10-Mavzu: Mavzu: Ilmiy tadqiqotda tushunish va tushuntirishning axamyati Rejasi :
1. Tushunish va uning bilish bilan o‘zaro nisbati.
2. Ma’no tushunchasining tahlili.
3. Semiotika, simvol va dialog.
4. Tushuntirishning rasional hamda irrasional
Tayanch so‘zlar: Ilmiy faoliyatni tashkil etishda mavzuning
moxiyatini tushunishning ahamiyati. Tushunishning turlari, tiplari va
darajalari Tushunishning ikki muhim jihati: sikllilik va germenevtik
doyra tamoyili. Ilmiy tadqiqot da matn ma’nosini tushunish va undan
foydalanishning ahamiyati. Yozma va og‘zaki matn ma’nosini tushunish
ilmiy tadqiqotning muhim sharti. Matnning yashirin ma’nosini
tushunishning ilmiy tadqiqot uchun zarurati.Simvol tushunchasining
moxiyati. Simvollarni tugri belgilash va ularda ma’noni ifodalashning
zarurati.
Simvolning
shakllari.
Semiotika
-
belgili
tizimlarni
o‘rganuvchi fan.
1. Tushunish va uning bilish bilan o‘zaro nisbati. Tushunish va uning bilish
(va tushuntirish) bilan o‘zaro nisbati muammosi ko‘pdan beri muhokama qilinadi.
U bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va ko‘p jihatdan bahslidir.
Masalan, Diltey tushunishni matn muallifining ma’naviy dunyosiga kirish sifatida
tavsiflagan bo‘Isa, Xaydegger uchun tushunish insonning borliqqa o‘ziga xos
munosabati, insonning dunyoda mavjud bo‘lish usulidir. Gadamer fikriga ko‘ra,
o‘tmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining o‘zini tushunishi bilan uzviydir.
Shu sababli tushunish predmetini muallif matnga joylagan ma’no emas, balki
mazkur matn orqali anglab yetilishi lozim bo‘lgan moddiy mazmun («ishning
mohiyati») tashkil etadi. Bunda, Gadamer fikriga ko‘ra, har qanday tushunish til
muammosidir: unga «til mediumi»da erishiladi (yoki erishilmaydi) va isbotlashni
taqozo etmaydi.
Hozirgi adabiyotlarda tushunish turlari, tiplari va darajalarining har xil
tasniflari mavjud. Masalan, G.I.Ruzavin tushunishning uch asosiy turini farqlaydi:
Dialogda til vositasida aloqa qilish jarayonida yuzaga keladigan tushunish.
Tushunish yo tushunmaslik natijasi bu erda suhbatdoshlar o‘z so‘zlariga qanday
ma’no yuklashiga bog‘liq.V) Bir tildan boshqa tilga tarjima qilish bilan bog‘lfq
tushunish. Bu erda o‘zga tilda ifodalangan ma’noni ona tili so‘zlari va gaplari
yordamida ifoda etish va saqlash nazarda tutiladi.
V) Matnlami, badiiy adabiyot va san’at asarlarini, shuningdek odamlaming
turli vaziyatlardagi qilmishlari va harakatlarini talqin qilish bilan bog‘Iiq tushunish.
Bu yerda ma’noni intuitiv tushunishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bu tushunishning
birinchi darajasi. Tushunishning ikkinchi darajasi tadqiqotning boshqa, xususan,
mantiqiy-metodologik, aksiologik, kulturologik vosita va metodlarini j alb qilishni
taqozo etadi
63
.
Tushunish to‘g‘risida so‘z yuritganda, yana ikki muhim jihatga e’tibomi
qaratish kerak: