Asarning ilk konfliktini olaylik: Boybori va Boysari toyga boradi. Toyda ularni izzat-ikrom bilan mehmon qilishmaydi. Sababi ularning farzandi bolmay, xalq ularning toy-tamosha qilib bu xurmatni, nozu nematlarni qaytarishiga ishonmaydi. Bu asardagi birinchi konflikt bolib, syujetdagi barcha voqelikning boshlanish omili hisoblanadi. Toyda Boybori va Boysaribiylarga bolgan munosabat hecham suniy emas, aksincha kishilarning munosabatida tez-tez kozga tashlanuvchi tabiiy hodisadir.
Dostonning butun syujeti uchun tugun boluvchi keyingi hodisaga etibor qilaylik. Zakot sorash voqeasi va undagi konfilkt ham judayam tabiiy tarzda tasvirlanadi. Umuman Boyborining zakot olish kerakligi haqida oy surishi: ukam gunohkor bolib qolmasin deya ish tutishi voqealarini esga olaylik. Bir qarashda, bu orinda ukasining oxiratidan qaygurayotgan akani koramiz. Mulohaza yuritilsa, shakllanib kelayotgan hokimiyat boshligining oz haqqini qarzdorlarga eslatib otishdagi ilk qadamini ham sezishimiz mumkin boladi. Bu esa davlatchilik qonuniyatlarini yodga solishlik bilan bir qatorda, ijtimoiy munosabatlardagi asl ziddiyat (kuchlining kuchsiz bilan aloqasi)ni ham namoyon qiladi.
Suhayl kampir ham yurtdagi obroyi, kuch-qudratidan kelib chiqib, boylarga dabdurusdan zorlik qilib, Barchinni tortib olmoqchi bolmadi. Suhayl boynikiga sovchi bolib boradi. Uy oldida itlarning talaganiga qaramay kelin orzusidagi kampirning jahli chiqmaydi, mulozamat bilan Boybichadan qizingning boshi ochiqmi deya soraydi. Qarangki, dostonning bu qismida Suhayl va boylarning ilk ziddiyatli munosabatiga asos solinadi. Ahamiyatlisi shundaki, Boybichadan achchiq haqoratlar eshitganiga qaramay, kampir mehmonligini unutmaydi. Rasm-rusmini qilib oldiga tortilgan oshdan ikki guruch bolsa-da tatib qoyadi. Yani, Boybicha ayni vaqtda dushmanga aylangan bolsa-da, u mezbon, kampirni quva solmaydimehmonga osh tortdi. Kampir esa mehmon sanalib, dushmanini emas, mezbonni hurmat qilishga mahkum. Bu bilan Suhaylni oqlamoqchi emasmiz. Asardagi tabiiy ijtimoiy munosabatlarning haqqoniy tasviriga ahamiyat berilishini hohlaymiz. Bilsangiz ertaklarda salbiy qahramon faqat salbiy tasvirlanib, insonga xos yaxshilik va yomonlikning bir vujudga jam bolishligi umuman esdan chiqariladi. Biz nazarda tutayotgan qahramonga haqqoniy munosabat realistik asarlarga hosdir. Ammo qarangki, Alpomish dostonida qahramonlarga munosabat realistik metod tomoyillari ostida kechadi.