1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


-MAVZU: Intellekt psixodiagnostikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə28/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
6594 Majmua

13.14-MAVZU: Intellekt psixodiagnostikasi
Reja:



  1. Intellekt koffitsienti haqida umumiy tushuncha.

  2. Ch. Spirsmen, L.Terstaun, G.Gardner va boshqalar nazariyasi.

  3. Intellekt testlarning asosiy hususiyatlari. Strukturali, shkalali va progressiv matritsali testlar.

4. R.Amtxauer intellekt strukturalari testi haqida.
5. D.Vekslerni intellekt shkalalari haqida. J.Raven progressiv matritsalari testi. Maktab aqliy taraqqiyoti testi


Tayanch tushunchalar: intellekt, intellektuallik,individual xususiyatlar, aql, qobiliyat, iste’dod, insayt, Veksler shkalasi, verbal shkala.

Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar


1921 yilda o’n yetti nafar amerikalik psixologga quyidagi uch savol bilan murojaat qilingan: Intellekt o’zi nima? Intellektni guruh sinovlari orqali qay darajada o’rganish mumkin? Intellektni o’rganishdagi keyingi qadam qanday bo’lmog’i lozim? Natijada ikkita bir-biriga o’xshash bo’lgan javob olinmagan. Bu hol bugungi kunda ham takrorlanadi, deyish qiyin-u, ammo hozirgi psixologlarga ham shu savollar berilsa, bir-biriga o’xshash javoblar olish qiyin. Shunday qilib, intellektni aniqlashda yetarli qiyinchiliklar bilan to’qnash kelamiz. Quyida esa intellekt bo’yicha asosiy yondoshuvlarni keltirishimiz mumkin: Intellekt – bu intellektual testlar orqali aniqlanadigan jarayon.
Intellekt – bu umumlashtirilgan ta’lim olish qobiliyati. Intellekt – bu majoziy abstrakt fikrlash qobiliyati. Intellekt – bu murakkab muhitga moslashuv, unda o’zini tutish samaradorligini ta’minlaydigan jarayon. Bu ta’riflarni chuqurroq ko’rib chiqamiz. Birinchi ta’rifni birinchi bo’lib Edvin Boring (Boring) taklif etgan. Bu nuqtai nazar intellektni tushunishda yagona yondoshuv yo’qligidan darak berar edi. O’lchov vositasi orqali intellektga ta’rif berish uning tarkibiy tahlilidan voz kechish sifatida qabul qilingan. Intellektga bunday ta’rif berish orqali tadqiqotchilar, yuzaki ma’noda aqliy holat, balki inson hayotida kunda hal qilinadigan masalalarga o’xshash turli masalalarni yechishga imkon beradigan aniq intelekt holda borayotganini yoritib berishga intilganlar.
IQ testlar yordamida namoyon bo’ladigan psixometrik sifatlar asosida intelektga ta’rif berish osonroq, shuning uchun qam foydalanishga qulay. Birinchi qarashda u sodda va oddiy ko’rinadi, lekin aslida unday emas. Intelekt testlari Xudo ko’ngilga solganday tuzilmaydi: ular tabiat qonun qoidalariga asoslanadi, masalan, ijobiy turli-tumanli, sinaluvchilarni tabiati qay darajada ajralib tursa ham, test sinovidan o’tkazilganda ijobiy taraflari aniqlanadi. O’zaro testlardagi aloqalarda, umumiy yakunlik aniqlanadi, bu birga teng, bu umumiy kuchli omil borligidan darakdir (Ayzenberg).
Intellektni eng qadimiy tushunchasi, bu ma’lumot olishga qobiliyatdir. Lekin bunda biz intellektni insonning bir taraflama o’qish, ma’lumot olish qobiliyatini bog’lab qo’yamiz. Bu masalani ko’rib chiqib, Anastazi savol beradi: nimani o’rganish, nimadan ma’lumot olish? Va o’zi javob beradi, bizning tushunchamizda bu maktabda ma’lumot olish bilan bog’liqdir. Ko’p ilmiy izlanishlar intellektni aniqlash testlari ma’lumotli bo’lishdagi muvafaqqiyatlar bilan bog’liq (korrelyasiya koeffisiyenti 0,50 ga teng, bog’liqlik boshlang’ich sinflarda balandroqdir, keyin esa sekin asta pasayish kuzatiladi). O’qitilishda qo’yilgan baholar, uning jarayonini emas, natijasini aniqlab beradi. Intellekt testlari ham, maktab baholari ham, insonni hayotiy vaziyatlarda qay darajada o’zini tuta bilishini aniqlab bera olmaydi. Intellektni ma’lumot olish qobiliyati bilan tenglashtirib bo’lmaydi, chunki intellekt bu rivojlangan fikrlash qobiliyatidir. Shuningdek, uni abstrakt fikrlash qobiliyatiga ham tenglashtirib bo’lmaydi.
Kognitiv psixologiyada esa bu masalalarni yechishga tenglashtirilib o’rganiladi. Intellektni abstrakt fikrlash qobiliyati cheksiz hisoblanib, uni intellekt testlari bilan o’lchab bo’lmaydi. Hozirda intellektning moslashuv faoliyati ko’proq tarafdorlarini topayapti, Piaje (Piaget) uchun intellekt mohiyati muhit bilan organizmni moslashuvi, rivojlanish esa bundan ham ko’proq moslashuvda (adaptasiyada) namoyon bo’lishi demakdir. Vernon (Vernon) shaxsning intellekti, uning xulq-atvorining egiluvchanligi va murakkabligi, hayot davomida shakllangan xulqiga mosdir, deb ta’kidlaydi. Intellektni shaxsning atrof-muhitdan alohida ta’riflab bo’lmaydi. Atrof-muhit bilan bog’liqlik oddiy moslashuv emas, balki faol harakatdagi bog’liqlik sanaladi. “Intellekt tushunchasi individning faol harakatlari va o’rab turgan atrof-muhit bilan o’zaro aloqalari samaradorligi oqibatida belgilanadi”. Intellektning bunday tushunchasini, ma’lumot olishga bo’lgan qobiliyat, abstrakt fikrlash yoki boshqalar emas, balki rivojlanib kelayotgan bir jarayon deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Intellekt – natija emas, balki jarayondir. Bu yuzadan muhokama qilingan masalalarning barchasi nazariy xarakterga ega. Bizni esa avvalo intellektni o’lchangani qiziqtiradi. Bir necha yillardan beri nazariy izlanishlar natijasida endi amaliyotda intellektning o’lchovlarini aniqlash imkoniyati paydo bo’ldi. Binening intellektni aniqlash testlarining amaliy va nazariy bahosi qay darajada past bo’lmasin bu fikr metodologik tamoyil va kelajak uchun ahamiyati kattadir. Shunday qilib, intellekt testlar asosida o’lchanadi. Ular o’zi nima?
Intellektni o’lchaydigan testlar va ularning turlari
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, testlarning kuchli sinfi ongni o’lchovchi xususiyatiga ega emas. Bugungi kunda o’zimizning va xorij adabiyotlarida ham quyidagi iboralar ishlatiladi: omma va ko’pchilik qo’llaydigan – “intellekt testlari” (intellegence tests) yoki uning eskirmagan turi – “aql testlari” (mental tests). Bular bilan birgalikda quyidagi turlar ham ishlatiladi: “maxsus qobiliyatlar o’lchaydigan testlar” (special abilities tests ili attitudes tetst), “umumiy intellekt testlari” (general tests) yoki sinonim sifatida “umumiy qobiliyat testlari” (abilities tests). Umuman olganda tarixan testlar umumiy intellektni o’lchash, qobiliyatni o’lchashga bo’lingan va bugungi kunda bu “kognitiv testlar” kabi yangi klassifikasiyalarga ehtiyoj yo’q. Testdagi topshiriqlarga qarab, ular quyidagicha turkumlanadi: verbal (masalan, so’zlar klassifikasiyasi testi) va noverbal (masalan, Raven matrisalari). Bundan tashqari, intellekt testlari individual (masalan, Veksler shkalasi) va guruhiy (masalan, Alfaning harbiy xizmat testi)ga bo’linadi. Aytib o’tilgan turli xil testlardan tashqari, spesifik populyasiya testlari gohida ajralib turadi. Bu testlar chaqaloqlar, jismoniy nosog’lom va har xil madaniyatga bo’linuvchilar uchun mo’ljallangandir.
Psixodiagnostikani kompyuterlashtirish intellektning moslashtirilgan testlarini vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Psixodiagnostika tarixidan ma’lum bo’lishicha, psixometrik intellekt bugungi kunda ikki maktab: ingliz va AQSh maktabi namoyondalari ishlarida ko’rinadi. Intellektni o’rganuvchi testlarda umumiy baholash har xil mashqlarga qarab o’lchanadi, ularda sinaluvchilar intellektning bir-biri bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan guruhiy test mashqlarini bajaradilar. Oxirgi o’n yil ichida Sharqda mashhur nazariya yuzaga keldi, unga ko’ra intellekt davom etuvchi va krisstallashgan (maktab miqyosida, umumiy intellekt testlarini tan oluvchi) bo’ladi. Yuqoridagi komponentlarga qarab testlar mavjud va ularning hammasi intellektni o’lchaydi.
Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi
Spirmen tadqiqotlarida bir guruh har xil ko’rsatgichlar bir-biri bilan bog’liq va bir qobiliyatni aniqlaydi. Buni guruhiy omillar deb nomlashdi va ular barcha qobiliyat ko’rsatgichlarida mavjud emas, balki ko’proq yoki kamroq chegaralangan guruh testlar uchun umumiydir.
Intellekt omillarining iyerarxik modeli
Shu asosda ingliz psixologi Vernon intellektni tabaqalanish nazariyasiga o’z hissasini qo’shdi. Eng yuqorida bosh omil turadi (Spirmen tomonidan ochilgan), undan so’ng keng qamrovdagi guruhiy omillar verbal-ta’lim (v:ed) va amaliymexanik (k:m) intellektlar joylashadi. Bu omillar yana bo’linishi mumkin, masalan, verbal-ta’lim – verbal va hisoblash subomillari, amaliy-mexanik esa mexanik-ma’lumot, fazoviy va manual (so’zma-so’z paypaslash) subomillardan iboratdir (9.3.1-rasm). Pastki darajalarda maxsus omillar joylashgan. Ko’p ingliz psixologlari shu nazariyani o’z izlanishlarida asos qilib olganlar. Zamonaviy Stenford-Binening testlar nazariyasi bunga misoldir (9.3.2-rasm). O’z davrida Gans Ayzenkning mashhur asarlarida esa bu nazariya shaxsga xos xususiyatlarni ifodalashda qo’llanilgan.
Intellektning Terstoun modeli
nson qobiliyatini tabaqalash va pog’onalashda bosh omilning asosiy deb topgan ingliz olimlarini nazariyalarini amerikalik psixologlar tan olishmadi, ular asosiy urg’uni guruh omillariga berishadi. Bunga amerikalik psixolog Kellining “Inson tafakkuri chorrahalari” (1928) asari asos soldi, bu asarda u Spirmenni nazariyasini tanqid qildi. Testlar orasidagi aloqalarni guruh omillari: atrofiy munosabatlar, sonlar bilan operasiyalar, eslash va fikrlash tezligidir. Kellini davomchilaridan biri Terstoun bo’lib, u intellektning multiomil nazariyasini yaratdi.
“Sodda tuzilma” nazariyasi bo’yicha insonni ko’rish qobiliyati zaiflashgan bo’lsa, bu unga qadam bosishi uchun xalaqit bermaydi, bundan kelib chiqadiki, miyaning u yoki bu vazifalari insonga barcha vazifalarni yechish uchun emas, balki ba’zilarini yechishi kerak. Shu “Sodda tuzilma” tamoyilidir. Shunday qilib, aqliy operasiyalar guruhni tashkil qiladilar va ular uchun birlamchi omil mavjud .
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1,2,4,5 testlarda uchadan guruh omillari, 3 va 6 testda esa – ikkita omil ta’siri kuzatiladi. Terstoun avvaliga Spirmenning bosh omil nazariyasini butunlay yoqlamagan.
Intellekt koeffisiyenti (IQ)ni ishlatish zaruriyati yo’q deb hisoblagan. Birlamchi omillar bilan intellektni o’lchashni yoqlagan. Ammo bu ikkala olimning nazariyalarida umumiy katta farq sezirmaydi. Spirmen va uning tarafdorlari o’z izlanishlarida tajribalarni kichik maktab yoshidagi bolalarda o’tkazishgan va buni hisobga olish lozim. Shuning uchun bu nazariyalarda omil Q ga urg’u beriladi. Ulardan farqli o’laroq Amerika olimlari kollej talabalarida sinovlar o’tkazishdi. Endi tajribalarda guruh omillariga ko’proq ahamiyat berildi va natijada o’ziga xos simptom komplekslar ham ajralib chiqdi.
Intellektni o’rganish bo’yicha Amerika va Ingliz maktablarining qarashlarini ikkinchi darajali omillar yordamida yaqinlashuvini 1940 yildayoq R. Kettel belgilab bergan. Keyingi ishlarida Terstoun Spirmenning bosh omiliga o’xshash omilni mavjud ekanligini tan oldi. Ikkinchi tarafdan Spirmen ham Terstounning natijalari bilan o’zaro fikr almashdi, ammo amalda ular o’z fikrlarida qolishdi. Keyinchalik Terstounning nazariyasini yorqin namoyondasi bo’lib Gilford yetishib chiqdi.
Intellektning Gilford modeli
Amerika psixologi Gilford (Guilford)ning nazariyasida omil intellekt modelining tasdig’idir, lekin uning qurish asbobi emas. Bu model uch o’lchovga va ularni bir-biriga nisbatiga o’zgarishiga asoslangan va har xil intellektual qobiliyatni aniqlaydi. Intellekt omili bir sohada o’tkazilgan intellektual operasiyalar turi va undan hosil bo’lgan natija turkumidan iborat (9.5.1-rasm). Gilford intellektual modelning birlamchi o’lchovini besh xil turdagi operasiya orqali asoslashga harakat qilgan va ular quyidagilar: ma’lumotni tushunish – (C); eslab qolish (xotira) – (M); divergent fikrlash – (D) konvergent fikrlash (berilgan ma’lumotlardan mantiqan afzalroqlarini ishlab chiqarish) – (N) asoslangan xulosa chiqarish va baholash (ma’lumot birliklarini solishtirish va baholash) – (E). Mutaxassislarning fikricha, ikkilamchi o’lchov – berilgan atamalarni mazmun va mohiyati izohlash orqali aniqlanadi. Unga ko’ra: berilgan informasiya obrazli – (F); ramziy – (S); semantik – (M); xulq-atvorli – (B) bo’lishi mumkin.
Uchinchi o’lchov. Bu ma’lum intellektual operasiyani konkret mazmunga qo’llanilishi natijasida paydo bo’lgan hosiladir. Natijalar quyidagi alohida elementlar: birliklar – (U); sinflar – (C); munosabatlar – (R); sistemalar – (S); transformasiyalar – (T); implikasiyalar – (I) kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Shunday qilib, olimlarning olib borgan ilmiy izlanishlari asosida 120 xil (5Ch4Ch6) intellekt omillari mavjudligi taxmin qilinadi va ularning har biri quyidagi uch shartli belgilarni o’z ichiga qamrab oladi: operasiya tipi; axborot berish formasi; olingan natija. Yashirin obyektlarni aniqlash CFU belgisi bilan belgilanadi (operasiya – topish va aniqlash mazmun – obrazli natija – birlik, element ma’lumot). Boshqa insonni xulq-atvorini baholash qobiliyatini CBI oxirgi paytgacha 88 omil aniqlangan va ularni aniqlash testlari ishlab chiqarilgan. Bir qarashda, bu ma’lumotlar intellektni umumiy omili mavjudligini tasdiqlamaydi. Ammo, qo’lga kiritilgan natijalarni to’g’ri deb hisoblasak ham 76% r>0, mustaqil intellekt omillari ajratib olingan. Shuning uchun bu model o’zgarishlar ko’pligini yoki noldan ortiqligini tushuntirib bera olmaydi. Gilford tomonidan fanga kiritilgan nazariy tushunchasi intellektning bir qator mustaqil qobiliyatlarga turlariga bo’linishiga olib keladi.
Ayzenkning intellektual modeli
ngliz maktabining atoqli nomoyondalaridan biri Ayzenk (Eysenck), Gilford tomonidan kiritilgan chizmaning ayrim elementlaridan foydalaniladi. Uning modeli chizmasi ham kub shaklida bo’lib, har tomoni har xil nomlanishlar bilan belgilangan va quyidagi ko’rinish hosil qilgan: intellektual jarayonlar (fikrlash, xotira, qabul qilish); test materiallari (verbal, atrofli); “sifat” (intellektual jarayonlari tezligi va kuchi). Aniqlanishicha, intellekt kuchi vazifani bajarishdagi o’ta qattiq hafsala bilan bajarish va xatolarni tekshirishga moyillikdan tuziladi. Gilfordning operasiyalarini o’zining “intellektual operasiyalari” o’xshashligini Ayzenk o’zi ham tasdiqlaydi. “Test materiallari” va “mohiyat” kategoriyalari ham o’xshashdir. Faqat “fikrlash natijasi” kategoriyasi o’rniga avtor “sifat” kategoriyasini kiritadi. Ayzenk umumiy omil mavjudligini inkor qilmagan holda o’zining modellari Qomil (Spirmenni) va birlamchi omillar (Terstounni) va IQ ni tezlik, qattiq xafsalalik va xatolarni tekshirishga loyillik deb asoslaydi. Ayzenkning fikricha “Bugun bu model eng effektli va eng yaxshi” (Eysenck).
Ayzenkning intellektual modeli
Ayzenkning nomi uzoq vaqt davomida ingliz intellekt tadqiqotchilari orasida
Psixometrikaga asoslangan testlar qollaniladigan aniq metodikalardan farq qiladi. Bu testlam i ishlab chiqishda asosan bolaning psixik taraqqiyoti darajasini aks ettiruvchi. o ‘rnatilgan m e’yordan chetga chiqishlar, tengdoshlar guruhini taqqoslovchi miqdoriy k o ‘rsatkichlarga e ’tibor beriladi. (V.M .Bleyxer, L.F.Burlachuk, 1978). Ularning m urakkabligi bir xil yoshdagi sinaiuvchilam ing katta guruhlarida am alga oshiriladi (V.V.Stolin, A.G.Shmelev, 1984). Bolalarni tekshirishga m oijallangan xorijiy testlar asosan BineSimon Stenford-Binening aqliy taraqqiyot shkalalari tipi bo‘yicha tuzilgan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin