Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh
Ijtimoiy ta’lim-tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ta’lim-tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bulib kelgan. SHubilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliyahamiyatga ega. CHunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy vaumumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lugaviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib,ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kddriyatlar,u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini mobaynida olimlarning diqqat markazida bulib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifava maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy vaumumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uninglugaviy ma’nosidan ancha kengdir. SHuni hisobga olib,ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kddriyatlar,u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarinirivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlaridaamalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.Boshqa suzlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiytarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgansharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlarindividual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq vashu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidannisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar,o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish,ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ulargaindividual yordam ko‘rsatish.Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larningmaishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruzdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi.Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma vava qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxdargategishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs debqisoblashlariga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiytarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim vako‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi
Ijtimoiy va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko’nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o’ z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun qam bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor,pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bulib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshirok, o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qullashga intilishlari aynanularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda — juda zarur buladi.Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga etkazish, ijtimoiy kunikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.