1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə49/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Produtscntlarsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular birlamchi mahsuldorlikni keltirib chiqaradi.
Konsumentlarning turli darajadagi tartiblari birinchi va ikkilamchi mahsuloni iste'mol qilgan holda organik moddalarni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazadi.
Ular shu bilan yerda hayotning xilma - xilligini keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida turlaming evolyutsiyasiga olib keladi.
Redtitsentlar csa organik moddalarni mineral moddalarga parchalab. sayyoramizda o‘lik qoldiqlardan iborat bo‘lgan katta «mozor» ning kelib chiqishiga imkon bermaydi.
Quyosh yer yuzasiga tushadigan asosiy birdan-bir energiya manbaidir. Quyoshdagi energiya manbai uzluksizdir. Bu chiziqli, ochiq jarayon - biosferadagi biotik moddalaming aylanishi - yopiq jarayon uchun kerakli sharoitdir.
Moddalarning biotik aylanishi yopiq tizim shaklida, milliard yil davomida taraqqiyot jarayonida shakllangan. U quyidagicha ko‘rinadi: yashil o‘simlik quyosh energiyasidan foydalangan holda, tirik moddalaming birlamchi mahsulotini hosil qiladi. S02 ni o‘zlashtirib, O2 ni ajratadi. 0"lik hayvon va o‘simliklarni hashorotlar, zamburug‘lar, bakteriya va boshqalar qayta ishlab, ularni parchalaydi, mineral yoki oddiy organik birikmalarga aylantiradi, bu esa tuproqga tushib, uni yana o‘simlik o‘zlashtiradi, Bu jarayonning to‘xtovsizligi, yopiqligini-oxirgi mahsulotlarning parchalanishi va tarqalishini ta'minlaydi. Busiz yerda hayot to‘xtashi mumkin edi.
Demak, yorug‘lik ta'sirida boradigan yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida organik modda to‘planadi. Fotosintezning foydali ish ko‘rsatgichi juda past bo‘lib, yer yuziga tushadigan quysh nurining faqat 1% dan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshko‘mir, neft. torf va b) qtiyosh energiyasi to‘plangan holda uzoq vaqtlar davomida saqlanib kelmoqda. Ba'zi bir organizmlar organik modda hosil qilishi uchun moddalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi.
Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Moddalarning kichik doirada (biologik) va katta (geologik) doirada aylanishlari ajratiladi.
K.ichik doirada aylanish - organizmlar o‘ratasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o‘rtasida, gidrosfera esa organizm bilan suv o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Katta doiradagi aylanish - quruqlik bilan dunyo okeanlari o‘rtasida boradigan jarayondir.
Kichik doirada modda aylanishi quruqlikdagi o‘simliklar gazsimon moddalar va suvda erigan mineral tuzlarning yutilishidan iborat. Bunda, birinchi navbatda, karbonat angidriddan organik moddalarning hosil bo‘lishi tushuniladi. Nafas olish natijasida esa karbonat angidridning bir qismi troposferaga qaytarib chiqariladi. Organik moddalarning ko‘pchilik qismi har hil darajadagi konsumentlar va redutsentlar tanasidan o‘tib, qayta ishlanib parchalanadi va minerallashadi. Ular qayta tuproq, suv yoki havoga qo‘shiladi.
Gidrosfcraning o‘zida ham moddalarning kichik doirada aylanishi kuzatiladi. Bunda suvda erigan tuzlar va gazlar qatnashadi. Suv muhitidagi moddalarning ayianishida avtotrof hisoblangan suv o‘tlari muhim rol o‘ynaydi. Okeandagi biologik moddalar aylanishida o‘simlik va hayvonlar qoldiqlari (parchalangan va minerallashgan qismi) suvda erigan holda zaxira moddalar sifatida qatnashadi. ulaming bir qismi okean tubida yotqiziqlar hosil qiladi.
Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining quruqlikga qayta chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida quruqlik ayrim joyiarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi. Yerda moddalaming aylanishi ayrim kimyoviy moddalaming aylanishidan tashkil topadi. Planetamizda tirik moddalarning 5 ta asosiy funksiyasi ajratiladi:
LEnergetik 2.Gaz almashinuvi 3.Jamg‘arish 4.0ksidlanish - qaytarilish 5.Destruktiv(parchalovchi) (organik moddalarning parchalanishi).
LEnergetik funksiyasi asosida yashil ohsimliklarning fotosintez jarayoni yotadi. Quyosh energiyasining akkumilyatsiya qilinishi va uning biosfcra ayrim komponentlarida qayta taqsimlanishi boradi. Quyosh energiyasining to‘planishi natijasida yerda hamma hayotiy holatlar sodirbo‘ladi.
2.Bu fotosintez funksiyasi va nafas olish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi. Gazlarning ko‘chib yurishini ta"minlaydi. Biosferaning gaz tarkibini ta"minlaydi. Tirik organizmlaming funksiyasi jarayonida asosiy gazlar hosil bo‘ladi: azot, kislorod, karbonat angidrid, metan va boshqalar.
3Bu funksiyasi atrof - muhitda biogen elementlarning tirik organizmlar tomonidan to‘planishida ko‘rinadi. Masalan: o‘simliklar fotosintez jarayonida kimyoviy elementlarni tuproqdan kaliy, fosfor. azot. vodorod va boshqalarni, havodan esa uglerod olib, hujayraning
organik moddalari tarkibiga kiritadi. Jamg‘arish funksiyalari tufayli tirik organizmlar ko‘p miqdorda cho‘kmajinslarini masalan. bur, ohak kabi jinslarni hosil qiladi.
Vodorod, uglerod, azot. kislorod, natriy, magniy, alyuminiy, kremniy, xlor, kaliy, kalsiylarning konsentratsiyasi tink organizmlarning tanasida tashqi muhitga qaraganda yuzlagan, minglagan marta yuqori bo‘ladi.
4.Bu funksiyasi natijasida o‘zgaruvchan valentlikga ega bo‘lga ko‘pchilik kimyoviy elementlarning temir, oltingugurt, margenes, azot va boshqalaming aylanishi yotadi. Masalan: tuproqdagi xemosintezlovchi bakteriyalar ana shu jarayonlarni amalga oshiradi. Buning natijasida N2S temir rudasining ba'zi bir turlari, har hil azot oksidlari hosil bo‘ladi. Bunda yer yuzasida oksidlanish-qaytarilishning biogen jarayonlari ustunlik qiladi. \
5.Bunda organizmlaraing nobud bo‘lishidan keyingi parcnataiisjijarayonlari bitan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida organik moddalaming minerallashuvi sodir bo‘ladi hamda biosferaning biogen va biokos moddaiari hosil bo‘ladi.
3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Noosfera haqida tushuncha berish. Biosferada'odamning roli nimadan iborat ekanligini bayon etish.
klentiv o‘quv maqsadlari: 3.1 .Noosfera ~ aql - idrok ta'siridagi makon ekanligini anglab yetadi. 3.2.0damning biosferadagi roli nimadan iborat ekanligini yoritib bera oladi.
3-asosiy savolning bayoni.
Noosfera(yunoncha «noos» -idrok degani)-fikrlovchi qobiq degan lug‘aviy ma'noni beradi.
Insoniyat jamiyati o‘zining xususiyatlari bilan birga yer yuzidagi hayot rivojlanishining navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida sayyoramizni o‘zgartirib yubormoqda.
Biosfera o‘zining keyingi taraqqiyotida n oosferaga o‘tadi. U biosferaning eng yuqori taraqqiyot bosqichi bo‘lib, odam va tabiat o‘rtasidagi munosabatda asosiy kuch-aql-idrok hisoblandi. Odamning aqliy faoliyati taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi.
V.I.Vernadskiy tasdiqlashicha-noosfera planetamizda yangi geologik hodisa hisoblanadi. Odam tirik geologik kuchdir. Uning fikricha. noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo‘lib, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ongli aloqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Biosferani - insonning o‘zi evolyutsion yo‘l bilan vujudga kelgan vaqtdagidek va biologik tur sifatida yashab bora oladigan hamda o‘z sog‘ligini ehtiyotlab, mustahkamlab, xo‘jaligini yurita oldigan hoida saqlab qolishga harakat qilishi kerak. Bu shartlar tabiatni qayta o‘zgarlirishga barham beradi.
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va inson uchun hayot kechirish. uning moddiy, ma"naviy ehtiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas bir qismi hisoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan o‘zining aql -zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi.
Odamning biosferadagi roli nimadan iborath
Inson dastlabki vaqtlarda biosferaning tuzilmasiga ta"sir etmasdan, ibtidoiy hayot kechirgan. Uning turli qurollar va olovdan foydalanishi, yovvoyi hayvonlami qo‘lga o‘rgatishi. o‘simliklarni madaniylashtirishi kabilarni ovqat mahsulotlarining ko‘payishiga, aholi sonining ortishiga sabab bo‘ldi, bu esa albatta insonning biosferaga bo‘lgan tasinni kuchaytiradi.
Insonlarning biosferaga ta'sirini shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
lo‘rmonlarni kesish. yangi yerlami o‘zlashtirish birinchi navbatda suv rejimiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Natijada daryolar sayozlashadi. botqoqlanish, o‘t bosish. baliqlar sonining kamayishi kuzatiladi. Yer osti suvlar zaxirasi kamayadi, qor va yomg‘ir suvlari tuproqqa singmay uning yuza qismini yuvib ketadi. Suv va shamol eroziyasi birgalikda tuproqqa yanada kuchli ta'sir etadi.
2.ikkinchi muhim omil sug‘orish ishlaridir. Sug‘orish ishlari unumsiz yerlami unumdor yerlarga aylanishiga imkon berish bilan birga, yer osti suvlari sathining ko‘tarilishiga, tuproqning sho‘rlanishiga, ba"zi joylarning botqoqlanishi va suv bosishiga oiib kelishi mumkin. Sug‘oriladigan yerlaming kengayishi - daryo suvlarining qurib qolishiga ham sababchi bo‘ladi.
3.Kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish. Bu bilan hosildorlikni bir necha marta oshirish mumkin. Shu bilan birga ichimlik suvlarining sifatining yomonlashuvi, nitrat va nitritlarning suvda to‘planishi natijasida xavfli bo‘lgan konserogen modda- nitrozaminlar osil bo‘lmoqda. Suv havzalarida fosforli o‘g‘itlarning bo‘lishi azot va kaliy miqdorini cheklaydi, shu bilan birga fitoplanktonlarning ko‘payib ketishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘k-yashil suv o‘tlarining havodagi azotni o‘zlashtirish xususiyati bo‘lgani uchun tez ko‘payib suvda erigan 02 ni o‘zlashtiradi. Suv yuzasida «gullash» hodisasi kuzatiladi va baliqlarning yalpisiga qirilib ketishini, ko‘lning asta-sekin botqoqlanishiga olib keladi.
4.Insonning biosferaga ko‘rsatadigan kuchli ta'sirlaridan biri o‘simliklar kasalliklari. zararkunanda hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi kurashda foydalanadigan kimyoviy kurash vositasidir.
Albatta qishloq xo‘jaligida gerbitsidlar, defoliantlami qo"llash natijasida oziq mahsulotlari ishlab chiqarish ortadi. Ammo DDT (dixlordefiniltrixloretan) va boshqa xlor - va fosfororganik birikmalar ko‘pchilik hayvonlar, hattoki inson sog‘ligi uchun ham havflidir. Bu zaharli moddalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi va to‘planadi.
Insonlar bugungi kunda qishloq xo‘jalik sohasida zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishdan hali ham voz kecha olmayapti. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish endigina amalda qo‘llaniimoqda.
Yuqorida ta'kidlanganlar faqat inson ozuqa bilan ta'minlanishi bian bog‘liq bo‘lgan ravishda biosferaga ko‘rsatayotgan ta'sirining dalillaridir.
Atom energiyasi va sanoatning rivojlanishi bian birga radioaktiv chiqindilaming to‘planishi jiddiy muammo hisoblanadi.
Yirik shaharlaming paydo bo‘lishi, o‘rbanizatsiya jarayonining kuchayishi. turar joylar qurilishlari, sanoat korxonalarining katta maydonlami egallashi tabiiy biogeotsenozlaming qisqarishiga olib kelmoqda.
Umuman, inson biosfera resurslaridan maksimal foydalanish uchun harakat qilmoqda. biz shuni doimo yodda tutishimiz kerakki. Tabiat qonunlarini oyoq osti qilolmaymiz, inson o‘zini tabiatning tarkibiy qismi sifatida hisoblashi zarur.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin