1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Tushunish jarayoni sodir bo‘lishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Tushunish jarayoni sodir bo‘lishi 
63
Qarang: Рузавин Г.И. Методология научного исследования. -М.. Прогресс, 1999. -С.214-215. 
393 


uchun quyidagilar zarur: har qanday tabiatli matnda ifodalangan predmet; unda 
ma’noning mavjudligi; mazkur ma’no to‘g‘risidagi dastlabki tasawur; matnni 
talqin qilish, ya’ni matnning mazmunini tushunish; talqin qiluvchida o‘z-o‘zini 
tushunishning mavjudligi’, muloqot, aloqa; «til stixiyasi»; dialog yuritish 
qobiliyati; o‘z flkrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga so ’z 
berish, uning aytganlarini hazm qila olish; ayni bir matn (unga muallif yuklagan 
ma’nodan tashqari) bir nechta ma’noga ega bo‘lishini nazarda tutish; matnning 
predmet mazmunini hozirgi davrning madaniy tafakkuri tajribasi bilan bog ’lash.
 
Tushunish jarayoni insonning o‘zini qurshagan olamni bilish jarayoni bilan 
uzviy bog‘liq, ammo bunda inson faqat bilish faoliyati bilangina cheklanmaydi. 
Tushunish muammolari bilish nazariyasi masalalarini chetga siqib chiqara olmaydi, 
ular keng ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan bilish va predmetli-amaliy faoliyatning 
dialektik birligi asosida tahlildan o‘tkazilishi lozim. 
Tushunish tavsiflash, tushuntirish va talqin qilish bilan bir qatorda, ilmiy bilim 
faoliyatining asosiy muolajalariga kiradi. Tushunishni tadqiq qilishga nisbatan ko‘p 
sonli yondashuvlar mazkur jarayon uni boshqa intellektual jarayonlar va 
gnoseologik operatsiyalardan ajratadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham tushunishni bilishga o‘xshatish («tushunish - 
tushunchalami mantiqda ifoda etish demak») yoki uni tushuntirish muolajasi bilan 
(garchi ular o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da) aralashtirish mumkin emas. Ammo tushunish 
jarayoni ko‘pincha anglab yetish, ya’ni inson uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan 
narsalami aniqlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham «tushunish 
ma’nolardagi real harakat, mazkur ma’nolarga amalda egalik qilish sifatida har 
qanday bilish faoliyatining ajralmas qismidir»
64
, degan fikrga qo‘shilish lozim. 
2. Ma’no tushunchasining tahlili. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin