Korxona rejasi
Bajarish muddati
Rejalashtirish predmeti
Rejani bajaruvchilar
Resurslar
Tayyor mahsulot
ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini
aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini olishga imkon beradi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi.
Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi
bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari
hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy
tendensiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul,
noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik
usullar (masalan, ishlab chiqarish funksiyalari usuli), ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili kabi
bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat qilinayotgan
obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi va
tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi.
Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro
aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu natijaviy
belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish hamda
korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning
asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator yetakchi tarmoqlar tomonidan strategik
dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajriba-konstruktorlik ishlarini
amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari –
korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: