1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Tuproqlarning botqoqlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə61/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko‘p joylarda kuzatiladi. Botqoqlami quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o‘tkaziladi.
Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash ham uhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlami to‘g‘ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o‘zgaradi. unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa zararkunandalarga qarshi, begona o‘tlar va o‘simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydalaniladigan pestitsidlar (gerbitsidlar. defoliantlar) ni me'yoridan ortiq ishlatish tuproqqa juda salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va gumusning kamayishiga olib
88
keladi. Ular oziqa zanjiri orqali o‘tib. inson sogTigiga ham zarar yetkazadi. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib, so‘ng parchalanib ketadigan biotsidlar ustida ishlamoqdalar.
Tuproqlar sanoat korxonalari. transport chiqindilari, kommunal - maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog‘-kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, qo‘rg‘oshin, ftor va boshqa judayam zaharli birikmalar to‘planadi. Bu o‘simliklarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, ba'zilari nobud bo‘ladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tuproqlarni maxsus tadbirlar o‘tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslamshdan saqlash tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi va qonuniy nazorat qilinishi kerak.
Qurg‘oqchil yerlarda cho‘llanish jarayonlarining oldini olish ham muhimdir. Harakatchan qumlarning yo‘lini to‘sish, yashil zonalarni bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi. Turoq qamlami - shahar va yo‘l qurilishi natijasida. yer osti boyliklarini qazib olishda ham nobud bo‘ladi. Bunday jarayonlarning oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir.
Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida «o‘zbekiston Respublikasida Yer to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilingan . (1990 yilning 20 iyunida).
o‘simlik va hayvonlar - yeming hayot qobig‘i-biosferaning asosiy komponentlaridan bo‘lib, tabiat resurslar orasida alohida o‘rinni egalalydi.
Agar oqilona foydalanilganda o‘simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin.
Biosferadagi o‘ziga xos tabiiy muvozanat ko‘p jihatdan o‘simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligining saqlanishi bilan bog‘liqdir.
o‘simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o‘z o‘rniga ega.
Biosferadagi moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin