1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə60/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Folklor mavzular

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Mavsumiy marosimlar deganda nimani tushunasiz?
2.Mavsumiy marosimlar qanday ichki turlarga ega?
3. Bahorgi marosimlarga qaysi marosimlar kiradi?
4.Navro`z marosimiga zamonlar munosabati qanaqa kechdi? Nima uchun u «birinchi kun» magiyasi bilan bog`lanadi?
5.Navro`zga aloqador bo`lgan sumalak, boychechak , lola (sayli guli surx) sayli singari marosimlar haqida nimalarni bilasiz?
6.“Sust xotun” marosimi nima maqsadda o`tkaziladi?
7.“Choy momo” marosimi nima maqsadda va qanday tartibda o`tkaziladi?
8.Qaysi kuzgi marosimlarni bilasiz?
9.“Yas-yusun” marosimi nima maqsadda va qay tartibda o`tkaziladi?
10.Oilaviy-maishiy marosimlar deganda qaysi marosimlarni tushunasiz?
11.To`yning marosimiy mohiyati nimada?
12.O`zbek to`ylarining qanday turlari bor?
13.Lapar va o`lan janrlari tabiati nimadan iborat? Ular nikoh to`yining qaysi marosimida va qanday usulda ijro etiladi?
14..Motam marosimini o`tkazishga qanday ibtidoiy-mifologik ishonchlar asos bo`lgan?
15.Yig`ilar va yo`qlovlarning o`zaro farqi nimada?
16. Motam allalari qachon va nima uchun kuylanadi?
7-MAVZU: Baxshichilik san`ati, dostonchilik maktablari, va doston turlari.
Reja:
1. Doston atamasining izohi va janr tabiati.
2.. Dostonchilik-professional san’at turi
3. Dostonlarning badiiyati.
4. Dostonlarni to`plash, yozib olish, nashr ettirish va ilmiy tadqiq etish masalasining ahvoli.
"Baxshi" so'zi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da to'rt xil ma'no berishi ko'rsatilgan: 1 - donishmand, 2 - dostonlarni kuylovchi, 3 - dam solib davolovchi tabib, 4 - Buxoro xonligida qurilish mablag'ini nazorat qiluvchi. Yuqoridagi to'rt ma'nodan uchtasi bevosita doston aytuvchi baxshilarga tegishli, desak xato bo'lmaydi. Chunki xalq orasida baxshi bo'lish uchun inson donishmand, aqlli bo'lishi kerak, degan fikr qayta-qayta ta'kidlanadi. Ikkinchidan, "baxshi" lug'atda izoh berilishicha, xalq dostonlarini ijro etadi. Uchinchidan, qadim zamonlardan xalq tasavvuridagi baxshilar so'zning mo'jizaviy fazilatidan foydalanib kishilarni turli xastaliklardan forig' qiluvchi odamlar hisoblangan. Hozir va o'tgan asrlarda baxshi davrasida ishtirok etgan odamlar doston eshitish bilan birga dardlaridan ham qutilganlar, turmush tashvishlaridan ozod bo'lganlar, o'zlarini yengil sezganlar. O'zbek folklorshunosligi asoschisi H.T.Zarifovning ma'lumot berishicha, baxshi mo'g'ulcha va buryatcha "baxsha", "bag'sha" so'zlaridan olingan bo'lib, "ustod", "ma'rifatchi" ma'nolarida qo'llangan. Ma'lum bo'ladiki, baxshi xalq tomonidan cheksiz hurmatga ega, e'zoz topgan hunar egalari ekan. Og'zaki-ana'anaviy doston to'qishning o'ziga xos xususiyati uning mavzusi ya'ni, ma'lum parchani takrorlashdir. Mavzu haqida bir qancha muhim ma'lumotlarga toxtalib o'tamiz. Birinchidan bu hikoyalarda shunchaki takrorlanib keladigan hikoya qaxramoni, otning tasviri yoki, jangu-jadal, bayram emasdir. Og'zaki adabiyotda mavzuning alohida e'tiborli joyi shundaki uning ma'nosi ana'anaviy epik qo'shiq, hikoya aytuvchilar tomonidan har gal kuylanganda doimo bir xil so'zlar bilan ifodalanadi.

Doston so`zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u xalq og`zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi.


Dostonchilik maktablari. O'zbek dostonchligida doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan. Birinchidan, Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek- laqay dostonchilik maktablarida do'mbira chertib yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, garmon, balomon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchidan, Farg'ona vodiysida dutor jo'rligida ochiq ovozda aytilgan.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin