5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Insonning tabiatga bilvosita ta'siri - bevosita ta'sirning salbiy oqibatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: yangi yerlaming o‘zlashtirilishi ham o‘simlik va hayvonlaming qirilishiga olib keladi. Tashlandiq yerlami, o‘rmonlami tiklash, ko‘kalamzorlashtirish. o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish insonning tabiatni ijobiy ta'siriga kiradi. Har qanday ijobiy ta"sirning ham salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin.
Jamiyat hayotini yashash vositasi bo‘lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiiy resurs deganda - insonning hayoti, ho‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy jismlar, hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Resurs degani - frans. «yashash vositasi» degan ma'noni bcradi. (jadval-3).
Tabiiy resurslar xarakteristikasini bilish ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Suv va havo sifat jihatdan tugaydigan resurs hisoblanadi. o‘simlik va hayvonlarni faqatgina maTum populyatsiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Yer osti qazilmalarining tiklanmasligini hisobga olib. ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Ulardan ko‘plab foydalanish tufayli zahira kamayadi, tugaydi. Ularni qayta tiklab bo‘lmaydi. Chunki yer osti boyhklari million yillarda, yaTii geologik davrdagina, juda sekin, astalik bilan tiklanadi. Shuning uchun ularni qazib olishda, tashish va ishlatishda isrofgarchilikka. atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kcrak.
Jadval-3 Tabiiy resurslar tasnifi
Dunyo okeani resurslari, atmosfera havosi, Antraktida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko‘chib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslari hisoblanadi. Ulardan foydalanish. muhofaza qilish faqatgina xalqaro kelishuvlar yordamida. turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin bu muammoga alohida eTibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. 1864 yili AQShda J.Marshning «Inson va tabiat» kitobi bosilib chiqdi. Unda tabiatni muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berildi. 1910 yili Shveysariyada Yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzildi. 1913 yili Bernda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha birinchi Xalqaro kengash chaqirildi. 1948 yili tabiatm muhofaza qilish harakatlari XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. o‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920 yildan boshlangan.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabat turlicha bo‘lgan. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida inson bilan tabiatning o‘zaro munosabati ibtidoiy ahvolda edi. Ibtidoiy odam o‘zi uchun kerakli narsani tabiatdan olar ekan, buning oqibati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmas edi. Chunki, ibtidoiy odamlar soni jihatidan juda oz bo‘lib tabiatga deyarli qaram bo‘lgan. Kishilar bu davrda tabiatm emas, balkir tabiat kishilarni o‘ziga bo‘ysundirgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar o‘zi foydalanadigan tabiiy resurslarning holatiga maTum darajada o‘tibor berib, iste'mol qiladigan o‘simliklarni va ov qiladigan hayvonlarni himoyaga ola boshlaganlar. Bu davrga kelib aholi soni ko‘payib, ishlab chiqarish qurollari takomillashib. o‘q-yoy, murakkabroq baliq ovlash asboblari yaratildi. MaTum bir joylarda
76 hayvonlarni ovlash, foydali o‘simlik-urug‘larini ko‘plab terib olish man etila boshlandi. Foydali hayvonlarni ko‘plab qirib tashlagan kishilar bu tuzumda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Noyob va qimmatli o‘simlik hamda hayvonlar mavjud bo‘lgan yerlar «muqaddas joy» deb e'lon qilingan va u yerlarda ov qilish, o‘simliklaming mevasi va urug"ini terish man etilgan. Bu tadbir-choralar esa tabiatni muhofaza qilish tarixining boshlanishi bo‘lgan.
Quldorlik jamiyati - xususiy mulkchilikga asoslangan jamiyat bo‘lib, insonning tabiatga ko‘rsatgan ta'siri ancha kuchayib borgan. Yirik quldorlar qullar kuchidan foydalanib. katta territoriyalami haydab. tabiiy o‘simlik va hayvonlami yo‘q qilib, ekin dalalariga aylantirganlar. Bunga o‘rta Osiyoda. Misrda, Xitoy va hindistonda yerlarni haydab, sug‘orib dehqonchilik qilgan quldorchilik davlatlari misol bo‘ladi. Quldorlik tuzumida yerlardan oqilona foydalanish to‘g‘risida o‘ylanmaslik sababli, tuproqning tabiiy holati yomonlashib borgan.
Quldorlik jamiyati davrida ba'zi davlatlarda yog‘och-taxtalarga talab juda ko‘p bo‘lgan. shu sababli. o‘rmonlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni qo‘riqlash sohasida choralar ko‘rila boshlangan. Bunga misol qilib, Vavilon davlatining bundan 4 ming yil oldin o‘rmonlami muhofaza qilish sohasida choralar ko‘rilganligi, bu choralarni buzgan, kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o‘limga mahkum qilinganini aytish mumkin. Hattoki Misrda quldorlik jamiyatida «o‘liklar daftari» tashkil etilgan. Bu daftarda tabiat muhofazasi sohasida juda qiziqarli savollar yozilgan. Unda o‘lgan kishiga oxiralda quyidagi savol-javoblar berilishi yozilgan: «Men ulaming yaylovlaridagi hayvonlami o‘ldirganim yo‘q, hayvonlami tangri yerlaridan haydab chiqarganim yo‘q. Men baliq tutganim yo‘q».
Bundan ko‘rinib turibdiki. Qadimgi Misrda hayvonlami o‘ldirish, o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanish. me"yoridan ortiqcha baliq tutish zararli va gunoh hjsobfangan.
Feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish ktfclilari rivojlanadi. Natijada juda katla territoriyalarda o‘tloq va o‘mionlar yo‘q qilinib, dehqonchilik uchun foydalaniladi. Ayniqsa. rivojlangan arbiy Yevropadagi davlatlar dcngizda suzish, yangi yerlami zabt etish uchun ko‘plab kemalar qurdi va ma"danlarni eritish uchun ko‘plab o‘rmonlami kcsishgan. o‘sha davrda bir kemani qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kesilgan. Ispaniyaning «Yengilmas Armada» harbiy kemasini qurish uchun yarim million dub kesilgan. Natijada Ispaniyada hanuzgacha o‘sha qirqilgan o‘rmonlar tiklangani yo‘q. Feodalizm davrida ko‘plab o‘rmonlarning qirqilishi oqibatida tuproq eroziyasi kuchaygan, daryo suv rejimi o‘zgargan. qimmatli hayvonlar (shimol bug‘isi, sayg‘oq kabilar) kamayib keta boshlagan. Bu davrga kelib Yer kurrasi tabiatida buzilish yuz bera boshlagan.
Tabiatda ro‘y bergan salbiy o‘zgarishlar bilan birga feodalizm davrida ham tabiatni muhofaza qilish choralari ko‘rilgan. Bundan 1000 yil oldin Buxoro yaqinida alrofi baland devorlar bilan o‘ralgan Shamsobod qo‘riqxonasi takshil etilgan bo‘lib, uning ichida bug"u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligini tarixchi geograf Narshaxiy yozib qoldirgan.
K.apitalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi ta'sir juda ham kuchayib ketdi. Chunki ishlab chiqarish vositalari xususiy mulkchilikka asoslangan, o‘zaro raqobatlar mavjud bo‘Igan, ho‘jaligi notekis rivojlanayotgan kapitalislik jamiyatda tabiiy resurslardan rejasiz foydalanildi. Yevropada va Shimoliy Amerikadagi katta territoriyalarda o‘rmonlar kesilib, shimol va suv eroziyasi kuchayib, hosildor yerlar qishloq xo‘jalik oborotiga yaroqsiz bo‘lib qolgan.
XX asr boshlariga kelib. yer kurrasidagi suv havzalari, atmosfera havosi, tuproqlar, sanoat, transport. maishiy-kommunal, qishloq xo‘jaligi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi juda ham kuchayib ketdi. Bular o‘z navbatida sayyoramiz biologik resurslarining holatiga va ayniqsa kishilar salomatligisa ziyon yetkazmoqda. Shu sababli jahon mamlakatlarida ham tabiiy muhitni toza saqlash, uni muhofaza qilish masalasi keng tus olmoqda.
Atrof-muhit regional ifloslanishdan global masshtabdagi ifloslanishga aylanib ketdi va geografik muhitda energetika balansining, ekologik sharoitning va moddalar almashinuvining buzilishi uchun xavf tug‘ildi.
o‘tgan asming 50-yillaridan boshlab fan - texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga tVsiri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi.
Tabiiy resurslaming mislsiz o‘zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalari sonining ko‘payishi atrof - muhitning kuchli ifloslanishi muammosini keltirib chiqardi.
77 Hozirgi kunda insoniyatning ehtiyojlari uchun yer ostidan 120 milliard t.dan ortiq foydali qazilmalar olinadi. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yiliga 4000 ktrr' dan ortiq suv ishlatiladi, yonish jarayonida 15 miliard t. kislorod sarf bo‘ladi. YuNEP (1195 y) maMumotlariga ko‘ra. har sekundda atmosferaga 200 tonnadan ortiq SO2 gazi chiqarilmoqda va 750 funumdor tuproq qatlami o‘qotilmoqda; har kuni 47 ming ga o‘rmon buziladi. 346 ming ga yerlar cho‘lga aylanadi; taxminan 100-300 turo‘simlikyo‘qolyapti.
Tabiatga ta'sirning kuchayishi aholi sonining keskin oshishi bilan ham bevosita bog‘langan. Yer yuzida XX asr boshida 1 milliard 600 mln. kishi yashagashn bo‘lsa, 1960 yilda ularning soni 3 milliard. Ga yetgan va XXI asr bo‘sag‘asida aholi soni 5,7 milliard. Kishidan ortgan.
Ekologik inqirozning oldini oiish- tabiiy resurslardan ununili foydalanish atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash va demografik muammolarni hal qilish bilan bevosita bog‘liqdir.
Fan - texnika revolyutsiyasi urbanizatsiya jarayonining jadallashuviga olib keldi, Urbanizatsiya- deganda shaharlar salmog‘ining ortishi, shahar turmush tarzining keng yoyilishi tushuniladi. Hozirda yer yuzi aholisining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashamoqda.
Aholi, sanoat va transport zich joylashgan shaharlar biosfera ifloslanishining asosiy manbalari hisoblanadi. Yirik shaharlami xuddi harakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Ular har kuni atrof - muhitga minglab tonna zararli birikmalar, iflos oqovalar, qattiq chiqindilar, issiqlik chiqarib turadi. Shaharlarda aholining kasallanish darajasi ham yuqori hisoblanadi.
o‘zbekistonda aholining 40% - shaharlarda yashaydi.
Inson kundalik hayot ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatni o‘zgartiradi va undan foydalanadi. Tabiatni foydalanish muhim siyosiy va iqtisodiy muammo his'hoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish, muhitning ifloslanishi - davlatlararo kelishmovchilik, hatto urush harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Tabiatdan foydalanish talablarining buzilishi katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda.
Bizda ham tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga kelib qolgan. Yer osti boyliklarining isrofgarchilik bilan o‘zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Cho‘lga aylanish, sho‘r bosish, jarayonlari tezlashgan. Orol dengizi, Orol bo‘yi muammolari yana ko‘plab ekologik jumboqiarni kcltirib chiqarmoqda.
o‘zbekistonda turli xastaliklaming ko‘payishi va atrof-muhitning ifloslanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanishlar kuzatilmoqda.