bilishga urinish. Shuning uchun ham barcha fanlar
bizning bilmaslik haqidagi
bilimimizdan, muayyan narsani bilmasligimizdan boshlanadi».
95
Muammo ilmiy bilim tizimida bilib olinmagan
va hal qilinishi mumkin
bo‘lgan bilish shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror izlanish sohasiga oid
yangi dalillarni to‘plagan, lekin bu dalillarni avvaldan mavjud eski bilimlar asosida
izohlashi mumkin bo‘lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig‘may,
o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi.
Muammoning
tug‘ilishi va qo‘yilishi ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim tomonlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: