Tushunishning ishtirokisiz
muomalani
davom ettirish,
harakatlami
muvofiqlashtirish, anglanilgan xatti-harakatni amalga oshirish va ta’sir
o‘tkazishning imkoni yo‘q. Tushunish keng ko‘lamdagi fanlar (psixologiya,
filologiya, filosofiya, sosiologiya, tarix) tomonidan tadqiq etiladi. Tushunish
muammosi bilan maxsus shug‘ullanadigan germe- nevtika fani mavjud.
Tushunishning o‘ziga xos alohida
xususiyati shundan iboratki, inson o‘zi
tahlil qilayotgan narsa va hodisalaming ichki murakkab aloqalari, bog‘lanishlarini
aniq sezadi. Oldin mexanik ravishda o‘zlashtirilgan, hatto ma’nosi anglanilmagan
ma’lumotlar, sababiy bog‘liqliklar tushunish tufayli mantiqan muayyan tartibga, bir
xil mantiqiy tizimga keltirilishi mumkin. Masalan, matematik nazariyani dalillash,
formulalami, tabiatshunoslik bilimlarini tushunish xuddi shu tariqa kechadi.
Inson hodisalaming mohiyatini va o‘zaro bog‘liqliklarini mantiqiy
vositalarsiz aniq his qila oladi. Bunda hodisa
individning maqsadi bilan
uyg‘unlashib ketadi, uning maqsadga muvofiq aks etishini ta’minlaydi. Jumladan,
boshqa kishining xulqini, uning fikri va harakat motivini tushuna oladi. Ijtimoiy
madaniyat, tarixiy voqealar, obidalar, yozma yodgorliklar mohiyatini individ xuddi
shu asnoda tushunib yetadi. Hayvonlar tabiati, hodisalar to‘g‘risidagi
taassurotlar
bilan hozirgisining o‘zaro o‘xshashligini tez tushunish imkonini beradi.
Matnni «ma’naviy madaniyatning moddiylashtirilgan ifodasi» deb
tushunishdan kelib chiqib, matnlarda obektivlashgan subektiv ma’nolami
predmetlashtirish, «ular orqali odamlaming ovozlarini eshitish» va ular yordamida
o‘tgan zamonlar, boshqa madaniyatlaming «ruhi»ga kirib borish ijtimoiy-gumanitar
bilimning muhim metodologik muammosidir.
Xullas, birinchidan, har qanday matn - uni har xil tushunish va talqin qilishlar
manbai. Muallifning matnni tushunishi - mana shunday tushunishlaming biri. Asar
bir paytning o‘zida bir nechta ma’noga ega bo‘ladi. Uning ramziyligi ham ana
shundadir. Zotan, ramz obraz emas, balki ma’nolar to‘plamidir. Shuning uchun ham
matnni tushunish unga asar (matn, san’at asari va sh.k.) muallifi, shuningdek, talqin
qiluvchi joylagan ma’nolar bilangina cheklanishi mumkin emas. M.M.Baxtin ta’biri
bilan aytganda, tushunish yaxshiroq bo‘ lishi mumkin va lozim, u matnni to‘ldiradi,
faol ijodiy xususiyat kasb etadi. Ammo matnni tushunish uni talqin qilishning
muayyan tarixiy sharoitlariga bog‘liqligi uni sof psixologik va subektiv jarayonga
aylantirmaydi.
Ikkinchidan, serma’nolilik birdan va darhol namoyon bo‘lmaydi,
chunki
ma’nolar yashirin, potensial mavjud bo‘lishi va faqat kelgusi davriarda rivojlanish
uchun qulay sharoitlarda o‘zini namoyon etishi mumkin.
Uchinchidan, tarixiy rivojlanish jarayonida matnning ma’nosi o‘zgaradi. Har
bir davr - ayniqsa, buyuk asarlarda - yangi nimadir kashf etiladi. Yangicha tushunish
eski ma’noni bekor qiladi, unga qayta baho beradi.
To‘rtinchidan, matnni tushunish - tayyor natija emas, balki dialektik jarayon,
turli madaniy dunyolar dialogi, «o‘zining- o‘zganing» (Baxtin) ma’nolari
to‘qnashuvi natijasi, matnlar, shaxSlar va madaniyatlar dialogi.
Beshinchidan, o‘zga madaniyatga oid matnni tushunish - hozirgi
madaniyatimizda tug‘ilayotgan savollarga javoblar topish demak.
Madaniyat - tayyor narsalar yoki qadriyatlar to‘plami emas, balki ulami
o‘zlashtirish, ulardan foydalanish, insonning hayoti va ijodiy faoliyati jarayonlarida
ishtirok etish bilan bog‘liq faol jarayon. 0’z navbatida, ijtimoiy-madaniy voqelikni
bilish mazkur tayyor mahsulotlar dunyosini bevosita aks ettirishdan ham ko‘ra
ko‘proq ulaming
orqasida turgan narsalami, ya’ni inson ma’nolari va mazmunlari
dunyosini aks ettirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy bilish matnli xususiyatga ega bo‘lgani tufayli ijtimoiy fanlarda
semiotika muammosi alohida o‘rin egallaydi.
3. Semiotika, simvol va dialog. Semiotika
Dostları ilə paylaş: