1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


-MAVZU: BOLALIK –INSONNING IJTIMOIY HAYOT ME’YORLARINI EGALLAY BOSHLASH DAVRI



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə15/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

4-MAVZU: BOLALIK –INSONNING IJTIMOIY HAYOT ME’YORLARINI EGALLAY BOSHLASH DAVRI.

Reja :
1. Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.
2. Ijtimoiylashuv omillar - bola rivojlanishiga taʼsiri.
3. Ijtimoiy jarayonida muhitning oʼrni.

Tayanch tushunchalar: g‘urur, vijdon, shaxs ,ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, Individuallik, ilg‘or o’zbek pedagogik g‘oyasi.

Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga kunikishiga yordam beruvchi turli ko’nikma va malakalarni o’zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida uz aksini topuvchi nihoyatda ko’p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o’zlashtirib boradi, shuning uchun qam bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bulib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshirok, o’zlashtirishlari, ularni hayotda qullashga intilishlari aynan ularga bog’liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog’liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o’zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko’nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo’lganda — juda zarur buladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish, ijtimoiy kunikma va malakalarni shakllantlim deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy mobaynida olimlarning diqqat markazida bulib kelgan. SHu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. CHunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lugaviy ma’nosidan ancha kengdir. SHuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kddriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini ob’ekti rivojlanish tarixi rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa suzlar bilan ifodalaydigan bo’lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruzdagi o’z-o’zini boshqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikro guruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o’z-o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yulini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish vatarqatish, o’z-o’zini shakllantirish ga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o’z-o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog’liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farkdanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog’liq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko’rinishga ega. CHunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guru\lar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb qisoblashlariga bog’liq. O’zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi. Maktabgacha yosh davrda “me’yor” va “me’yordan og’ish” tushunchalari. Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular uz jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Ular doim bir guruhbo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan. Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega bo’lgan kishilarning jamiyatga integratsiyalashuvi kontseptsiyasi amalga oshirilmokda. Mazkur kontseptsiyaga ko’ra, bu odamlar \am jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida krraladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni bugun dunyoda, shu jumladan, Uzbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmokda. SHuning uchun bunday odamlar, avalambor, bolalarning ko’payishini reja asosida ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada "me’yor” tushunchasining o’z ko’rsatkichlari va me’zonlari mavjud. Me’yorga mos kelmaydigan jihat — “og’ish”, ‘‘chetga chiqish” deyiladi. Ijtimoiy pedagogika uchun '‘me’yor’' va "me’yordan og’ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo’llanadi. Og’ish ham ijobiy, ham salbiy tavsifga ega bulishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, o’ta qobiliyatlilik ham me’yordan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Og’ish turlari. Me’yordan chetga chiqishni shartli ravishda to’rt guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va ijtimoiy. Quyida ularga batafsil to’xtalib o’tamiz. Me’yordan jismoniy og’ish, avvalambor, inson sog’ligiga bog’liq. Sog’likdagi og’ish irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar og’ir ek ologi k vaziyat, ichim lik suvining sifatsizligi, oila hayoti darajasining pastligi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning xilma xil tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch bo’g’ini shkalasining britancha variantini qabul qildi:
1) kasallik, xastalik — ruhiy yoki fiziologik funktsiyalar, anatomik struktura unsurlarini qar qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;
2) cheklangan imkoniyat — inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo’qogish yoki cheklab qo’yish;
3) nogironlik yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib, insonning biron-bir faoliyatni bajarishini cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.
G’arb davlatlarida "imkoniyatlari cheklangan shaxs’’ tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bulgan bolalar kiradi. SHuningdek, “nuqson” tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning to’rt turi: ruhiy, jismoniy, murakkab va og’ir turlari mavjud. Jismoniy nuqsonlarga inson organining faoliyat yurgizishiga yoki rivojlanishiga halaqit beradigan doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek, har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi. Ruhiy nuqsonlarga insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik kiradi. Bularga nutq va miya faoliyatining, shuningdek, aqliy rivojlanishning buzilishlari xosdir. Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruxiy kamchiliklarni uzida mujassam etadi. Og’ir nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan shunday nuqsonki, bu nuqson mavjud bulgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning iloji umuman bo’lmaydi. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlariningbuzilishlari kiradi. Ruhiy og’ishlar, avvalambor, bolaning aьushy rivojlanishi hamda ruhiy nuqsonlariga bog’liqdir. Bu turdagi og’ishlarga ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi va oqibatda, bolalarning ak^iy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohati asosida paydo bo’ladi. Bolalarda akushy qolok^ik turli darajada yengil aqliy zaiflikdan, chuqur — tentaklikkacha namoyon buladi. Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsional-irodaviy sohadagi faoliyatning buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm (yunoncha aytos — o’zim)
— muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish) kabilarni keltirish mumkin. Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi.
Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab, balki faoliyat mahsullari tavsifga qarab ham belgilanadi. Pedagogik og’ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsaddarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solishda turli me’yorlar qo’llanilmokda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek, o’quvchi intilayotgan maqsadparga tegishli. Bularga qo’shimcha qilib, ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining me’yorlarini ham kiritsak buladi. Ta’lim olinishi yoki olinmasligi me’yorlari haqida nihoyatda, aniqpik bilan gapirsa buladi. Turli sabablarga kura ta’lim ololmagan bolalar ham mavjud bulib, me’yordan bunday ogishlarni “pedagogik og’ish” desak buladi. Umumiy ta’lim olmagan, maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang’ich maktabni tugatgan, umumiy urta ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bunday holatlarni yuzaga kelishining sabablari talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmalar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lgan bolalar soni ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olish mayotganining yana bir qancha sabablarini keltirish mumkin. Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklariniam ta’kidlab o’tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular yetuk mutaxassislar qo’l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qaerda yashashiga (qishloqyoki shaharda) va qanday oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’lig’ida muammosi bor bolalar uchun ta’lim uyda individual tarzda beriladi. Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik kasbiy ta’lim olishlari bilan bog’liq. Ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli, biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bunday bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohdsida o’zlarini sinab ko’rish xohishlarining yo’kigi birlashtiradi. Bu holatdagi og’ishni yengib o’tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar paydo bo’ladilar. Ijgimoiy og’ishlar “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan bog’likdir. Ijtimoiy me’yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xul qatvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan tartib-qoi dal ari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me’yor kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir. Bolalar uchun ijtimoiy me’yorlarning uziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida ijtimoiy me’yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirishning sodir bo’lishidadir. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy samaradorligi ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir. Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida yetarlicha ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorningsabablari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq. O’zbekistonda bunday bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoeda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga tulgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosasini inobatga olgan holda maxsus maktab

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin