1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə21/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Folklor mavzular

Ko’kamanning Barchin bilan ilk munosabatida paydo bo’lgan konfliktga nisbatan ham shunday munosabatda bo’lish mumkin: Ko’kaman Barchinni ko’rib qolarkan zo’rlik qilib olib qochishni o’ylamadi (balki “bunga imkonim bor” deb bilsa ham). U “borib qimiz so’ray–bersa uni olaman, suv bersa quruq qolaman” degan maqsadda bo’ladi. Barchinga “gap otar”kan uning nutqida dag’allikni ko’rmaysiz.
Alplarning barchinga og’iz solishi ham tabiiydir. Chunki, Barchinday go’zal va boyvachcha qizga faqatgina yurtning eng oldi alplari loyiq edi. Alplarning talabi o’rinli bo’lib, Barchin haqiqatdan ham kimgadir tegishga majbur. Vaholangki, u aytayotgan Alpomishdan hali darak bo’lmasa Alplar nega 6 oylik muhlatga ko’nadi? Chunki salbiy qahramon bo’lmasin, ularda apllarga xos mardlik xususiyati bo’lishi tabiiydir.
Natijada beshikkerti qilib qo’yilgan Alpomish (Boybo’rining o’g’li) bilan Oybarchin (Boysarining qizi) ayriliq domiga tushishadi. Dostonda musulmon turmush tarzi, axloq qoidalari va rasm-rusumlariga oid juda ko’p tafsilotlar keltirilgan. Binobarin, matnlarning antroponim va toponimlariga murojaat qilinsa, undan qadimiy turkt illi qabilalarning islomgacha dunyoqarashi haqidagi ko’plab misollarni ko’rish mumkin. Ko’pgina qahramonlarning ismlarida mazkur xalqlarning dunyoni idrok qilish va anglashning o’ziga xos in’ikosi aks etgan bo’lib, ularda kosmologik tasavvurlar, zoomorf (totemik) qarashlar, matiarxal va patriarxal negizlar o’ziga xos tarzda uyg’unlashib ketgan. Masalan, aka-ukalar Boybo’ri va Boysarilarning ismlari etimologiyasi, xozirgi o’zbek tili nuqtai nazaridan “boy” ma’nosida emas, balki qadimgi turk tili ma’nosida – “qabila, urug’”. Shunday qilib, Boybo’ri (Boy Q bo’ri) va Boysari (Boy Q sari) qabilaviy bo’lib, so’zma-so’z tarjimasi – “bo’ri” qabilasi boshlig’i, “sari” qabilasi boshlig’i ma’nosini bildiradi. Tarixdan ma’lumki, turk qabilalarining (turkutlar) ilk birlashmalari dohiy Ashina tomonidan 545 yili amalga oshirilgan15. Uning ismi syanbiy (qadimgi mo’g’ul) tilida “Olijanob bo’ri” ma’nosini anglatadi. Turkutlarning asosiy totemi bayroqlariga zar bilan tikilgan oltin bo’ri hisoblanadi. Boybo’rining zakot haqidagi iltimosini Boysariga 14 ta elchi (mahram) etkazadi, ularning ko’kragida qo’tosining oltin tasviri bor edi. Boybo’ri (Alpomishning otasi)ning elchilari erkaklik, hosildorlik timsoli bo’lgan qo’tos tasvirini bejiz ko’kraklariga tushirishmagan. Doston boshida elchilar Boysari (Barchinoyning otasi) jallodlari qo’lida halok bo’lishsa-da, doston yakunida Alpomish sevgilisi va uning otasini qalmiqlar asirligidan ozod qiladi. Surhayl kampirning (Alpomishning ashaddiy dushmanlaridan biri) o’g’illaridan ba’zilarining ismi ham qadimgi totem va astral kultlarning sarqitlaridan xabar beradi. Ko’kqashqa (Ko’kQqashqa), Boyqashqa (BoyQqashqa) zoomorf antroponim bo’lib, so’zma-so’z “ot qabilasi”dan degan ma’noni anglatadi. Ko’kaman (Ko’kQman) – “qo’y qabilasidan”. Bosh qahramonlarning tug’ilgan joylari Boysun(Boysun) “butun qabila” ma’nosiga muvofiq keladi. Bu syujetning dramatik echimiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Aynan kelishmovchilikdan so’ng Boysari o’z qavmini qalmiqlar yurtiga boshlab ketgach, butun qabila ikkiga bo’linadi, ular vataniga, ya’ni Boysunga qaytgach, yana bir butunga aylanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin