1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə54/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Folklor mavzular

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Bolalar folklori nima?
2. Bolalarni erkalovchi xalq poeziyasi tarkibiga qaysi janrlar kiradi?
3. Aytim-olqishlarning etnografik mohiyati nimada?
4. Erkalama nima? Ovutmachoq-chi?
5. Bolalar taqvi mohiyati nimada?
6. Yalinchoq nima? Hukmlagich-chi?
7. Bolalar hazilkashligida laqab va tegishmachoq qanday vazifani bajaradi?
8. Bolalar o`yin folklori qanday xususiyatlarga ega?
9. Harakatli o`yin nima? Uning tasnifi qanaqa?
10. Ma’naviy o`yin yoki so`z o`yini nima?
11. Tez aytishlar qanaqa xususiyatlarga ega?
12. Chandish nima? Uning qanaqa ichki ko`rinishlari bor?
13. Guldur-gup nima?
14. Bolalar folklorining ijtimoiy-estetik, etnopedagogik va etnografik ahamiyati nimada?
15. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: bolalar folklori, onalik folklori, alla, aytim-olqishlar, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq, yalinchoq, hukmlagich, bolalar taqvimi, bolalar maishiy qo`shig`i, aytishuv, arazlama, yarashtirgich, bolalar hajviy qo`shig`i, bolalar yumoristik qo`shig`i, tegishmachoq, masxaralama, o`yin, raqs, sport, chorlama, cheklashmachoq, sanama,tarqalmachoq, harakatli o`yin, ma’naviy o`yin, tez aytish, chandish, guldur-gup.

AMALIY MASHG‘ULOTLAR
1-MAVZU: Mustaqillik va xalq og‘zaki ijodi
REJA:
1.Folklorning xalq ma'naviy hayoti, yosh avlodni tarbiyalashdagi o`rni
2.Mustaqillik davri folklorshunosligida amalga oshirilgan ishlarning amaliy ahamiyati
3. Milliy qadriyatlarga e`tibor va folkor namunalarini to‘plash.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2017-yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulot­larini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ–3271-son, 2019 yil 14 maydagi “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4320-sonli qarorlari istiqlol davri o‘zbek folklorshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi” Davlat dasturi O‘zbekistonning qadimiy folklori va nomoddiy madaniy meros yodgorliklari saqlanib qolinganligi, shuningdek, Navro‘zning tiklanish tarixi va mustaqillik yillarida uning ham mazmunan, ham shaklan boyishi jarayonini tadqiq etish ishlari jadallashtirildi. Bundan tashqari, nomoddiy madaniy merosimizning boyligi bo‘lgan, ammo unutilish arafasida turgan betakror, purma’no so‘z va iboralarni to‘plash asosida qo‘shiqlar, maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, marosimlarga oid to‘plamlar nashr etib borilmoqda.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin