1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə22/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko‘zda tutadi.


  • Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.

    Gumanizm” va «insoniylik” so‘zlari lotincha «humanus” so‘zidan kelib chiqib, «insoniy” degan maʼnoni bildiradi.


    Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini tushunamiz


    G umanizm prinsipi.
    Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi SHarq Uyg‘onish davri va g‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga etdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi.

    Gum Gumanim insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
    Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga, hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qo‘riqlashga bo‘lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda o‘z o‘rnini topishda, jamiyatga «kirishi”da, shu jamiyatda o‘zini to‘la ko‘rsata olishida yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

    Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:


     bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo‘lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bo‘lish;
     har bir bolaning o‘zicha bo‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bo‘lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo‘lish emas, balki o‘zicha bo‘lish huquqini tan olish;
    • bolaga o‘ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, «Men o‘zim” tutgan o‘rnini, o‘z muammolarini o‘zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam ko‘rsatish;
    • shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo‘lgan rahmdillikni tushunish;
    • muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo‘lishi tizimi o‘ylab chiqilishi lozim.



    Yüklə 298,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin