Ishningbajarilishi:dengiz yulduzini vannachaga joylashtirib, uning tanasi 5 ta nurlardan (radiusdan) iborat ekanligiga e'tibor bering. Tananing oral va aboral qutblarini aniqlang va har qaysi qutbda joylashgan organlarni topib, ularning tuzilishi bilan tanishing. Dengiz yulduzini o’tkir
- qaychi bilan yorib, ichki organlarini ko’ring.
205
Topshiriqlargajavobberingvabilimingiznibaholang
1. Ignaterililaming harakat qilish a'zolari?
A. Ambulakral, oyoqchalar; B. Pedipalpalar; S. Parapo- diyalar; D. Xivchinlilar;
2. Ignaterililarda madrepor plastinka tananing qaysi qismida joylashgan?
A. Aboral tomonda, interradiusda; B. Oral tomonda, radiuslarda; S. Oral tomonda, interradiusda; D. Aboral tom- onda, radiusda;
3. Ignaterililar ambulakral tizimi nima vazifa bajaradi?
A. Harakatlanish; B. Ko’rish; S. Oziqlanish; D. Ayirish;
4. Qaysi umurtqasiz hayvonlar tipi ikkilamchi og’izlilarga kiradi?
A. Ignaterililar; B. Mollyuskalar; S. Bo’g’imoyoqlilar;
D. Halqali chuvalehanglar;
5. Ignaterililaming qaysi vakillari o’troq hayot kechiradi?
A. Dengiz nilufarlari; B. Dengiz yulduzlari; S. Dengiz ’ bodringlari; D. Dengiz tipratikonlari;
6. Ignaterililaming lichinkasi qanday nomlanadi?
A. Diplevrula; B. Myullerov; S. Bipinnariya; D. A-S javoblar to’g’ri;
7. Dengiz yulduzlarining tanasidagi nurlar sonini aniqlang?
A. 4-12 tagacha; B. 5-13 tagacha; S. 10-18 tagacha; D. 8-13 tagacha;
8. Dengiz yulduzlarining yopishuv a’zosini ayting?
A. Ambulakral oyoqdagi so’rg’ichlar yordamida;
B. Ambulakral oyoqdagi tirnoqchalar yordamida;
S. Ambulakral egatchalardagi ilmoqchalar yordamida;
D. Ambulakral plastinkalar yordamida;
9. Dengiz yulduzlarining perigemal sistemasi vazifasini aniqlang?
206
A. Nerv to’qimalarini oziq moddalar bilan ta'minlash va himoya qilish; B. Selom vazifasini bajaradi;
S. Organizmning harakatini ta’min!aydi; D. Ovqat hazm qilishda ishtirok etadi;
10. Dengiz yulduzlarida sezgi vazifasini bajaruvchi nerv sistemani aniqlang?
A. Aboral; B. Giponevral; S. Ektonevral; D. Aboral- giponevral;
11. Dengiz yulduzlarining harakatini boshqaruvchi nerv sistemani aniqlang?
A. Aboral; B. Giponevral; S. Ektonevral; D. Aboral- giponevral;
12. Dengiz tipratikanlarining ambulakular oyoqlari nima vazifani bajaradi?
A. Harakatlanish; B. Nafas olishda ishtirok etish; S. Ayirish jarayonida ishtirok etish; D. Ozuqani tutish;
13. Qaysi dengiz tipratikanlari zaharli ninalarga ega?
A. Strongylocentrotus; B. Heterocentrotus; S. Echinus;
D. Solaster;
14. Dengiz tipratikanlarining og’iz bo’shlig’idagi chaynash a’zosini aniqlang?
A. Xitinli tishcha; B. Ohakli bo’rtiqchalar; S. Arastu fonari;
D. Chaynash a’zosi bo’lmaydi;