1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Ilmiy izlanish odatda tadqiqot mavzusini aniqlashdan boshlanadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Ilmiy izlanish odatda tadqiqot mavzusini aniqlashdan boshlanadi

Tadqiqot mavzusi dolzarb muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. 
Tadqiqot mavzusi ijodkordan mustaqil izlanish olib borishni, muammoni qo‘ya 
olishi uni hal etishning o‘ziga xos yo‘llarini izlab topishni talab qiladi.
Tadqiqot ishlari (magistrlik, nomzodlik (PhD), doktorlik (Sn)) quyidagi 
talablarga javob bermog‘i lozim:
1.
Muammoni, tadqiqot mavzusini aniqlash;
2.
Mavzuni dolzarbligini mantiqiy dalillar bilan asoslash.
3.
Muammoga taalluqli ishonarli ilmiy xulosalar chiqarish.
4.
Ilmiy tadqiqot shu muammoga doir boshqa ishlardan o‘zining tuzilish, 
mazmuni, bajarilish usullari, originalligi bilan ajralib tursin.
5.
Ilmiy tadqiqot mavzusi oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ishlar bo‘yicha 
tasdiqlangan rejalarida ko‘rsatilgan kompleks muammo doirasida bo‘lsin. Bu, 
birinchidan, ilmiy ishlarda mayda-chuyda mavzular bilan o‘ralashib qolishning 
oldini olishga, ikkinchidan esa, ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi qaytariqlar, 
mavzudagi takrorlanishlarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
2. Ilmiy tadqiqotning olib borilish. 
Tadqiqotchi ilmiy ishlarni boshlashi uchun dastavval kafedra tomonidan 
ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan ish rejasiga ega bo‘lashi lozim.
Mazkur rejada 
mavzu, undan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, ishning strukturasi (boblar, 
paragraflar, ularning nomlanishi) kutilayotgan natija o‘z ifodasini topishi kerak.
Reja asosida tadqiqotchi
mavzu doirasida mavjud adabiyotlar bilan 
tanishadi, tadqiqot uchun material to‘playdi. Tadqiqot materiallari deganda, mavzu 
doirasida avval olib borilgan izlanishlar, boshqa mualliflarning fikrlari tahlili, 
statistika ma’lumotlari, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniyma’naviy 
hayotiga doir aniq dalillar va boshqalar nazarda tutiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin