Qoraqalpog’iston Respublikasida (9,7 %) aholi jon boshiga real daromadlari o’rtacha respublika
darajasidan past ko’rsatkichni tashkil etdi.
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy
daromadlar tarkibida 65,0 % ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
(yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va
26,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o’zgarishi hisobiga
yuzaga kelgan.
2021- yilning yanvardekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, aholining umumiy
daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,4 % ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hududiy aholi umumiy daromadlaridagi
ulushi turlicha, eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (70,9 %) kuzatildi. Eng kam ulush esa Toshkent
shahrida (48,6 %), Qoraqalpog’iston Respublikasida (53,2 %), Navoiy (56,5 %) va Farg’ona (58,4
%) viloyatlarida qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: