Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org
Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida. So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalari ning o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmokda. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu bilan birga, ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylash uv bilan almashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishmokda. YAna bir guruh olimlar ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlar shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi, deb hisoblashadi.Qarashlar bir-biridan ma’lum darajada farq qilgani bilan, tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini \ammatan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bulishi, uni ijtimoiylashuvdan farkdaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni echishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bulib, bunda inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya tor ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir. CHunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan buladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. SHunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rilishi mumkinligini sabab kdlib ko‘rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hech qaysi biri tarbiya mazmunini alohida olgan qolatda to‘liqochib bera olmaydi. Quyida tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini o‘zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi keltirilgan. Birok,unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A. V. Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya — insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan. Tarbiya ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farkdi ravishda, doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, boshqa omillarningo‘rnini na to‘liqto‘ldira oladi, na bekor qila oladi. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijgimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon — o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga eqtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan, insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. SHuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) o‘zaro ijobiy ta’siri natij asida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi. Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni bola tom onidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muxitning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini engishi kerak buladi. Agar ijtimoiy muhit sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik holati sodir bo‘ladi. Bunday qollarda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, uning aksi — dezadaptatsiya ro‘y beradi. Bunday qolatda esa bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tutiladi.