5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‘smimliklarni, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish iichnn turli tadbirlar o‘tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, davlat buyurtmalari tashkil qilish faoliyati jadallashgan. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yo‘qolib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili tabiatni muhofaza qilish halqaro ittifoqi tomonidan xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida yirik davlatlar o‘z «Qizil kitobi» ga ega. «Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo‘lib qolmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir.
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar. mamlakatlar yoki butun dunyo bo‘yicha kelajakda xavf ostida turgan o‘simlik va hayvonlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘gan rasmiy hujjatdir. 1948 yil BMT ning YuNFSKO tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslami muhofaza qilish halqaro ittifoqi tuzildi. Ushbu tashkilotga maxsus komissiya tuzib yer yuzida yo‘qolib borayotgan va noyob o‘simlik, hayvon turlanni aniqlash hamda ularni saqlash. tiklash dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1948-54 yillari komissiya yo‘qolish havfi ostidagi hayvonlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Buning uchun maxsus mezonlar ishlab chiqildi. Qabul qilingan mezonlar tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan ma'qullanib, muhofazaga olish uchun o‘simlik va hayvon turlarini ayrim mezonlarga ajratgan holda «Qizil kitob» yaratishga asos bo‘ldi. 1966 yili stol ustida foydalaifadigan kaiendar sifatida turli ranglarga ega bo‘lgan varaqlardan iborat birinchi halqaro «Qizil kitob» nashr qilindi.
1978 yilda o‘zbckiston Fanlar Akademiyasining llmiy kengashi o‘zbekiston «Qizil kitob»ini ta'sis etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob» ning birinchi navbatiga 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar kiritilgan. Kitobda hayvonlar soni, uning o‘zgarish sabablariga, ayrim turlarning ahvoli va ulaming ko‘payishiga, muhofaza Qilish bo‘yicha belgilangan hamda mo‘ljallangan tadbirlarga alohida e'tibor berilgan. «Qizil kitob» /fiing hayvonot dunyosi qismi o‘zFA ning Zoologiya va parazitologiya instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozircha bu kitobga faqat umurtqali hayvonlar haqida malumotlar keltirilgan.
o‘zbekiston «Qizil kitob» ning 2 navbatiga davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi
yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o‘simlik kiritilgan edi. Bu kitobga kiritilgan o‘simlik
turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasiga
binoan 4 kategoriyaga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasidagi turlar ;
Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig‘ib olish qiyin bo‘lgan
joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo‘lgan o‘simlik turlari.
2. Yo‘qolib borayotga turlar;
Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofaza talab etadigan turlar.
9(1 3. Noyob turlar; MaTum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez
yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4. Kamyib borayotgan turlar; MaTum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy
sabablarga ko‘ra yoki insonalr tasiri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday
o‘simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi.
«Qizil kitob» ning yangi 1998 yildagi nashrida muhofazaga olingan o‘simlik turlarining soni 300 ga boradi.
Respublikamiz «Qizil kitobi» ni har 5 yilda yangilab turish ko‘zda tutilgan. o‘simliklar dunyosi o‘zFA Botanika ilmiy ishlab chiqarish Markazi olimlari tomonidan yoziladi.
«Qizil kitob» da o‘simlikning har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta'rifi, tarqalishi haqida, sxematik xaritad o‘sish joyi ifodalangan. Ilmiy maTumotlar va shaxsiy kuzatishlar asosida turlarning tabiatdagi miqdori va ushbu tur arealining o‘zgarish sabablari keltirilgan.
Umumiy qilib aytganda, «Qizil kitob» ning rrjohiyati shundaki, ular o‘simlik olamining noyob, yo‘qolib ketish havfi ostidagi turlari haqida maTumot beruvchi hujjatdir.
Uning vazifasi - jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb qilishdan va turlar genofondini saqlab qolishga yordamlashuvidan iboratdir.
Respublika tabiiy florasining aksariyat qismidan xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun oqilona foydalanilmayotir. Oqibatda ulardan ko‘plarining tabiiy zahiralari keskin darajada kamayib, yo‘qolibXetish xavfi tug‘ilgan. Bularga dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, sanoat ehtiyoji uchun xom - ashyo sifatida yig‘ib olinayotgan saponin saqlovchi qimmatbaho o‘simlik - yetmak, muhim dorivor o‘simlik - bozulbang (lagoxillus), oziq - ovqat o‘simligi - anzur piyoz kabilar misol bo‘ladio‘simliklarning kamayib ketishiga kishilarning tabiatga ko‘plab chiqib sayr qilishlari ham sabab bo‘lmoqda. Masalan: Chimyon (Toshkent atrofida)gi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gullami ayni vaqtda juda kam uchratish mumkin. Ayrim shaxslar dorivor va oziq -ovqat o‘simliklarning piyozlarini, tuganaklarini, ildizpoyalarini ruxsatsiz qazib olib, yowoyi o‘simliklar olamiga jiddiy zarar keltirmoqda. Tabiatga, shu jumladan o‘simliklar dunyosiga nisbatan shavqatsizlarga munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish payti keldi. Tabiat boyliklarini muhofaza qilishva ko‘paytirish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lmog‘i darkor.
3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Talabalarga hayvonlaming biosfera va inson hayotidagi ahamiyati haqida tushuncha berish. Hayvonlarni muhofaza qilish yo‘llari haqida fikr yuritish. Qo‘riqxona, davlat buyurtmalari haqida malumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 3.1.HayvonIarning biosfera va inson hayotidagi rolini tushumb yetadi. 3.2.Hayvoniarni muhofaza qilish yo‘Harini biladi. Qo‘riqxona va davlat buyurtmalari farqiga yetadi.
3-asosiy savolning bayoni.
Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil qilishga qaramasdand ular biosferadagi modda almashinuvi. boshqa turli jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Biosferadagi aniqlangan hayvon turlarining soni 1,5 mln. dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Hayvonlar o‘simliklar hayotiga ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada o‘zining ekologik ahamiyatiga egadir, inson uchun hayvonlar oziqa mahsuli. xom-ashyo mnabai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir.
Hayvonlaming 1 mln. dan ortiq turi hashorotlarga to‘g‘ri keladi. Hashorotlar o‘simliklarni changlaydi, qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar, inson uchun oziqa manbaidir. Yer yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig‘i umurtqasizlarga to‘g‘ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo okeanida hayvoniar biomassasi o‘simliklar biomassasidan kattadir.
Yer yuzida inson uchun zararli bo‘lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlaming zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita ta'siri natijasida oxirgi lkki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut cmizuvchilar va qushlar turlari yo‘q qilingan. o‘rmonlaming kesilishi,
91 yerlarning o‘zlashtirilishi. hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta'sir ko‘rsatadi.
o‘simlik va hayvonlanii muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘Ii bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
Ko‘chib yuruvchi hayvonlar, Dunyo okeani hayvonot va o‘simlik dunyosi, bazi daryolarda yashovchi o‘simlik va hayvonlar- davlatlararo kelishuv yo‘Ii bilan muhofaza qilinadi.
1992 yili Rio-de Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash halqaro konvensiyasi qabul qilindi, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi.
o‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. o‘zbekistonda mavjud 4000 dan ortiq o‘simlik turlarining 10-12 foizi muhofaza talab. o‘rroon resurslari cheklangan. Eng qimmatli tog‘ o‘rmonlarining maydoni o‘nlab marta qisqarib ketgan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan.
o‘zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvonlar turlaridan iborat (D.A.Azimov. 1995). Xali tla o‘rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtojlari ajratilmagan.
Yuqorida qayd etilgani kabi, 1983 yili e'lon qilingan o‘zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo‘lib, bahqlar -5 tur; qushlar-33 tur; sut emizuvchilar -22 tur; sudralib yuruvchilar 5 turdan iboratdir. o‘zbekistonda turon yo‘lbarsi, qizil bo‘ri, gepard, yo‘l-yo‘l giyena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo‘yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug‘usi va boshqa ayrim turlar yo‘qolish arafasidadir.
Orol dengizining qurishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko‘plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi.
o‘zbekistonda har yili o‘n minglab, turli hayvonlar ov qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yo‘qolishiga olib kelmoqda.
o‘zbekistonda noyob o‘simlik va hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish. muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o‘tkazilmoqda.
17-ma'ruza: Qo‘riqxona
Qo‘riqxona deganda - insonning xo‘jalik faoliyati butunlay ta'qiqlangan. tabiiy kompleks asl holida saqlanadigan hududlar tushuniladi.
Qo‘riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma'lum bir maydon bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir.
Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatiga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona xududlaridan xo‘jalikda foydalanish, hattoki pichan o‘rish, ov qilish. baliq tutish. zamburug‘larni terish umuman ta'qiqlanadi. Uning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. Bu yerda tabiat bir butun holda o‘rganiladi.
Qo‘riqxona xududlari turli xil hayvon va o‘silik turlarilni, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizdagi hamma qo‘riq"onalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Bu yerda doimo ilmiy - tekshirish ishlari olib boriladi.
o‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax o‘rmon xo‘jaligiga qarashli «Guralash» tog‘ archa qo‘nqxonasi nomi bilan tashkil qilingan . U keyinchalik Zomin tog‘ o‘rmon qo‘riqxonasi nomi bilan qayta tiklangan. Hozirda bizda 9 ta qo‘riqxona mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
92 Jadval -4 Davlat qo‘riqxonalari
jn»
Qo‘riqxona nomi
Ixtisoslanishi
Maydoni (ga)
l
Baday-To‘qay
To‘qay qo‘riqxonasi (Qoraqalpog‘istonda)
6481
2
Qizil qum
To‘qay qo‘riqxonasi(Buxoro viloyatida)
3995
3
Nurota
Tog‘ o‘rmon qo‘riqxonasi (Nurota tog‘ tizimi)
22537
4
Zarafshon
To‘qay qo‘riqxonasi (Samarqandda)
2066
5
Orol Payg‘ambar
To‘qay qo‘riqxonasi (Surxondarvoda)
3094
6
Zomin
Turkiston tog‘ tizmasi (tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi) *