5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Atmosferaning sun'iy ifloslanishi. Keyingi yillarda ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi (bu hol hamma rivojlangan mamlakatlarga xos) atmosfera havosining ifloslanishini tezlatdi.
Sun'iy ifioslanish manbalariga- energetika. sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi.
Atmosferaning sun'iy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi o‘rinni(40 foiz); energetika sanoati (20 foizi) ikkinchi o‘rinni; korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o‘rinni (14 foiz) egallaydi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, maishiy-kommunal xo‘jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosfera sun'iy ifloslanishining 26 foizi to‘g‘ri keladi.
80 Atmosfera ifloslanishining o‘sishi hattoki inson yashashi kam bo‘lgan joylarda ham deyarli sezilarli ekan. Masalan: AQSh larining Yellouston milliy bog‘i- amerikada eng toza havosi bilan ajralib turadigan, keyingi 5 yii ichida zarrachalarning o‘rtacha soni 10 marta oshgan.
K.avkaz tog‘lari cho‘qqilarida o‘rnashib olgan chang zarrachalari 1930-1960 yillarda 20 marta ortgan. Buni olimlar shu davralarda sanoat ishlab chiqarishning ortishiga bog‘lagan.
Atmosfera ifloslanislnning o‘sishini ko‘pgina omillarning hozirgi zamon taraqqiyotiga xos bo‘lgan, energiya va metallurgiya sanoati ishlab chiqarishi. avtomobil va samolyotlar sonining o‘sishi, minglagan tonna chiqindilarining yondirilishi va hokazolarning natijasida deb qarash lozimdir.
Hozir yer kurrasida kishilaming xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atmosferaga har yili 500 mln. t. atrofida olltingugurt gazi. sulfad oksidi, azot oksidi, karbonat angidrid va pestitsidlar chiqarilmoqda. Bulardan tashqari, sement, ko‘mir. mctallurgiya va boshqa sanoat korxonalaridan ko‘plab atmosferaga kul, rux, qo‘rg‘oshin, mis, chang va boshqa qattiq moddalar chiqarilmoqda. Shuningdek, katta maydonlardagi o‘rmonlarni kesib, yerlami haydash tufayii tuproq eroziyasi va deflyatsiyasi kuchaydi, o‘rmon-o‘tloqlarda yong‘in* ko‘paydi, qishloq xo‘jaligida ko‘plab pestitsidlami ishlatish oqibatida atmosfera tarkibida chang, tutun, qurumlar, zaharli ximikatlar miqdorining ko‘payishiga olib keldi.
Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qatliq zarrachalar. qurum, azot
oksidlari, uglevodorod va oltingugurt oksidlari, metal oksidlari va boshqalar kiradi. s So‘nggi yillarda atmosferaning ifloslanishida transport vositalar[ning_^5affnog'i ortib bomioqda. Chunki avtomashina, samolyot, teplovoz. qishloq xo‘jalik mashirjelari va boshqalar juda katta miqdorda kislorodni sarflab. atmosferaga (tarkibida 200 ga yaqin zaharli moddalar uchraydigan) har hil gazlami (is gazi, azot oksidi, uglevodorodlar, qo‘rg‘oshinning zaharli birikmalari, chang. quruni va boshqalar) chiqarib, uni ifloslaydi.
Hozir yer sharidagi 400 mlndan ortiq avtomobil atmosferaga yiliga 300 mln. t. ga yaqin har hil zahirli gazlar. chang, qurum va boshqa qattiq zarrachalar chiqarib ifloslamoqda. Shundan 200 mln.t. uglerod oksidiga, 50 mln. t. uglevodorodga. 30 mln. t. azot oksidiga, qolgani boshqa gaz, chang. qurum va qattiq zarrachalarga to‘g‘ri keladi.
Avtomobillar atmosfera havosini har hil zaharli gazlar bilan ifloslashidan tashqari dunyo aholisining nafas olishiga ketadigan kisloroddan 3-4 marta ko‘p kislorodni sarflaydi.
Undan tashqari atmosferaning ifloslanishida va ko‘plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning roli katta. Masalan: Amerika-Yevropa orasida uchadigan superreaktiv layner 8 soat ichida 50-75 t. kislorod sarflaydi. Bu miqdordagi kislorodni 25-30 ming ga maydondagi o‘rmon 8 soat mobaynida yetkazib beradi.
Atmosferaning ifloslanishida raketalaming salmog‘i ortib bormoqda. Amerika olimlarining ma'lumotiga ko‘ra «Shatl» kosniik apparatini orbitaga chiqargan. Bu modda bulutlar tarkibida muz kristallarining miqdorini 2 marta oshirgan, oqibatda quyosh nurining qaytishi ko‘paygan. Raketalar juda ko‘p kislorodni sarflaydi va hatto ozon qatlami halokatiga ham ta'sir qiladi: AQSh ning «Skayleb» stansiyasining orbitaga chiqargan «Saturn-5» raketasi ionsoferda kengligi 1800 km «deraza» « teshik» hosil qilib, u 1,5 soatdan keyin to‘lgan. Olimlarning hisobiga ko‘ra, agar qisqa vaqt ichida bu raketaga o‘xash 125 ta raketa uchirilsa, Yerning ozon qatlamini yo‘q qilib yuborishi natijasida sayyoramizda organizmlar qirilib ketishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanishida tog‘-qon sanoati, maishiy - kommunal xo‘jaligi (uy-joyiar) ham lshtirok etadi. Bunda har hil yoqilg‘ilarni yoqish tufayii atmosferaga zaharli gazlar, tutun, qurum, kul chiqadi. Aholi zich yashaydigan rayonlar va katta shaharlar atmosferasining ifloslanishida kishilaming roli katta. Chunki bir kishi sutkada 10 m ishlanga, iflos va tarkibida (SOi) 4 foiz bo‘lgan havoni nafas olish organlari orqali chiqaradi. Toshkent shahridan sutkada 20 mln m"' ishlangan, iflos va tarkibida (SOi) 4 foiz bo‘lgan havo atmosferasiga chiqariladi. Bulardan tashqari kanalizatsiya. avtomobil g‘ildiraklandan, oshxonalardan, axlat quvurlaridan va hokazolardan chiqqan chang, gazlar, hidlar. mayda zarrachalar ham atmosferani ifloslaydi.
Atmosferaning ifloslanishida chekuvchilarning roli ham kundanqkunga oshib bormoqda. BMTning ma'lumotiga ko‘ra, hozir dunyoda yiliga faqat sigaret yckilishi natijasida atmosfcraga
81 10,5 t. kadmiy. 14,8 t. qo"rg‘'oshin, 47.4 t. mis, 203,5 t. rux, 966 J. marganes va boshqa zaharli moddalar chiqariladi.
Qishloq joylarida atmosferaning ifloslanishida ayniqsa parrandachilik va chorvachilik komplekstlari, go‘sht kombinatlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, kimyoviy o‘g‘itlar va zaharli ximikatlar ko‘proq ta'sir etadi. Kimyoviy o‘g‘itlardan va ayniqsa pestitsidlardan noto‘g‘ri, me"yoridan ortiqcha foydalanish oqibatida u ekologiksistemaning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Pestitsidlarning bir qismi havoga chang, mayda zarrachalar ko‘rinishida yoki erib bug‘ga aylangan holda atmosfera havosini ifloslamoqda. Shu sababli so‘nggi yillarda o‘ta zaharli va parchalanishi qiyin bo‘lgan ximikatlar kam ishlab chiqarilmoqda, ularning ba'zilarini (DDT) ishlab chiqarish butunlay man etilgan. Bundan keyingi vazifa - qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda biologik va kologik usullardan ko‘proq foydalanishga o‘tishdir.
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida sayyoramizning organik hayoti uchun eng zarur bo‘lgani kisloroddir. So‘ngi 50 yil mobaynida kishilaming xo‘jalik faoliyati tufayli (transportda, sanoatda, nafas olishda, yoqilg‘ilami yoqishda va boshqalarad foydalanish natijasida ) 246 milliard. T. kislorod qaytarilmaydigan holda sarf qilindi. Bu esa atmosfera tarkibidagi kislorod miqdorining 0,02 foizga kamayishiga olib keldi.
Agar Yer kurrasidagi yashil o‘simliklar yiliga 550 miliiard. T.karbonat angidridni yutib, fotosintez orqali 460 milliard t. kislorodni ishlab bermaganda edi, u taqdirda atmosferadagi kislorodning miqdori 200 yil ichida tugab qolgan bo‘lar edi.
Shaharlar qurilishi natijasida ham yer maydoni tekislanadi. jarlar to‘ldiriladi, oqibatda relef, o‘silik va tirik mavjudotda o‘zgarish yuz beradi. Shaharlarda joylashgan sanoat oo‘ektlaridan, transportdan, maishiy-kommunal xo‘jaligidan. atrof-muhitga juda ko‘plab ifloslar, zaharli gazlar, qattiq zarachalar chiqariladi, oqibatda shahar atmosferasi, suv havzasi. tuproq qoplami ifloslanadi.
MaTumotlarga ko‘ra shahar atmosferasi okeanlar ustidagi atmosferaga nisbatan 150 marta iflos ekan. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog‘ligiga. barcha jonzotlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shaharlar va sanoat rayonlarida kishilar o‘rtasida surunkali bronxit, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklarning ko‘payishi kuzatiladi.
Agar havoda oltingugurt oksidi ko‘p to‘planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o‘pka kasalliklari vujudga keladi.