Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko’pchilik to’g’ri tushungan va
anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo’lga qo’yish, boshqacha qilib
aytganda pul to’plash yotmaydi, balki o’ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi
o’ringa qo’yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o’ylaganday, bizga o’rgatishganday kapitalist
emas, u tashabbuskor, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo’lgan shaxsdir.
Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi
muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va
normalariga mos kelsa bo’ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan
tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi
bejiz emas.
2021-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 54,9%
ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,5 birlikni tashkil qildi.
2021-yilning yanvar-dekabrida 98,9mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer
va dehqonxo’jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o’tgan yilning shudavriga nisbatan 6,1 foizga ko’p
demakdir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 38459
ta, sanoatda 19285 ta, qishloq, o’rmon va baliqchilikxo’jaligida 11710 ta, qurilishda 6330ta,
yashash vaovqatlanishda 6621 ta, tashish va saqlashda 2642 ta tashkil etilgan.
Kichik biznes (KB)
korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor konyunkturasi
o’zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o’laroq,
atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta’sir ko’rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib
kelmaydi. Kapital sig’imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik
sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot
assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko’proq
muvaffaqiyatga erishadi va
demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi.
Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-
uskunalar tez-tez o’zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik
korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan muhit aynan shundaydir. Boshqaruv
xarajatlarining
nisbatan kamligi, faoliyatning ko’p funksionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez
erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida
ustivor bo’lishini belgilab beradi.
Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi
hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura
yaratuvchi omil sifatida KB
korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadilar.
2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 54,9 %ni tashkil
qildi. (2020- yilning yanvar-dekabrida 55,5 %).
2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar)
eksporti hajmi 3711,2 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 22,3 % ini tashkil
etdi.
2021- yil yanvar-dekabroylarida hududlar bo’yichakichik tadbirkorlik subyektlaritomonidan
amalga oshirilganmahsulot (ishlar va xizmatlar)eksportining jamiga nisbataneng ko’p ulushi
Sirdaryoviloyatida – 76,4 %, Surxondaryo viloyatida – 60,0 %,Xorazm viloyatida – 51,7 %,
Qashqadaryo viloyatida – 51,6%, Namangan viloyatida – 49,6% va Farg’ona viloyatida 49,4% ni,
eng past ko’rsatkich Navoiy viloyatida – 11,9 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar)
importining hajmi 12389,0million AQSH dollariniyoki umumiy importning 48,7% ini tashkil etdi.
2021- yil yanvar-dekabr xizmatlar) importining jami importdagi ulushi, % daoylarida
hududlar bo’yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar
va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida – 89,6 %,
Jizzax viloyatida – 84,4 %, Namangan viloyatida – 78,6 %, Xorazm viloyatida – 74,7 %, Farg’ona
viloyatida 72,6 % ni tashkil etdi. Eng past ko’rsatkich Andijon viloyatida – 13,1 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar-dekabroylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 121719,2
milliard so’mlik sanoatmahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko’p sanoat mahsulotlariishlab
chiqarish hajmi Toshkent shahri (31226,2 mlrd. so’m), Toshkent (14407,4 mlrd. soʻm),Farg’ona
(12746,0 mlrd. soʻm), Andijon (9739,5 mlrd. soʻm) va Samarqand (9691,0 mlrd.soʻm) viloyatlari
hissasiga to’g’ri keldi. Xorazm viloyatida (3003,1 mlrd. soʻm) sanoatmahsulotlari ishlab chiqarish
hajmi eng past bo’lib qolmoqda.
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o’zgartirish, tadbirkorlik
motivatsiyasi tizimini
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik «yuqoridan» berilgan
chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo’lishi lozim.
Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud va ishlab
chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan samarali foydalanishga yo’naltirish muhim. Jahon
tajribasining ko’rsatishicha, aynan ishlab chiqarish yo’nalishidagi biznes tufayli ko’plab G’arb
mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish
va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan.
Shu sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat
uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor
yo’nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo’li milliy boyliklarni ko’paytirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: