5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari. Bu regionning fizik - geografik sharoiti va landshafti ham juda hilma-xildir. Shimoliy-g‘arbiy xududlar cho‘l va chala o‘llardan iborat bo‘lib, yozi quruq issiq. qishi sovuq. yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi bilan ta'riflanadi.
Tog‘ oldi va tog‘ xududlarida chala cho‘Har, quruq cho‘llar, to‘qaylar, aralash va archali o‘rmonlar, alp o‘tloqlari hamda sovuq tog‘ cho‘llari kabi biomlar uchraydi.
o‘rta Osiyo va Zakavkazeda dengiz sathidan ko‘tarilgan sari iqlim hamda tuproq sharoiti o‘zgarib boradi. Joyning absolyut balandligi qancha yuqori bo‘lsa, iqlim shuncha salqin bo‘ladi. Bunday holat faqat tuproqni emas, balki o‘simliklar dunyosini ham o‘zgartiradi. Natijada tekisliklarda o‘sadigan. issiqsevar yoki kscrofit mezofil o‘simliklar egallaydi. Tabiatdagi bu hodisa vertikal zonallik deyiladi.
Bundan tashqari, 1969 yili ota - bola K.Z.Zokirov va P.K.Zokirovlar tomonidan o‘simliklaniing ekologik klassifikatsiyasi taklif qilindi. Bunda o‘rta Osiyo o‘simliklari baland mintaqalar bo‘yicha tarqalishiga asosan quyidagi zonallikga (poyasga) bo‘linadi:
l.Cho'1 zonasi- o‘rta Osiyoning butun tekislik qismi. Dengiz sathidan 500-600 m. balandlikdajoylashgan.
2Adir zonasi - Cho‘l va tog‘ zonalari o‘rtasida joylashgan. Dengiz sathidan 500-700 m. ba'zi joylari esa 1200-1600 m balandlikda joylashgan.
65 3.Tog‘ zoznasi - bu zona dengiz sathidan 1200-1500 dan 2700-2800 m gacha bo‘Igan balandliklarni egallaydi.
4.Yaylov zonasi - Dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikdan eng yuqori cho‘qqilargacha bo‘lgan joylar yaylov zonasi hisoblanadi.
Yer havo muhitida, ya'ni quruqlik ekotizimlari uchun quyidagi xususiyatlar tegishlidir yoki ular suv muhitidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi;
1. Quruqlikda asosiy chegaralovchi omil- bu namlik hisoblanadi.
2. Harorat quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko‘proq o‘zgarib turadi.
3. Tuproq organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi.
4. Quruqlikda turli geografik to‘siqlar(tog‘lar, daryolar, cho‘llar) organizmlarning erkin harakat qilishiga halaqit beradi.
5. Substrat xarakteri - quruqlik ekotizimlari uchun muhimdir. Tuproq har hil biogen elementlarning manbai bo‘lib yuqori taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy etgan o‘simlik va hayvon taksonomik guruhlari uchraydi. ularning eng murakkablari ustunlik ( dominantlik) qiladi.