1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Germenevtik doira tamoyili tushunishning muhim jihati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Germenevtik doira tamoyili tushunishning muhim jihati
hisoblanadi. 

tushunishning siklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur tamoyil tushunish va 
tushuntirishni bog‘laydi: nimanidir tushunish uchun uni tushuntirish kerak va 
aksincha.
Mazkur o‘zaro aloqa butun bilan qismning doirasi sifatida ifoda etiladi: 
butunni tushunish uchun uning alohida qismlarini tushunish kerak, alohida qismlami 
tushunish uchun esa butunning ma’nosi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. 
Masalan, so‘z - gapning qismi, gap - matnning qismi, matn - madaniyat unsuri va 
sh.k. 
Germenevtik doira - «olmaxon g‘ildiragi» emas, zero, unda tafakkur 
qismlardan awalgi butunga emas, balki o ’z qismlarining bilimi bilan boyigan 
butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi.
Germenevtik doira dialektik xususiyatga 
ega: unda to‘liq va chuqur tushunishdan yanada to‘liqroq va chuqurroq tushunishga 
tomon harakat sodir bo‘ladi, mazkur harakat jarayonida tushunishning yanada keng 
ufqlari namoyon bo‘ladi. 
Tushunishni hozirgi davrga bog‘lash kerakmi? Mazkur masala yuzasidan ikki 
asosiy qarash mavjud: A) Kerak emas. Mazkur qarashga ko‘ra, matnni muvofiq 
tarzda tushunish unga muallif yuklagan ma’noni ochib berishni nazarda tutadi. Ya’ni 
muallif yuklagan ma’noni hech qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlarsiz, mumkin 
qadar sof shaklda aniqlash lozim. Lekin amalda bunday bo‘lmaydi, zero, har bir davr 
matnga (masalan, san’at asarlariga) o‘z mezonlari bilan yondashadi. 
Tushunish jarayoni muqarrar ravishda tushunishga harakat qilinayotgan 
narsaga qo‘shimcha ma’no yuklash bilan bog‘liq. Binobarin, matnni muallif qanday 
tushungan bo‘lsa, shunday tushunishning o‘zi yetarli emas. Demak, tushunish ijodiy 
jarayon va u muallif yuklagan ma’noni aynan aks ettirishnigina emas, balki unga 
tanqidiy baho berish, ijobiy jihatlarini saqlab qolish, ma’noni hozirgi voqelikning 
mazmuni bilan boyitishni nazarda tutadi. 
Hozirgi zamon fransuz germenevtikasining vakili Pol Rikeming fikricha
tushunish hech qachon bilishdan ajralmaydi, balki «ma’noni o‘zlashtirish 
faoliyatining bosqichi» hisoblanadi. Tushunish - fikr yuritish orqali simvolda 
yashirin ma’noni aniqlash demak. Bunda Riker quyidagi holatlardan kelib chiqadi: 
germenevtika - izchil talqin qilish jarayoni; 
talqinlaming xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi; 
v) tushunish - bir ong tomonidan uzatiladigan, ikkinchi ong esa uni tashqi 
ifodalar orqali qabul qilib oladigan belgilar ma’nosini tushunib yetish jarayoni; 
g) ayni bir matn bir nechta ma’noga ega va bu ma’nolar bir-biriga qo‘shilib, 
qatlam hosil qiladi. 
Shunday qilib, tushunish - muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi 
o‘mini, yaxlit bir butun tizimdagi funksiyalarini tushunib yetish demak. U borliqning 
ma’nolarini teran anglab etishga ko‘maklashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin