1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Mavzu; Biosfera haqida ta'limot (2-soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə46/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Mavzu; Biosfera haqida ta'limot (2-soat)
Asosiy savollar: 1. Biosfera haqida tushuncha. Biosfcra haqida hozirgi zamon ilmiy qarashlarining
shakllanishida V.I.V'ernadskiyning roli. Biosfcra qatlamlari. 2. Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalarning aylanishi. 3. Niosfcra. Biosfera va inson faoliyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Biosfera, atmosfera, litosfera, ozon qatlami. biokos, biogen, o‘lik va tirik moddalar, moddalaming kichik va katta doiradagi aylanishi, noosfera. 1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Talabalarga biosfera haqida tushuncha berish. VTVernadskiyning «Biosfera ta'limoti» haqida va uning buyuk olim ekanligini talabalar ongiga yetkazish. Biosfera qatlamlari haqida ma'lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1. Biosfera - hayot shari ekanligini asoslab beradi.
1.2. «Biosfera ta'limoti» ahamiyatini izohlab bera oladi.
1.3. Biosfera qatlamlarini biladi. Farqlarini anglab yetadi.
1.4. Ozon qavati - evolyutsiya taraqqiyotini ta'minlashini anglaydi.
1-asosiy savolning bayoni.
Yerning tirik organizmlar tarqalgan va uning hayot faoliyati ro‘y beradigan joy yoki qobiq -biosfera deyiladi. «Biosfera» grekcha so‘z bo‘lib —«bios» - hayot, «sfera»-shar degan ma'noni bcradi. Bu termin 1875 yilda paydo bo‘lib, uni birinchi marta avstraliyalik geolog E.Zyuss - tirik organizmlar yashaydigan yer qobig‘ini belgilash maqsadida qo‘llagan.
Biosfera talimotining asoschisi akademik Vladimir Ivanovich Vernadskiy hisoblanadi V1863-1945).
\ Buyuk olim VXVemadskiy kuchli qobiliyat egasi bo‘lib, o‘ziga maMum bo‘lgan bilimining
rivojlanishini 10 yillab oldindan ko‘ra bilgan. Uning ishlari XX asming ikkinchi yarmida yuksak baholanadi, ya'ni ekotizim konsepsiyasi paydo bo‘lgandan keyin, 30-yillardayoq u inson tomonidan yaqin kelajakda yadro energiyasi zahiralaridan hamda koinotning o‘zlashtirilishini oldindan aytib bergan. U mineralogiya, geoximiya, biogeoximiya. radiogeologiya fanlarini yaxshi bilgan.
VTVernadskiy ijodining cho‘qqisi bo‘lib, 1926 yilda «Yerning biosfera ta'limoti» ni yaratilishi hisoblanadi. Shu yili uning Sankt-Peterburgda, 3 yildan keyin Parijda, keyinroq, Berlinda «Biosfera v kosmose», «Oblast jizni» kabi ocherklari bitta umumiy nom bilan «Biosfera» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu ocherklar o‘zining doizarbligini hali ham yo‘qotmagan.
U ilmiy ishlari bilanbir qatorda katta jamoat ishlarini olib borgan. U Ukraina Fanlar Akademiyasini tashkil qilganva uning birinchi prezidenti bo‘lgan.
Uning taklifi bilan Geografiya instituti,. Mineralogiyaya va Geoximiya institutlari tashkil qilingan. Doimiy muzliklarni o‘rganish komissiyasini tashkil qilishni ham birinchi bo‘lib taklif qilgan inson hisoblanadi.
Yeming tirik organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.l,Vernadskiy - biosfera deb atagan. Bunda u uchta asosiy komponentlami ajratadi: tirik organizmlar, mineral moddalar - biogen moddalaming aylanma harakatida ishtirok etuvchilar: tirik moddalarning hayot faoliyati mahsulotlari - ular vaqtincha biogen aylanmada ishtirok etmaydigan.
Vernadskiy taMimotiga asosan - biosferada tink moda va yashash muhiti bir-biriga bog‘liq bo‘lib bir-biriga ta'sir qilib, bir butun dinamik tizimni hosil qiladi.
Planctamizning taraqqiyot tarixida va hozirgi hayotida biosferaning roli katta, chunki yer -geografik qobig‘i taraqqiyotida biokimyoviy. geokimyoviy jarayonlarning ro‘y berishida «tirik organizmlar» ning ishtirokida juda ham muhimdir. Organizmlar - tog‘ jinslarining nurashida, tuproq hosil bo‘lishida, relef shakllarini o‘zgartirishda, qazilma boyliklarining paydo bo‘lishida va hokazo ishtirok etadi.
Biosfera sayyoramizdagi «hayot qobig‘i» hisoblanib, tirik organizmlaming o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini tashkil qiladi.
b<>
V.I,Vemadskiy tushunchasiga ko"ra biosferaga hozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosferaning qismi ham kiradi.
Biosfera tarkibiga tirik organizmlar va ularning yashash joylari kirda. Bunda organizmlar o‘rtasida murakkab o‘zaro bog‘lanishlar mayjud bo‘Iib. bir butun organik harakatdagi tizimni tashkil etadi. Biosfera atmosferaning quyi qismi. gidrosferani va litosferaning yuqori qatlamlarini o‘z ichiga oladi.
Yer sharining tashqi qattiq qobig‘i - litosfera deb ataladi («litos» - grekcha tosh degan ma'noni beradi)
Gidrosfera - yeming suvli, stiyuq qobig‘i (okean, dengiz, ko‘l va daryolar, muz va botqoqlik va 5 km gacha chuqurlikda bo‘lgan yer osti suvlari kiradi). Lito va gidrosfera ustida 100 km balandlikgacha atmosfera davom etadi. Atmosfera - yer kurrasini o‘rab olgan havo qoplami. Agar atmosfera bo‘lmasa, unda yer yuzasi kechqurun -100*S ga sovub, kunduzi 100*C ga isib ketadi. Yerning himoya qoplami ham hisoblanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin