5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Kislotali yomg‘irlar keyingi 10-15 yil ichida ayrini davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qushoksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi.
So‘nggi yillarda AQSh, kanada, Germaniya. Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta'sirida ka*tta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘ligiga zarar yetkazadi. Kislotali yomg‘irlarning uzoq masofaga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman -smog insonlar sog‘ligiga ta salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo‘lgan. Keyitngi yillarda dunyoning turli yirik shaharlarida London tipidagi,-J.._osrArjjetestipidagi smoglar qayd qilingan.
Fotoximik smog-deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta"sirida rcaksiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilish tushuniladi. Masalan: formaldegid.
Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezblik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. aks holda Amerika olimi. meteorolog Luis Batton (1967) aytgani kabi: «Ikkalasidan bittasi bo‘ladi, yo odamlar shunga erishadiki, havo kam ifloslanadi, yoki havoning ifloslanishi shunga olib keladiki, Yer yuzida odamlar kam qoladi».
Insonlar sog‘ligining yomonlashuvi, binolar. tarixiy obidalarining yemirilishi, o‘simlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Faqatgina AQShda havoning ifloslanishi inson sog‘ligiga yetkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 milliard dollardan ortiq moddiy zarar yeikazadi. Almosfera havosi ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjuddir. korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texxnologiyasini o‘zgartirish, ayniqsa muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘li hisoblanadi.
Atmosfera havosining ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70% dan ortig‘i avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi.
Trasport harakatini tartibga solish. metro. elektr transportini rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishim kamaytvrishda muhim ahamiyatga ega.
o‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog‘ oldi va tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi. iqlimning issiq va qg‘uruqligi o‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Havo ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to‘plangan Toshkent va Farg‘onada kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo‘lgan Olmaliq. Toshkent. Farg‘ona, Bekobod. Andijon. Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari REMdan yuqori bo‘lgan bu shaharlarning ba'zilarida fotoximik smog xavfi mavjud.
Bizda hozir atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turg‘un manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1995 yilda 2 mln. tonnagacha kamaygan.
83 Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslandi. Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.