Hukmlagichlar ham qadimgi ajdodlarimzning totemistik etiqodlariga daxldor marosim qo`shiqlarining davrlar o`tishi bilan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot tasirida transformasiyaga uchrab, asta-sekin bolalar repertuariga o`tib, bolalarcha mushohadakorlik asosida qaytadan sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar hisobiga to`lishib, ularning mavsum-marosim poeziyasida barqarorlashgan namunalari sanaladi. Totemistik etiqod qoldiqlari bolalarning hasharotlarga munosabatiga daxldor hukmlagichlarida ravshanroq ko`rinadi. Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatarni ko`rganda uning vositasida fol ochish ananasi mavjud:
Beshiktervatar, beshiktervatar,
Salima xolam nima tug`adi?
Beshiktervatar o`ng oyog`ini ko`tarsa - o`g`il, chap oyog`ini ko`tarsa - qiz tug`ilishiga yo`yishadi.
Erta pishar xalili uzum xol tashlaganda xonqizi, tillaqo`ng`iz hasharotlari ko`payadi. Bolalar orasida Xalilipazak, Hasanak nomlari bilan ham yuritiladigan xonqizi sirtida nuqtasimon oq xolchalar borligidan unga xol deb ham murojaat qilinadi:
Xol, xol, xol,
Otang o`ldi,
Onang o`ldi,
Borib xabar
Olmaysanmi?
Rivoyatga ko`ra, xonqizi aslida podsho qizi bo`lgan-u, qashshoq cho`ponni sevganidan g`azablangan otasi uni: Iloyi qumursqaga aylan! deya qarg`agan emish. Qarg`ish tutib, u hasharotga aylanganmish. Xonqizi deyilishi shundan qolganmish. Tillaqo`ng`iz, kaltakesak, chumol, ilonga murojaat tarzidagi hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg`a, musicha, bedana, to`rg`ay, qaldirg`och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning malum qismida totemizm tasiri bir qadar sezilsa-da taqlidiy so`zlar faolligida to`qilgan qismida bu tasir tamoman so`ngan. Taqlidiy so`zlar hukmlagichlarda asosiy poetik yuklamani bajaradi:
-Qurvaqajon, vaq-vaqa,
Ko`zing nega bundaqa?
-Bugun o`sma qo`ymadim,
Shuning uchun Shundaqa.
Taqlidiy so`zlar yordamida yaratilgan hukmlagichlarning ko`pchiligi totemizm aqidalaridan xoli bo`lib, bevosita bolalar dunyoqarashini, voqelikka hayratomuz munosabatlarini, idrok va zavqlaridagi o`ziga xosliklarni aks ettiradi.
Umuman, yalinchoqlar bolalarning tabiat bilan yuzma-yuz muloqotda bo`lishlariga yo`l ochgan bo`lsa, hukmlagichlar hayvonot olami bilan munosabatlarini taminlagan, Shu asosda bolalarda hayotsevarlik fazilatlarini shakllantiruvchi ekologik va estetik-axloqiy Shuur tarbiyalangan.
K.I.Chukovskiy yozganidek, kattalar so`zlar, tilshunoslik formulalari vositasida fikrlashsa, bolalar aksaran narsalar, olamning ko`rimli predmetlari vositasida fikr yuritadi. Ularning fikri ilk bosqichda nuqul aniq obrazlar bilangina bog`liq bo`ladi. Bevosita bolalarning o`z og`zaki ijodiyotiga mansub qo`shiqlar va o`yinlar ana shu fazilatlari bilan ajralib turadi. Ular bolalar kundalik turmushining asosini tashkil etgan holda ularning manaviy olamini ham butun murakkabligi bilan aks ettiradi.
Bolalar ilk qo`shig`ini 2-5 yasharliklaridayoq to`qishadi. harakatga omuxta zavqdan jilolangan bu qo`shiqlar qiqillamalar bo`lib, kichkintoylarning ritmni his qilishlari zamirida shovqin solib aytishlari negizida yuzaga kelgan. Bolalar ulg`aygan sari hayotni teranroq anglay boradilar. Bu hol ularning maishiy qo`shiqlari silsilasini tashkil etuvchi to`rtliklari, aytiShuvlari va katta qo`shiqlarida ifodalangan.