2.1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funksiyalari va tarkibi.
Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos
ravishda rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar
doirasi shunchalik
kengayadi. Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi
lozim:
birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;
ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish
lozim;
uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga
ega bo’ladimi;
to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa
sarf-xarajatlar qoplanadimi;
beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi
va boshqa pul tushumlari
ta’minlanadimi.
Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib,
asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib,
korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi.
Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil
o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;
ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash;
mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini
aniqlash;
aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni
aniqlash bilan odatda
korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish haqi
bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga texnik,
texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda
korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash butun
korxona jamoasining vazifasidir.
Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish natijasida aksiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim ahamiyat
kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma narsani ko’proq
biladi» tamoyili keng tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona rivojlanishiga oid bir qator
masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan
foydalanish vazifasi
korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va
uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas.
To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va
ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari
demokratik bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan
qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga yetarlicha
e’tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab
korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda.
Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat uni ma’lum bir darajada
bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli
ravishda bashorat qilish
jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy
xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim,
iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish
ehtimoli darajasi baholanadi.
Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ikkita muqobil
yondashuv emas, balki xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini to’ldirib turuvchi
bosqichlari bo’lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli har
bir holatda bashorat qilingan ko’rsatkichlardan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga o’tish
ta’minlanishi lozim bo’ladi.
Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy,
ijtimoiy, demografik va boshqa turlari
ajratib ko’rsatiladi. Ko’pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, texnik-iqtisodiy
va hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday holatda ham obyektiv jarayonlar talablariga
maksimal darajada mos kelishi kerak.
Rejalashtirish tizimining dastlabki bo’g’ini sifatida bashorat qilish korxonaning ichki
faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga hal qilib
bo’lingan, biroq amaliyotda qo’llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion muammolar; istiqbolda
yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan materiallar, texnologik jarayonlar,
asbob-
uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi tufayli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni
aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan muammolar, o’tkazilayotgan tadqiqotlarni baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonaning kelajakda t - yildan so’nggi holatini bir maqsadli
bashorat qilishni uning
faoliyati o’zgaruvchi ko’rsatkichlarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qiymatlar modelini
navbatma-navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin (В):
Dostları ilə paylaş: