1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə59/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

r
84
Suvlarning sanoat vva maishiy chiqindilar bilan ifloslanish liam suv yetishmasligining asosiy sabablaridan biridir.
Suvning ifloslanishi deganda- uning tarkibida sifatini kamaytiruvchi begona birikmalarining mavjudligi tushuniladi.
Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga- sanoat korxonalari va maishiy xujalikdan chiqadigan oqava suvlar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilib chiqadigan suvlar; transportning tashlanma suvlari; shxarlardan xamda, kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar vva chorvachilik komplekslardan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlarva boshqalar kiradi.
Neft va neft maxsulotlari, sun'iy yuvish vositalari, fenollar, pestidsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar xisoblanadi.
Rqova suvlarga tushadigan mineral organik, bakterial va biologik iflosiovchi birikmalar ajraltiladi;
Mineral ifloslovchilar- odatda kum.loy, turli mineral tuzlar. kislota va ishqorlar eritmasidan
iborat. *
Organik ifloslovchilar- o‘simlik va xayvonlarning qoldiqlari, inson va xayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat.
Bakterial va biologik ifloslovchilar-asosan maishiy oqova suvlarida mavjuddir.
Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi nalijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli og‘ir xastaliklarga chalinadi.
Suvlarning yetishmovchiligi sharoitda ulardan oqilona foydalanish va oqova suvlarini tozalab. qayti ishlashni ta'minlash muhim axamiyatga egadir.
Oqova suvlarni mexanik. kimyoviv va biologik tozalash usullari mayjuddir.
Mexanik usulda - suvlarni mineral va organik moddalardan tozalanadi.
Kimvoviv usulda - oqova suvlarga turli kimyoviy birikmalar qo‘shilib, zararli moddalar
bilan reaksiyaga kiritilib (chiqindilar cho‘kma holiga tushiriladi) tozalanadi. /
Biologik tozalash uslubi- qo‘llanilgan organik ifloslovchilar Jiakteriyalar va mikroorganizmlar yordamida mineralizatsiya qilinadi. Biologik tozalash sug‘orish maydonlari. biologik hovuzlarda amalga oshiriladi. Biologik tozalashdan so‘ng suv xlor yordamida dizinfeksiya qilinadi va undagi hamma bakreriyalar nobud bo‘ladi.
Yer vuzi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashda ver osti suvlarining ahamiyati kattadir. Turli mamlakatlarda. Shu jumladan o‘zbekistonda grunt suvlari. artezian suvlari va mineral suvlar katta miqdorda ichimlik uchun ishlatiladi. Mineral suvlar chiqgan joylarda maxsus shifoxonalar quriladi. Xozirgi kunda ycr osti suvlarning tartibsiz ishlatilishi, turli manbalar ta'siria ifloslanishi oshib bormoqda.
lchimlik suvlarning bebaho manbai yer osti suvlami muhofaza qilish va ulardan oqiiona foydalanishni ta'minlash eng muhim ekologik muommolardan biridir.
Suvlardagi 1300 dan ortiq zararli birikmalarning REM lari va korxonalar uchun oqovalarni tashlashning yo‘l qo‘yilgan chegaralari belgilangan. Morxoalar suvlarning belgilangan limtdan ortiqcha ishlatgani va boshqa to‘lovlar to‘laydi.
Dunyo okeonlarining ifloslanishi so‘ngi yillarda jaxon ahamiyatiga ega bo‘lgan ekologik muammoga aylanadi.
Dengiz va okeanlar asosan neft va neft maxsulotldari, sanoat va maishiy oqovalar, og‘ir metallar radiokktiv birikmalar va boshqalar bilan ifloslanadi. o‘rta yer dengizi-yer yuzidagi eng ifloslangan dengiz hisoblanadi.
Okean yuzasining neft bilan qoplanishi «okean-atmosfera» tizimida o‘zaro aloqalarning buzilishiga va yer yuziga kislorodning asosiy manbalardan bin bo‘lgan yashil o‘simliklar-fitoplanktonning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida okeandagi biologik maxsulotlarning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Dunyo okeanlarning ifloslanishi nafaqat global ekologik, balki sotsial oqibatlarga ham olib kelishi muqarradir.
85
o‘rta Osiyo berk havza (Dunyo okeani bilan bog'lanmagan)bo‘lib. yer yuzida suv yetishmaydigan kurg‘oqchil mintaqalardan hisoblanadi. o‘rta Osiyoning tekislik qismida bug‘lanish yillik yog‘in miqdoridan katta va suv oltinga teng boholanadi.
o‘rta Osiyoning yer usti va osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishi talab qiladi.lkki asosiy daryo- Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to‘liq o‘zlashtirilgan.Yer osti suvlari ham tobora qo‘proq ishlatilmoqda. Hozirda yer osti suvlari imkoniyatning 52% ishlatilmoqda.
o‘zbekiston Respublikasi yirik sug‘oriladigan dexqonchilik rayonlardan biri xisoblaadi.
Qadimdan bu katta xududda qo‘l mehnati va mo‘l suv talab qilinadigan ekinlar-paxta va sholi yetishtirilib kelingan.
o‘zbekiston yerlari asosan Amudaryo, Surdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Sirdaryo,Chirchiq va Ohangoron daryolari suvlari bilan sug‘oriladi. Amudaryo suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 53 ta suv ombori quriolgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 85% qishloq xo‘jaligiga, 12% sanoat va 3% maishiy-kommunal xo‘jaligigato‘g‘ri keladi.
Suvlaming ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolardan biri xisoblanadi. o‘zbekistonning asosiy daryolari Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston xududlaridan ifloslanib keladi.
Daryolar suvi-chorvachilik komleksi, kommunal- maishiy oqovlar, sanoat oqovalari va katta hajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. Suviarga pestitsidlar va zaxarli kimyoviy birikmalarning ko‘plab tushishi natajasida respblikaning ayriim xududlarida ichimlik suv muammosi keskinlashib ketdi.
Ayniqsa,Qoroqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishi, o‘limning ko‘payishiga olib keladi. Oxirgi yillarda yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Farg‘ona-Marg‘ilon sanoat rayonida neft mahsulotiva fenollar bilan yer osti suvining ifloslanishi REM (ruxsat etilagnmiqdor)dan yuz barobargacha ortiqligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham yer osti suvlariing mahalliy o‘rta yuqori ifloslanishi kuzatiladi.
Respublikamiz suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg‘or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug‘orish, suvlardan takror foydalanish oqavalarni tozalash shular jumlasidandir. Suv xavzalariga tushadiga sanoat oqovalari keyingi 5 yil ichida 2 yarim marta kamaygan. Suvlarni me'yoridan ortiq ifloslangani uchun jarima va to‘lovlar belgilangan.
o‘zbekiston Respublikasida suvda foydalanish maxsus qonan asosida amalga oshiriladi. «Suv xaqidaei va suvdan foydalanishw to‘g‘risidagi qonun 1993 yil 6 mavda qabul qilingan.
Orol va Orolbo‘yidagi ekologik axvolning keskinlashuvi jaxon jamoatchiligini tashvishga solmoqda..Yaqin o‘tmishda dunyodagi eng yirik ko‘Hardan xisoblangan Orol dengiz sathi 16 metrga pasaygan va suv hajmi 1062 ming knr\ dan 268 knr. ga tushib qolgan.
Orol dengizining qurishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarini keskin kamayib ketishidir.Sug‘oriadigan yerlarga maydonining ortib borishi Orol dengizining taqdirini hal qilib qo‘ydi.
Orol dengizining kurishi Orolbo‘yi mintaqasidagi sotsial- ekologik vaziyatning og‘irlashishiga olib keladi.
Har yili Orolning kurigan tubidan milionlab tonna tuz va chang ko‘tarilib, juda katta xududa havo.tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Aholi o‘rtasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori darajaayetgan.
Orol dengizining asl xoliga qaytirish muammosi munozarali xisoblanadi. Z.M.Akramov va A.A.Rafiqovlarning fikricha mavjud suv resurslari asosida dengizni asl holiga qaytarish aslo mumkin emas. Chunki mintaqada dengizni tiklpsh uchun ortiqcha suv mavjud emas.
Orol muammosini hal qilish uchun turli loyihalar, mutaxassislarning fikrlari mavjud.Masalan; Sibir daryolarining suvini keltirish, Kaspiy dengizdan suv olish kabi loyihalar. Albatta qaysi ilmiy farazning to‘g‘riligini vaqt ko‘rsatadi.
Yaqin kelajakdagi asosiy va real vazifa Orol dengizining sathini 30-33 metr balandlikda saqlab qolishdir. Buning uchun dengizga har yili kamida 20 kmJ suv yetib borishini ta'minlash zarurdir.
Orol va Orolbo‘yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari xamkorlikda ish olib bormoqda. AQSh, Yaponiya,GFR.Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar. BMT, Jahon banki va boshqa turli davlat va nodavlat halqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar.
Shunday qilib. kishilik jamiyatida suvning o‘rnini bosadigan boshqa hech qanaqa resurs yo‘qdir. Bu esa suvning bebaxo ekanligidan darak beradi.
Kelgusida toza suv tanqisligi sezilsa, insoniyat bir qancha qo‘shimchcha choralar qo‘rishiga majbur bo‘ladi. Bunday choralar qatoriga muzlik suvlaridan foydalanish, dengiz va okean suvlarini chuchuklashtirib foydalanish va nihoyat yomg‘ir suvlaridan foydalanish kabi vazifalar kiradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin