1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Insonning sog‘-salomatligi ijtimoiy iomillardan tashqari ko‘p jihatdan atrof-muhitning ekologik holatiga ham bog‘liqdir



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə53/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Insonning sog‘-salomatligi ijtimoiy iomillardan tashqari ko‘p jihatdan atrof-muhitning ekologik holatiga ham bog‘liqdir. Tabiiy muhit qanchalik toza, havo, yer usti va yer osti suvlari, luproq, o‘simlik, hayvonot olamining tozalik darajasi tabiiy me'yorda bo‘lsa, inson sog‘ligi ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Shundagina kishi organizmi tashqaridan to‘satdan bo‘ladigan ba'zi xurujlarga bardosh bera oladigan va qarshi kurasha oladigan darajada rivojlanadi.
Bizda ham noqulay ekologik vaziyatlar turli kasalliklarning yoyilishiga olib kelmoqda.
Yu.Shodimetov (1994) ning ta'kidlashicha o‘zbekistonda keyingi 15 yilda (1976-1990 yy) katta yoshdagi aholi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinishsh (har 10 ming kishi hisobiga) muntazam o‘sib borgan.
1991 yilga nisbatan 1993 yilda sanoati rivojlangan va transport harakati kuchli bo‘lgan shahar va viloyatlarda kishilaming kasalliklarga chalinishi ancha ko‘p bo‘lgan. Bularga misol qilib: Farg‘ona, Andijon , Olmaliq, Chirchiq, Toshkent shaharlarini, Sariosiyo tumani. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasini alohida ko‘rsatish mumkin.
Respublikadagi sanoat korxonalarining havo, suv, uproq, umuman atrof-muhitning ifloslanish darajasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki. 1990 yilning oxirlarida o‘zbekiston qishloq xo‘jaligining 87,2% korxonalari ekologiya-gigiyena talablariga javob bermagan va tabiiy muhitni bulg‘ash manbalari bo‘lgan.
Barcha sanoat korxonalarining 20% ekologik jihatdan toza, ishlab chiqarish korxonalarini 276 tasi (25%) eoklogik jihatdan juda xavfli hisoblangan (Shodimetov, 1994).
Aholi sog‘ligini saqlashda shahar va qishloqlarda kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta'minlanganlik ham muhim o‘rin tutadi.
»
7X
Kanalizatsiya tizimining bo‘lishi- aholi yashaydigan joylarda yer osti va yer usti suvlariga kanalizatsiya chiqindilari aralashuvining oldini oladi.
Professor Yu.Shodimetovning tahliliga ko‘ra, respublikamizning ayrim joylarida tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatida. ayniqsa qishloq joylarida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda temir moddasi yetishmaydigan kamqonhk, sil kasalligi va yuqori nafas yo‘llariga mikroblar o‘tiradigan kasalliklar tez-tez uchrashi kuzatilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar dehqonchilikda keng miqyosda ishlatiladi. Bularning ichida eng xavflisi -ammiakli selitra hisoblanadku ko‘proq sabzavot - poliz ekinlariga ishlatilishi oqibatida ularning tarkibida nisbatan ko"proq uchraydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha. nitratlar baktcriyalar hayot faoliyatida havfli hisoblangan nitritlargacha qaytarilishi mumkin. Nitratlar ikkilamchi aminlar bilan reaksiyaga kirishib. nitrozaminlargacha aylanadi. Jahon miqyosidagi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, nitrozaminlar rak paydo qiluvchi omil hisoblanadi. Respublikada tuzalishi murakkab bo‘lgan bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning soni muntazam ravishda oshib boimoqda. Rasmiy ma"lumotlarga qaraganda so‘nggi 10 yilda bu kasallik 17*% ga ko‘paygan.
Azot nitrati bilan to‘yingan poliz mahsulotlari ozuqalik va bioloigk qimmatinCkamaytiradi. ularning saqlanishi muddatini qisqartiradi. Mirzacho‘l qovunlari katta, chiroyli. toshnosar va yirik qilib yetishtiriladi. lekin bozorlarda 3-4 kun orasida aynib. chiriydi, suv bo'lio‘eqib ketadi.
Qovunda mumkin bo‘lgan nitratning miqdori har kg ga 60 mg dan ortmasligi lozim.
Orolbo‘yida amalga oshirilgan yalpi tibbiyot ko‘rigi (3 mln. dan ortiq aholi tekshiruvdan o‘tkazilgan) aholining ko‘proq qizilo‘ngach raki, qon va qon paydo qiluvchi ag‘zolar, yurak-qon tomir tizimi, asab, kamqonlik va boshqa kasalliklar bilan og‘rigani aniqlanadi. Bunga asosiy sabab - Amudaryo suvining ifloslanganligi, suv tarkibida turli pestitsidlar, erigan mineral o‘g‘itlar, neft mahsulotlari va boshqa organik birikmalarning mavjudligidir.
Hozirgi Orolbo‘yi aholisining toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida talay ishlar amalga oshirildi. Nukus va Urganch shaharlari tomon katta diametrli quvurlar yotqizildi va ular orqali ko‘p miqdorda toza ichimlik suvi yuborilmoqda.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bianl qishloq joylarida ko‘pgina kasalliklarning keskin kamayishiga erishish mumkin.
2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Atmosfera tuzilishi. uning ifloslanishi haqida tushuncha berish. Ifloslangan havoning inson, o‘simlik va hayovnlarga ta'sirini bayon etish. REM tushunchasi haqida. o‘zbekistonda atmosfera ifloslanishi va uning oldini olish muammolari haqida fikr yuritish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 2.1.Atmosfera tuzilishi va uning ifloslanish xillarilni farqiga yetadi.
2.2.Ifioslangan havoning inson, o‘simlik va hayvonlarga ta'sirini tushunib yetadi va tahlil qila oladi. 2.3.o‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolarini anglab yetadi hamda gapirib bera oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Yer kurrasini o‘rab olgan havo qoplami-atmosfera deyilib, yerning landshafti hayotida juda muhim vazifani bajaradi.
Atmosfera yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik organizmlarni turli ultrabinafsha. nurlardan. samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan saqlaydi. Agar atmosfera bo‘lmaganda - yer yuzasi kechqurun-100°S sovib, kunduzi 100°S isib ketgan bo‘lardi. Faqat atmosfera tufayli yerda hayot mavjud. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, tirik organizmlarning yashashi uchun juda ham zarurdir. Chunki, organizm. xususan inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, lekin u havosiz faqat 5 minut yashavdi, xolos. Demak. yerda hayotning. ayniqsa inson yashashi toza havoga bog‘liq ekan. Chunki bir kishi bir sutkada 1 kg ovqat, 2 1 suv iste'mol qilsa, nafas organlari orqali 25 kg havoni yutadi. Shuning uchun havo ifloslanib uning kimyoviy tarkibi va fizik xossalari o‘zgarishi bilan har bir organizmning fiziologik holati ham o‘zgaradi.
79
Toza havo - o‘simlik, hayvonlar va qishloq xo‘jalik ekinlari uchun zarurdir. Undan tashqari antibiotiklar. ya'ni o‘tkazgichlar, aniq o‘lchagich asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham toza havo kerak.
Atmosferaning ifloslanishi faqat sayyoramizdagi tirik mavjudotlarning, xususan insonning salomatligiga salbiy ta'sir etib qolmay, balki xalq xo‘jaligiga ham juda katta zarar yetkazadi. Shu sababli, bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri atmosfera havosini toza saqlashdir.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin