prinsiplari» mavzusidagi yanada batafsil yoritiladi.
Atmosferaning o‘rta hisobda 15 km balandlikgacha bo‘lgan pastki qatlami - troposfera deyiladi. (grekcha «trope» - o‘zgarish) degani. Troposferadagi havoda mualliq holdagi suv bug‘lari bo‘ladi va yer yuzasining notekis isishidan ular ko‘chib yuradi.
Troposfera ustida balandligi 100 km ga yetadigan stratosfer bor Strosferada 20-22 km balandlikda erkin 02 qo‘yosh nuri ta'sirida ozonga aylanadi. ( Cb -O3). Ozon tirik organizmlar uchun halokatli bo‘lgan quyshning ultrabinafsha nurlarini qaytaradigan - yupqa ozon qatlamini. ozon ekranini hosil qiladi. mana shu ozon qatlamidan ham yuqoriga ko‘tariladigan hamma tiriklikni saqlab qolmasdan -^volyutsiya taraqqiyotini ham ta'minlab turadi.
Atmosfera -juda ko‘p xilma-xil tirik organizmlar bilan to‘yingan bo‘lib, ular havoda aktiv yoki passiv harakatda bo‘ladi. Bakteriya va zamburug‘laming sporalari 20-22 km. balandlikda uchraydi, asosiy qismi 1-1,5 km balandlikda tarqalgan.
Litosferaning yuzasi, atmosferaning yerga yaqin qatlami, chuqur bo‘lmagan suvlar hamda gidrosferaning yuzada qatlamida tirikmoddalarning to‘planishini Vernadskiy «Hayot pardasi» deb ataydi. (tirik moddalar qatlami).
Umuman, biosfera - murakkab tizim bo‘lib, o‘lik va tirik tabiatni o‘z ichiga olgan murakkab komponentlardan iboratdir. Bunda doim modda va energiya almashinuvi sikllari boradi.
2-asosiy savol bo‘yieha o‘qituvchining maqsadi:
Tabiatdagi tirik va o‘lik moddalar. bioko va biogen moddalar haqida fikr yuntish, tushuncha hosil qildirish. Biosferada moddalaming aylanishi hamda tirik moddalarmng asosiy funksiyalari haqida ma'lumot berish.