Atmosferaning tarkibi va ifloslanishi. Atmosfera havosi - har gal gazlarning mexanik aralashmasidan iborat bo‘lib ( yer yuzasiga yaqinida). asosan azot (78,09%), kislorod (20,95%), argon(0.93%) va karbonat angidrididan (0,03%) iborat. Atmosfera tarkibida yana- geliy, neon, ksenon, kripton. vodorod, azon. ammiak. yod va boshqalar bo‘lib. ular butun atmosfera tarkibining 0,01% ni tashkil qiladi, xolos. Bundan tashqan havoda doim 3-4% suv bug‘lari, chang zarrachalari bo‘ladi.
Ycming sun'iy yo‘ldoshlari, raketalar va kosmonavtlarning malumotiga qaraganda -atmosferaning 100 km gacha baland qismida ham uning tarkibi yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir.
1000-1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan;
undan yuqorida -2500 km gacha bo‘lgan qismida geliy gazi;
2500 km dan yuqorida esa eng yengil gaz - vodoroddan iborat.
Atmosferaning ifloslanishi deganda-uning tarkibidagi tabiiy holda mavjud bo‘lgan gazlar muvozanatining tabiiy va sun'iy omillar natijasida vujudga kelgan har hil gazlar, qattiq zarrachalar, changlar, radioaktiv changlar, suv bug‘lari va boshqalar ta'sirida buzilishini hamda sifatining o‘zgarishini tushunamiz.
Atmosferada gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi. kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko‘ra bir-birdan farq qiluvchi mayda zarrachalar - aerozollar (tutun, chang, to‘zon va b.) mavjud.
Agregat holatiga ko‘ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bo‘lish mumkin: qattiq. suyuq. gazsimon va aralash birikmalar.
Atmosferaning tabiiy ifloslanishida-kosmikchanglar, vulqonlarning otilishidan vujudga kelgan moddalar. tog‘ jinslari va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o‘simlik va hayovnlaming qoldiqlari. o‘rmon va dashtlardagi yong‘indan. dengigz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqgan tuz zarrachalari muhim rol o‘ynaydi.
Koinotdan har yili 10 t chang atmosferaga tushadi. ICuchli vulqon otilganda atrof-muhitga 75 mln. m chang chiqadi. Dengiz suvi mayjlanganda havoga ko‘plab tuz zarrachalari ajralib chiqadi. Buiardan tashqari havoga nurash tufayli shamollar hamda yong‘in natijasida chang, qum va boshqa qattiq zarrachalar. o‘simlik changlari kelib qo‘shiladi.
Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar yer yuzasida sodir bo‘ladigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bug‘lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog‘inlari vujudga keltiradi, quyoshning to‘g‘ri radiatsiyasini yutib, yer yuzasidagi organizmlami ortiqcha nurlanishdan saqlaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, atmosferadagi tabiiy changlar ma'lum darajada bo‘lsa, atmosfera tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, undagi hodisa va jarayonlaming borishini tartibga solib turadi. Lekin ayrim hollarda vulqonlarning otilishi. kuchli chang-to‘zonlarning ko‘tarilishi tufayli havo me"yoridan ortiq ifloslanib, halokatlarga sabab bo‘lishi mumkin.