Qisqa xulosalar
Buyruqbozlik asosidagi boshqaruv, markazlashgan rejalashtirish, turli ko’rsatmalar, nazorat
raqamlari va limitlarning mavjudligi ayrim olim va mutaxassislar nazarida bozorning rejalashtirish
bilan mos kelmasligi haqida fikr uyg’otishiga sabab bo’ldi. Hattoki, ayrim xulosalar bozor - bu
rejaning aksi deb hisoblashgacha borib yetdi. Natijada bozor munosabatlariga o’tishda
rejalashtirish deyarli yoddan chiqib ketay dedi.
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham
inkor etmaydi va ulardan
avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va
bashorat qilish menejmentning funksiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini
aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq
ehtimoliy xarakterga
ega bo’ladi.
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish
istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning
dastlabki
bosqichidir.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani,
qayerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday
va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va
foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va
kamchiliklar qanchalik kam
bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori
bo’ladi.
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning
u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial
chegarasini belgilab
beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan
tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim.
Muhokama va nazorat savollari
1.
Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning mohiyati nimada?
2.
Bozor sharoitlaridagi rejalashtirish avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik
tizimidagi
rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi?
3.
Xo’jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy tamoyillarini sanab
bering.
4.
Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada?
Rejalashtirish va erkin tadbirkorlik qay tarzda uyg’unlashadi?
http://fayllar.org