1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə56/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Uglerod oksidining havoda ko‘payishi natijasida kishi organizmida gemoglobin kamayadi, yurak. qon - tomir tizimlari buziladi, bosh aylanadi, yurak tez urib, uyqu buziladi.
Vodorod sulfid gazining ortib ketishi natijasida odamning boshi og‘riydi, qayt qiladi. darmonsizlanadi, hid bilish qobiliyali zaiflashadi; .ftor birikmaiari tasirida burundan qon keladi, tumov paydo bo‘ladi. Azot oksidlari tufayli o‘pka kasallanadi, qon bosimi kamayadi.
Atmosferadagi turli zaharli gazlar o‘simlik va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Havoga chiqayotgan chang, qurum, tutun va oltingugurt gazlari, xlor, uglevodorod birikmalari, mishyak, surma, ftor va boshqalar yana yerga qaylib tushgach o‘simlik barglariga, tuproq va suv orqali o‘simlik ildiziga o‘tadi. Natijada o‘simliklarning nobud bo‘lishi, hosilning kamayishi, fotosintezning o‘zgarishi kuzatiladi. o‘simliklarning havoni Ot bilan ta'minlash qobiliyati pasayadi. Bu esa o‘z navbatida inson salomatligiga katta zarar keltiradi.
Havoning kuchli ifloslanishi ba"zi uy hayvonlarining nobud bo‘lishiga olib keladi. Tursunzoda alyuminiy zavodining zaharli gazlari ta'sirida uning atrofidagi rayonlarda mollar zaharlanib. qoramollarning tishi to‘kilib ketmoqda.
Havoning zaharli chang va gazlar bilan ifloslanishi asalarilarmng ko‘plab qirilib ketishidan tashqari, asalini sifatiga ham ta'sir etadi.
Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita miqdor (RE.M) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalaming odamning mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur yetkazmasligi nazarda tutiladi.
Havo ifloslanishining muntazam REMdan yuqori bo‘lishi aholi kasallanish darajasinig keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi.
82
Turli moddalarning ta's^r darajasiga qarab xilma-xil REM ko‘rsatkichlari belgilangan. Masalan : Is gazi - 0,01 mg-m ; oltingugurt gazi - 0,05 mg-m ; xlor - 0,03 mg-nr; fenol - 0,01 mg-m ; formaldegid - 0,003 mg-mJ va hokazo.
REM ko‘rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdck 38 ta moddalarning birlashib ta'sir qilishi o‘rganilgan bo‘lib, ular uchun me"yorlar belgilangan.
Atmosferaning 20-30 km oralig‘ida joylashgan himoya qobig‘i ozon^O^) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ozon qatlamining ahamiyatini siz yaxshi bilasiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin